„Nega men sensiz?“ — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2001-yil eʼlon qilingan. Qoʻshiqning soʻzini ham, kuyini ham guruh solisti Tohir Sodiqov yozgan. „Nega men sensiz?“ qoʻshigʻining sekinroq tempda yozilgan akustik versiyasi ham mavjud.

2020-yil guruh aʼzosi Husan Sodiqov oʻzining rasmiy YouTube kanalida „Nega men sensiz?“ qoʻshigʻini guruhning 2001-yilga qadar eʼlon qilingan yetti qoʻshigʻidan iborat „10-albom“ nomli albomiga ikkinchi trek oʻlaroq kiritgan, ammo bu taronalar 2001-yilda albom shaklida eʼlon qilinmagan, balki shunchaki singl oʻlaroq chiqarilgan.

2014-yil „Guitar Pro“ dasturida „Nega men sensiz?“ qoʻshigʻining toʻliq tabulaturasi tayyorlangan. Havaskor gitarachi Nasib Abdulmanov hozirlagan ushbu tabulatura oʻzbek tilidagi qoʻshiqning ilk toʻliq tabulaturasidir.

Manbalar

Havolalar (jonli ijro) „Nega men sensiz?“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi Songsterr saytida „Nega men sensiz?“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi UltimateGuitar saytida

Turkum:Bolalar guruhi qoʻshiqlari Turkum:2001-yil qoʻshiqlari Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar