Salmon Mohammed Al-Faraj ()1989-yil 1-avgustda tugʻilgan — Saudiya Arabistonilik professional futbolchi, "Al-Hilol" va Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi yarim himoyachisi va sardori.

Terma jamoadagi faoliyat Salmonning milliy terma jamoasi bilan birinchi oʻyini 2012-yil 14-oktabr kuni Saudiya Arabistonining al-Hasa shahridagi Shahzoda Abdulla bin Jalaviy stadionida oʻtkazilgan xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvida Kongoga qarshi boʻldi. Uchrashuv 3:2 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlandi. Salmon terma jamoadagi birinchi golini 2015-yil 3-sentabr kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi King Abdulla Sports City stadionida 2018-yilgi Jahon chempionati saralashining ikkinchi bosqichida Sharqiy Timorga qarshi oʻyinda urgan edi. Uchrashuv 7:0 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlandi.

2018-yilning may oyida u Saudiya Arabistoni terma jamoasining Rossiyada boʻlib oʻtadigan 2018-yilgi Jahon Chempionati uchun tarkibidan joy oldi. 4-iyun kuni Salmon jahon chempionati uchun 23 nafar futbolchidan iborat tarkibga kiritildi. 25-iyun kuni Saudiya Arabistoni turnirning guruh bosqichidagi Misr ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan soʻnggi oʻyinida Salmon penaltidan hisobni tenglashtirgan va jahon chempionatidagi ilk golini kiritgan. Bu Saudiya Arabistonining turnirdagi yagona gʻalabasi edi va jamoa turnirni guruh bosqichida yakunladi.

Faoliyatidagi statistikasi

Klub safida KlubMavsumLigaKing CupCrown Prince CupOsiyoBoshqaUmumiyOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarAl-Hilal2008-0940100000—502009-1010200020—502010-11100000000—1002011-12151203080—2812012-13223203071—3442013-142203020121—3912014-15202514290—3852015-16192404160103432016-171722030130103622017-1817300—20—1932018-198200—70201722019-2019230—20001712020-2117010—0010190Jami191172511936825030823Umumiy natija191172511936825030823

Terma jamoa safida Saudiya Arabistoni Yil Oʻyinlar Gollar 2012-yil 2 0 2013-yil 3 0 2014-yil 7 0 2015-yil 10 1 2016-yil 8 0 2017-yil 8 1 2018-yil 11 2 2019-yil 7 2 2020-yil 0 0 2021-yil 9 2 2022-yil 3 0 Jami 68 8

Yutuqlar

Klub bilan

Al-Hilol

Saudiya Arabistoni Professional Ligasi: 2009-10, 2010-11, 2016-17, 2017-18, 2019-20, 2020-21, 2021-22 King Cup of Champions: 2015, 2017, 2019-20 Saudi Crown Prince Cup: 2008-09, 2009-10, 2010-11, 2011-12, 2012-13, 2015-16 Saudiya Superkubogi: 2015, 2018, 2021 Osiyo Chempionlar Ligasi: 2019, 2021

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Saudiya Arabistonilik erkak futbolchilar