Zhu Ling (, 1957-yil 10-iyulda tugʻilgan) — 1984-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan xitoylik voleybolchi. Zhu Ling nafaqaga chiqqan va Sichuan provinsiyasidagi sport byurosida byuro direktori lavozimida ishlaydi.
Biografiya Zhu Ling 1957-yil 10-iyulda Xitoyning Shangdong pronvinsiyasidagi Laiwu nomli kichik shaharchada tugʻilgan.
1984-yilda Los Anjelosda boʻlib oʻtgan yozgi olimpiada oʻyinlarida Zhu Ling oltin medalni qoʻlga kiritgan Xitoy voleybol jamoasi tarkibida oʻynagan. Zhu Ling barcha beshta oʻyinda faol ishtirok etgan va jamoa gʻalabasiga oʻz xissasini qoʻshgan.
Zhu Ling 1970-yilda Chunsinda voleybol bilan shugʻullana boshlagan va 1975-yilda Sichuan provinsiyasi jamoasiga qabul qilingan. Zhu Ling 1979-yilda voleybol boʻyicha Xitoy terma jamoasi tarkibiga qoʻshildi va keyinchalik Xitoy terma jamoasi tarkibida 1981-yilgi FIVB Jahon kubogida ishtirok etib, jamoaviy oltin medalini qoʻlga kiritishga oʻz xissasini qoʻshadi.
1984-yilgi Olimpiada oʻyinlarida Zhu Ling Xitoy voleybol jamoasi tarkibida oʻynaydi va yakunda jamoa gʻoliblikni qoʻlga kiritadi.
1983-yilgi Osiyo chempionatida Zhu Ling terma jamoa safida muvaffaqiyatli oʻyin koʻrsatdi va jamoa kumush medaliga sazovor boʻldi.
Voleybolda nafaqaga chiqqanidan soʻng, Zhu Ling Sichuan universitetining Xitoy adabiyoti boʻlimida oʻqishni boshladi va bakalavr diplomini qoʻlga kiritdi. Oʻqishni tamomlagandan buyon u, Sichuan viloyati sport byurosida ishlab kelmoqda. 2004-yilda Zhu Ling byuro direktori lavozimiga koʻtarildi.
Mukofotlar
Milliy terma jamoa Yil Musobaqa Davlat Natija 1981-yil1981-yilgi jahon chempionati Oltin medal 1984-yil 1984-yilgi Los-Anjelesdagi Olimpiya oʻyinlari Oltin medal
Havolalar
Profil Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1957-yilda tugʻilganlar Turkum:Ayol voleybolchilar Turkum:WikiAyollar