„Kukushka“ (, yaʼni „Kakku“) — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1991-yil eʼlon qilingan „Chyorniy albom“ nomli studiyaviy albomiga beshinchi trek oʻlaroq kiritilgan. „Kukushka“ guruh repertuaridagi eng taniqli taronalarning biridir. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham guruh xonandasi Viktor Soy yozgan.
Qoʻshiqning ilk versiyasi 1990-yilning yozida Latviyaning Yurmala shahri yaqinidagi Plieņciems qishlogʻida joylashgan „Yamaha“ studiyasida yozib olingan. „Kukushka“ 1990-yilning avgustida Soy vafot etishidan oldin yozilgan soʻnggi qoʻshiqlarning biridir. Soy vafotidan keyin „Kino“ guruhi aʼzolari qoʻshiqni qaytadan yozib, aranjirovka qilgan. Qoʻshiqning yozib olish tarixi haqida „Kino“ gitarachisi Yuriy Kasparyan shunday degan:
Qoʻshiqning Plieņciemsda yozib olingan demosi 2002-yil „Moroz Records“ leyblida eʼlon qilingan „Poslendiye zapisi“ albomiga kiritilgan. Shuningdek, qoʻshiqning ilk aranjirovkasi ham mavjud boʻlib, mazkur versiyasi 1990-yil eʼlon qilingan „Chelovek v chyornom“ filmida qoʻllangan.
„Kukushka“ qoʻshigʻi „Dom pod zvyozdnim nebom“ (1991), „Syostri“ (2001), „Bitva za Sevastopol“ (2015) filmlari saundtrekiga kiritilgan. „Bitva za Sevastopol“ filmi uchun qoʻshiqni Polina Gagarina kuylagan. Mazkur versiya eʼlon qilinishi ortidan „Kukushka“ qoʻshigʻi yanada ommalashgan. Gagarina ijrosi 2015-yilning martida YouTubeda yuklanganidan 2022-yilning avgustiga qadar 245 million martadan koʻp koʻrilgan. Shuningdek, qoʻshiqni Zemfira ham kaver qilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Kino qoʻshiqlari Turkum:1991-yil qoʻshiqlari Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar