Oliyaxon Sultonova (1919-yil, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR, SSSR — ?) — pillakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951), KPSS a'zosi (1953).

Tarjimayi holi 1919-yili Toshkent shahrida tavallud topgan. 1933—1935-yillari Ishchilar fakultetida oʻqigan Fargʻona viloyati Buvayda (sobiq Leningrad) tumani Karl Marks nomidagi kolxoz maktabida oʻqituvchi (1936—1952), direktor (1952-yildan), shuningdek, pillachilik zvenosi boshligʻi (1946—1972) boʻlgan. U boshliq zveno bir quti qurt urugʻidan 109 kg (24 ish kunida, 1948), 113,4 kg (22 ish kunida, 1949), 124,6 kg (19 ish kunida, 1950) pilla topshirgan. Kolxozchilarning Butunittifoq 3-syezdi delegati.

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi (12.04.1964)

Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:1919-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkent shahrida tugʻilganlar