Folarin Jerry Balogun (2001-yil 3-iyulda tugʻilgan) — professional futbolchi, Angliya Premyer Ligasining „Arsenal“ klubidan ijaraga olingan, „Reims“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Qoʻshma Shtatlarda tugʻilgan, Angliyani yoshlar terma jamoasi safini himoya qiladi.
Yoshligi Balogun Nyu-York shahrida tugʻilgan va ikki yoshida Angliyaga koʻchgan, Londonda oʻsib-ulgʻaygan. Uning ota-onasi Nigeriyada tugʻilgan. Balogun koʻpincha „Arsenal“ning Hale End akademiyasida oʻqigan yillarida qoʻyilgan „Flo“ laqabi bilan tanilgan.
Jamoalardagi faoliyati Balogun 8 yoshida Sunday League jamoasi hisoblangan „Aldersbruk“da oʻynab yurganida skautlar nigohiga tushganidan soʻng „Arsenal“ safiga qoʻshildi. „Arsenal“ bilan tekshiruvdan oldin u Shimoliy London klubining raqibi „Tottenham Hotspur“ bilan sinovdan oʻtgan va ular bilan deyarli shartnoma imzolagan edi.
U 2019-yil fevral oyida professional shartnoma imzoladi.
2020-yil iyul oyida „Arsenal“ bilan yangi shartnoma boʻyicha kelisha olmaganidan soʻng, u klubdan ketish va 8 million funt sterling evaziga Brentford safiga qoʻshildi.
U Yevropa ligasidagi debyutini 2020-yil 29-oktyabrda oʻtkazdi va guruh bosqichida"Dundalk"ga qarshi oʻyinning 74-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.
Birinchi golini 2020-yil 26-noyabrda Yevropa ligasi guruh bosqichida „Molde“ga qarshi oʻyinda kiritdi.
2021-yilning 26-aprelida Balogun klub bilan yangi va uzoq muddatli shartnomasini imzoladi.
Balogun Premyer-ligadagi debyutini 2021-yil 13-avgustda turnirga yangi koʻtarilgan Brentfordga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazdi.
2022-yilning 12-yanvarida u mavsum oxirigacha ijara asosida EFL Chempionship klubi „Middlesbrough“ga qoʻshildi.
2022-yilning avgustida u ijara asosida Fransiyaning „Reims“ klubiga oʻtdi.
Terma jamoadagi karyerasi Qoʻshma Shtatlarda nigeriyaliklar oilasida tugʻilgan va Angliyada oʻsgan Balogun xalqaro miqyosda uchala davlat terma jamoasi sharafini himoya qilish huquqiga ega. Angliyada 17 yoshgacha boʻlganlar darajasida oʻynagan va 2018-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida ishtirok etganidan soʻng, 2018-yil avgust oyida AQShning U18 terma jamoasiga Chexiya Respublikasidagi yigʻin va turnir uchun chaqiruvni qabul qildi. U Vatslav Jejek yoshlar turnirida Qoʻshma Shtatlar terma jamoasining toʻrtta oʻyinidan barchasida qatnashgan va ikkita gol urgan. Shuningdek, u garchi Angliyaning „Arsenalnikiga oʻxshash“ oʻyin uslubini yoqtirishini aytgan boʻlsa-da, Nigeriya terma jamoasida oʻynashga qiziqish bildirgan.
Karyera statistikasi
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlardagi ishtirok va gollar jadvaliKlubMavsumLigaFA CupEFL CupYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolArsenal U212018–19————10102019–20————10102020–21————21212021–22————2222Jami————6363Arsenal2020–21Premyer-liga0000105200622021–22Premyer-liga200020——402022–23Premyer-liga00000000—00Jami2000305200102Middlesbrough (ijara)2021–22Championship1832000——203Reims (ijara)2022–23Ligue 13300———33Umumiy236203052633911
Manbalar
Havolalar
Folarin Balogun AS Monaco FC saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Amerikalik erkak futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari Turkum:Middlesbrough F.C. futbolchilari Turkum:Stade de Reims futbolchilari Turkum:AS Monaco FC futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Copa América 2024 oʻyinchilari Turkum:Angliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Monakodagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari