1947

Voqealar 2-yanvar — Saxalin Xabarovsk o'lkasi tarkibidan chiqarildi. 23-iyun — Siyosiy ish tashlashni jinoyatga tenglashtiradigan Taft-Hartley qonuni qabul qilindi . 26-iyul — AQSh prezidenti Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik kengashi, Markaziy razvedka boshqarmasi va bosh shtab boshliqlarining qoʻshma qoʻmitasi tashkil etiladigan milliy xavfsizlik toʻgʻrisidagi qonunga imzo chekdi. 29-noyabr — BMT Bosh Assambleyasi Falastinni yahudiy va arab davlatlariga boʻlish rejasini qabul qildi. 23-dekabr— Jon Bardin, Valter Brattain va Uilyam Shokli yarimoʻtkazgich texnologiyasida inqilob qilgan birinchi tranzistorni muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazishdi.

Tugʻilganlar

21-aprel — Iggi Pop (Iggy Pop), vokalist, gitarachi, pianinochi, bastakor, AQSh madaniyat arbobi, The Stooges guruhining yetakchisi. 21-may — Viktor Fyodorovich Stepanov — kinoaktyor („Mixaylo Lomonosov“ filmida bosh rol), Rossiya va Ukraina xalq artisti (2005-yilda vafot etgan). 7-avgust — Sofiya Rotaru (qoʻshiqchi, SSSR xalq artisti) 30-noyabr — Antanas Ramonas litvalik yozuvchi.

Vafot etganlar

25-yanvar — Al Capone, amerikalik mafiozi, 1925-yilga kelib chikago yirik kriminal guruhlari birining yetakchisi. 2-may — Tsvirka Pyatras, litvalik adib. 9-iyul — Lyutsian Jeligovskiy, polshalik harbiy qoʻmondon va siyosatchi. 16-oktyabr — Bális Sruóga, litvalik yozuvchi, tanqidchi, adabiyotshunos (1896-yilda tugʻilgan). 17-dekabr — Yoxannes Bryonsted. Kislotalar va asoslarning proton nazariyasi muallifi (Thomas Lowrydan mustaqil ravishda va bir vaqtning oʻzida taklif qilgan) kislota-asosli kataliz nazariyasini rivojlantirdi;

Nobel mukofotlari Fizika – Edward Victor Appleton Kimyo – Robert Robinson Tabobat – Carl Ferdinand Cori, Gerty Cori, Bernardo Houssay Adabiyot – André Gide Tinchlik – Friends Service Council (BQ) va American Friends Service Committee (AQSH), Religious Society of Friends nomidan.

*