Dai Wai Tsun (1999-yil 25-iyulda tugʻilgan), Buyuk Britaniya va Gonkongda Tsun Day nomi bilan ham tanilgan. Gonkongda tugʻilgan xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasi klubi Shenzhen FC va Xitoy terma jamoasida oʻynaydi.
Yoshlik yillari Dai Gonkongda tugʻilgan va bir paytlar Gonkong yoshlar terma jamoasida oʻynagan otasi tomonidan futbol oʻynashga ilhomlantirilgan. U 4 yoshida sport bilan shugʻullana boshlagan va xalqaro futbolchi boʻlish imkoniyati uchun Easterʼs yoshlar tizimiga qoʻshilgan. Keyinchalik Dai Gonkong Barselona futbol akademiyasiga qoʻshilgan va 2000-yilda tugʻilgan futbolchilar bilan mashgʻulot oʻtkazgan.
Futbolchilik faoliyati
Oxford United Dai Oxford United bilan 2018-yilning 9-avgustida nomaʼlum toʻlov evaziga ikki yillik shartnoma imzolagan. U bir yildan soʻng yana nomaʼlum toʻlov evaziga „Wolverhempton“ga sotilgan.
FC Utrecht 2019-yilning 30-yanvarida Dai mavsum oxirigacha „Utrecht“ klubiga ijaraga berilgan. U mavsumning ikkinchi yarmida klub safida 12 ta oʻyinda maydonga tushgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.
Wolverhampton Wanderers 2019-yil 10-iyulda Dai nomaʼlum toʻlov evaziga Premer-liganing „Wolverhampton Wanderers“ U-23 jamoasiga qoʻshilgan vaikki yillik shartnoma imzolagan. U 2019-yil 13-avgust kuni 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Premer-liga 2-turida „Brayton“ga qarshi oʻyinda 87-daqiqada zahiradan maydonga tushib debyut qilgan.
Shenzhen FC 2020-yil 16-iyul kuni Wolverhampton Wanderers Dai Xitoy Superligasi vakili Shenchjen FCga oʻtishni eʼlon qilgan. U 2020-yilgi CSLning dastlabki ikki oʻyinida asosiy tarkibda maydonga tushgan. 2020-yil 29-avgust kuni Dai Guangzhou R&Fga qarshi oʻyinda (2:0) klub uchun birinchi golni urgan.
Xalqaro faoliyati 2018-yilning sentyabr oyida Dai Gonkong terma jamoasiga chaqirilgan. Dastlab u jarohati tufayli Gonkong terma jamoasiga chaqiruvdan bosh tortgani, keyinchalik u Amsterdamda Guus Xiddink boshchiligidagi Xitoyning 21 yoshgacha boʻlgan jamoasiga mashgʻulot yigʻiniga chaqiruvni qabul qilgan. Lagerdan ikki hafta oʻtgach, Gonkong murabbiyi Gary White yana bir bor Daini 2019-yilgi EAFF E-1 Futbol chempionati saralash bosqichi uchun dastlabki tarkibga kiritgan. Xitoy Superligasidagi yaxshi oʻyinlardan soʻng, 2020-yil avgust oyida Shenzhen FC Daiga Xitoy fuqaroligini olish uchun ariza berishda yordam bera boshlagan va Daining oʻzi Xitoy terma jamoasiga chaqirilish istagi borligi haqida xabar bergan 新浪新聞 2020-08-24. 2020-yil sentabrida u intervyuda „Agar menda Xitoy terma jamoasi vakili boʻlish imkoni boʻlsa, men juda xursand boʻlardim“ deb taʼkidlagan写给21岁的戴伟浚:父与子的守望 新浪微博 2020-09-04.
2022-yilning 27-yanvarida Dai Xitoy terma jamoasi safida Yaponiyaga qarshi JCh- 2022 saralashida 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi
Klub + Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogiQitʼa Boshqa Jami BoʻlimOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolBury 2017-18 EFL birinchi ligasi 8 0 0 0 1 0 — 2 1 11 1 Oxford United 2018-19 0 0 0 0 0 0 — 0 0 0 0 Utrecht (ijara) 2018-19 Erste divizioni 12 0 — — — — 12 0 Wolverhempton U-23 2019-20 PL 2, 1-divizion 5 0 — — — — 5 0 Wolverhempton U-21 2019-20 PL PDL, Milliy divizion 0 0 — — — 2 1 2 1 Shenzhen FC 2020 Xitoy Superligasi 17 1 0 0 — — — 17 1 2021 19 3 4 0 — — — 23 3 Jami 36 4 4 0 — — — 40 4 Karyerada jami 61 4 4 0 1 0 0 0 4 2 70 6
Xalqaro statistika Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol 2022 4 0 Jami 4 0
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar Turkum:Gonkonglik erkak futbolchilar