Feng Renliang (1988-yil 12-mayda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozir Xitoyning birinchi ligasi vakili Beijing Renhe jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Feng Renliang oʻz futbolchilik faoliyatini 2008-yilda uchinchi toifadagi „Tyanjin Huochetou“ jamoasida oʻynashdan boshlagan. U 2010-yilgi liga mavsumi boshida jamoadoshi Song Boxuan bilan yuqori divizion vakili „Shanhai Shenhua“ga qoʻshilishdan oldin bir nechta Xitoy klublari tomonidan qiziqish bildirilgan. Feng darhol oʻsha paytdagi murabbiy Miroslav Blaževich tomonidan jamoaning birinchi oʻng qanot himoyachisi sifatida tanlangan va u 2010-yil 23-martda Changsha Gindega qarshi liga oʻyinida 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan. Ushbu magʻlubiyatga qaramay, u jamoadagi oʻz oʻrnini saqlab qolgan va bir necha hafta oʻtgach, 2010-yil 10-aprelda „Hanzhou Grintaun“ga qarshi oʻyinda (2:1) klub uchun birinchi golini kiritgan.

2012-yilning 20-noyabrida Xitoy Superligasi vakili Guangzhou Evergrand rasman Feng bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. U klubdagi debyutini 2013-yilning 8-martida „Shanhai Shenxin“ga qarshi oʻyinda (5:1) oʻtkazgan. U klubdagi ilk golini 2014-yil 8-mart kuni Henan Jianyega qarshi oʻyinda (3:0) kiritgan. 2014-yil 16-iyun kuni Feng 2014-yilgi mavsumning qolgan qismida ijara asosida Changchun Yatai jamoasiga qoʻshilgan. U klubdagi debyutini 2014-yilning 20-iyulida „Hanzhou Grintaun“ga qarshi oʻyinda (3:2) oʻtkazganaa. 2015-yilning 28-fevralida Feng 2015-yilgi mavsum uchun Guizhou Renhega ijaraga berilgan. U klubdagi debyutini 2015-yilning 7-martida Liaoning Whowinga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan.

2015-yilning noyabrida Feng Xitoyning Birinchi Liga jamoasi Beijing Renhega oʻtgan.

Xalqaro faoliyati Feng Xitoy terma jamoasiga chaqirilgan va 2010-yilning 11-avgustida Bahraynga qarshi oʻyinda (1:1) debyut qilgan. Feng 2011-yilgi Osiyo Kubogi uchun dastlabki tarkibga chaqirilgan va unga jamoadan joy kafolatlanmagan boʻlsa-da, u Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasi uchun saralash bosqichida oʻynashi kutilgan. 2010-yil 24-dekabrda Xitoy futbol assotsiatsiyasi Tianjin Lokomotiv va Shanhai Shenhua klublarini bu haqda bilganliklari uchun jarimaga tortgan va Fengni uchta oʻyinga chetlashtirgan, bu esa 2011-yilgi Osiyo Kubogidan chetlatilishini anglatgan. Feng terma jamoadagi ilk golini 2012-yilning 8-iyunida Vetnamga qarshi oʻyinda (3:0) kiritgan.

Faoliyat statistikasi

Klub statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolTianjin Huochetou2008Xitoy Ikkinchi Ligasi177 - - -177200900 - - -00Jami177000000177Shanghai Shenhua2010Xitoy Super Ligasi295 - - -29520112412060 -321201223410 - -243Jami76103060008510Guangzhou Evergrande2013Xitoy Super Ligasi10000101012020142100100031Jami121002010151Changchun Yatai (Ijara)2014Xitoy Super Ligasi8000 - -80Guizhou Renhe (Ijara)201525611 - -267Beijing Renhe2016Xitoy Birinchi Ligasi20420 - -22420176010 - -702018Xitoy Super Ligasi0000 - -0020198010 - -90Jami344400000384Karyerada jami1722881801018929

Xalqaro maydondagi gollar # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 18.06.2012 Wuhan, Xitoy 2 — 0 3-0Oʻrtoqlik

Yutuqlar

Klub Guanzhou Evergrand

Xitoy Superligasi : 2013-yil Osiyo Chempionlar Ligasi : 2013-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar