Huang Bowen (1987-yil 13-iyulda tugʻilgan) — Xitoyning professional futbolchisi, hozir Xitoy Superligasining „Guangzhou“ klubida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Huang Bowen futbolchilik faoliyatini 2004-yilgi mavsumda „Beijing Guoan“da boshlagan. Istiqbolli yosh iqtidor sifatida u klub uchun debyutini 2004-yil 26-may kuni Shenyang Gindega qarshi oʻyinda (4:1) oʻtkazgan va Huang oʻzining birinchi golini ham urdgan. Debyut mavsumining oxiriga kelib, u oltita liga oʻyinida maydonga tushgan. Garchi bu oʻyinlarning koʻpida zahiradan maydonga tushgan boʻlsa-da, u asta-sekin kattalar jamoasida oʻzini namoyon qila boshlagan. Keyingi mavsumlarda u asta-sekin oʻzini klubning doimiy futbolchisi sifatida koʻrsatgan. Faqat 2007-yilgi mavsumda Huang oʻzini Pekin jamoasining ajralmas aʼzosi sifatida koʻrsata boshlagan va ularga ligada ikkinchi oʻrinni egallashga yordam bergan.

2011-yilning 10-fevralida Huan K-Liga jamoasi Jeonbuk Hyundai Motorsga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2011-yilning 6-martida Chunnam Dragonsga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. 2011-yilning 6-martida OFK Chempionlar ligasi oʻyinida „Arema FC“ ga qarshi oʻyinda (4:0) u klub uchun birinchi golini kiritgan.

2012-yilning 7-iyulida Huang Xitoy Superligasi vakili "Guangzhou Evergrand "ga oʻtgan. U Guangzhouning 2013-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida gʻalaba qozongan jamoaning asosoiy oʻyinchisi edi, klub qitʼa chempionligini qoʻlga kiritgan ikkinchi Xitoy jamoasiga aylangan. 2017-yil 13-avgust kuni Henan Jianyega qarshi liga oʻyinida Rikardo Vaz Tê tomonidan qoʻpollik ishlatilib Huang umurtqa suyagini jarohatlab olgan, bu esa uni mavsumning qolgan qismida maydonga tushishiga monelik qilgan.

Xalqaro faoliyati Huang Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2008-yilning 25-mayida Iordaniyaga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan. Yoshi va tajribasizligiga qaramay, oʻsha paytdagi bosh murabbiy Vladimir Petrovich Huangga 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichidagi muhim bahsda Qatarga qarshi oʻyinda (1:0) bitta oʻyin oʻtkazishga ruxsat bergan va bu Xitoyni saralashdan chiqarib yuborgan. Qolgan saralash oʻyinlarida u boshqa ishtirok etmagan boʻlsa-da, 2011-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichida vaqtinchalik murabbiyi Yin Tiesheng qoʻl ostida terma jamoaga chaqirilgan.

Faoliyat statistikasi

Klub statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolBeijing Guoan2004Xitoy Super Ligasi610000 - -612005503040 - -12020065110 - - -612007221 - - - -2212008297 - -60 -3572009173 - -40 -2132010191 - -70 -261Jami1031440401700012814Jeonbuk Hyundai Motors2011K-League202100051 -263201291000031 -122Jami29310008200385Guangzhou Evergrande2012Xitoy Super Ligasi9130 -11 -132201325441 -12040455201427110 -10100382201528100 -13340454201628171 -6010422201721120 -6000291201820000 -7111282201925020 -111 -38120208000 -20 -100Jami19191920068710128819Karyerada jami323262424093910145438

Xalqaro statistika Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol 2008 5 0 2009 7 1 2010 3 0 2011 9 1 2012 0 0 2013 4 0 2014 1 0 2015 2 0 2016 9 1 2017 3 0 2018 1 0 Jami 44 3

Xalqaro maydondagi gollar № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.9.01.2009 Azadi stadioni, Tehron, Eron 1 — 2 1-3Oʻrtoqlik 2.29.03.2011 Wuhan Sport Center Stadium, Wuhan, Xitoy 1 — 0 3-0Oʻrtoqlik 3.29.03.2016 Shensi provintsiyasi stadioni, Sian, Xitoy 1 — 0 2-0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlar

Klub Beijing Guoan

Xitoy Superligasi : 2009-yil

Jeonbuk Hyundai Motors

K-liga : 2011-yil

Guangzhou Evergrand

Xitoy Superligasi : 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2019 Osiyo Chempionlar Ligasi : 2013, 2015 Xitoy FA kubogi : 2012 2016 Xitoy FA Superkubogi : 2016, 2017, 2018

Xalqaro Xitoy milliy terma jamoasi

Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil

Shaxsiy yutuqlar

Xitoy futbol assotsiatsiyasi yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2008-yil Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2015-yil Osiyo Chempionlar Ligasi orzu jamoasi: 2015-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar