He Yang (1983-yil 23-fevralda Tianjinda tugʻilgan) — Xitoy terma jamoasining sobiq futbolchisi.

Klubdagi faoliyati He Yang 2002-yilgi liga mavsumida „Tianjin Teda“ yoshlar jamoasini tugatgan boʻlsa-da, u 2003-yilgi liga mavsumigacha oʻn uchta liga oʻyinida qatnashib, asosiy jamoaga kirish uchun kurash olib borgan. Koʻpincha oʻz faoliyati davomida zahiradan maydonga tushgan, shu sababdan oʻzini koʻrsata olmagan, shunga qaramay, u 2008-yilgi ligada kattalar jamoasidan butunlay chetlashtirilganida ham „Tianjin“da qolgan. 2009-yilgi liga mavsumi boshlanganda markaziy himoyachi Van Syao jarohat olgan va murabbiy Zuo Shusheng darhol He Yangni uning oʻrniga jamoaga qaytargan va jamoada oʻzini koʻrsatish uchun yana bir imkoniyat berilgan. He Yang berilgan imkoniyatdan unumli foydalanib jamoaning ajralmas aʼzosi sifatida oʻzini koʻrsatgan. U debyut golini 2009-yil 16-mayda „ Shanhai Shenhua“ga qarshi oʻyinda kiritgan. Ari Haan yangi murabbiy sifatida jamoaga kelganida, He Yang jamoaning ajralmas qismi boʻlib qolgan va Tianjinga 2010-yilgi Xitoy Superligasi mavsumida ikkinchi oʻrinni egallashiga yordam bergan.

2015-yilning 11-fevralida u Xitoyning birinchi ligasi vakili Qingdao Jonunga oʻtgan. Ikki mavsumdan soʻng u 2017-yil 14-yanvarda Zhejiang Yiteng vakiliga aylangan. Buning ortidan 2018-yilgi Xitoy Chempionlar Ligasi mavsumida toʻrtinchi divizion vakili Chengdu Better City klubiga oʻtgan va u klubning ketma-ket yuqori divizionlarga koʻtarilishida ajralmas rol oʻynaganChina 2019 > China League Two at rsssf.com 2020-10-15 Retrieved 2021-05-20. 2020-yilgi Xitoy 1-ligasi mavsumi oxirida uning Chengdu bilan shartnomasi tugagan离队公告丨感谢曹添堡、何杨,成都是你们永远的家 at dongqiudi.net 2021-01-16 Retrieved 2021-05-20. 2021-yil 24-fevralda u professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan前国脚何杨退役:因为热爱所以执着 无悔足球青春 at sports.sina.com.cn 2021-02-24 Retrieved 2021-05-20.

Xalqaro faoliyati He Yang terma jamoasidagi debyutini 2009-yilning 1-iyunida Eronga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan va oʻng qanot himoyachisi sifatida maydonga tushgan. Keyin u 2010-yilgi Sharqiy Osiyo futbol chempionatida gʻolib chiqqan jamoa tarkibga kiritilgan, ammo birorta oʻyinda maydonga tushmagan.

Faoliyat statistikasi

Klub statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolTianjin Teda2002Xitoy Jia-A Ligasi0000 - - -00200313010 - - -1402004Xitoy Super Ligasi50100 - -60200530000 - -3020069000 - - -90200700 - - - -00200800 - - - -002009243 - -40 -2832010190 - - - -19020117000 -30 -100201216000 -301020020133010 - - -4020140000 - - -00Jami9933000100101133Qingdao Jonoon2015Xitoy Birinchi Ligasi25010 - - -260201623000 - - -230Jami48010000000490Zhejiang Yiteng2017Xitoy Birinchi Ligasi23110 - - -241Chengdu Better City2018Xitoy Chempionlar Ligasi80 - - - -802019Xitoy Ikkinchi Ligasi23020 - - -2502020Xitoy Birinchi Ligasi4000 - - -40Jami35020000000370Karyerada jami20547000100102234

Yutuqlar

Klub Tianjin Teda FC

Xitoy FA kubogi : 2011

Mamlakat

Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar