thumb|Kit akula AdF Baliqlardan qoʻrqish yoki ixtiofobiya – baliq isteʼmol qilish qoʻrquvi, xom baliqqa tegmaslik yoki oʻlik baliqdan qoʻrqish kabi madaniy hodisalardan tortib, irratsional qoʻrquvgacha (oʻziga xos fobiya) barcha holatlarni oʻz ichiga oladi. Selakofobiya yoki galeofobiya, akula va boshqa yirtqich baliqlardan qoʻrqish xissini ifodalaydiGaleophobia in medical dictionary..
Etimologiyasi Ixtiofobiya atamasi yunoncha ἰχthῦs – ichthus, „baliq“ἰχθῦς, Henry George Liddell, Robert Scott, A Greek-English Lexicon, on Perseus va phosbos – fobos, „qoʻrquv“ degan maʼnoni anglatadiφόβος, Henry George Liddell, Robert Scott, A Greek-English Lexicon, on Perseus. Galeofobiya yunoncha galeos – „kichik akula“ soʻzidan kelib chiqqanγαλεός, Henry George Liddell, Robert Scott, A Greek-English Lexicon, on Perseus.
Fobiya Ixtiofobiya „Psychology: An International Perspective“ kitobida „gʻayrioddiy“ oʻziga xos fobiya sifatida tasvirlanganMichael W. Eysenck. Psychology: An International Perspective, Psychology Press, 2004, p839, . Ixtiofobiyaning alomatlari ham, davolari ham boshqa fobiyalarniki bilan deyarli bir xil.
Amerikalik psixolog John B. Watson, bixeviorizmdagi mashhur uslub, psixologiya boʻyicha koʻplab kitoblarda keltirilgan misollarni, chaqaloqdagi oltin baliqdan shartli qoʻrqish va hozirda bosqichma – bosqich taʼsir qilish terapiyasi deb ataladigan qoʻrquvni bartaraf etish usulini quyidagicha tasvirlaydiJohn B. Watson (1929) „Behaviorism – The Modern Note in Psychology“:
Madaniy hodisa Tarixiy jihatdan navaxo xalqi baliqdan nafratlanganligi sababliWashington Matthews. Ichthyophobia, The Journal of American Folklore, Vol. 11, No. 41 (1898), pp. 105-112William H. Lyon. The Navajos in the American Historical Imagination, 1868-1900, Ethnohistory, Vol. 45, No. 2 (1998), pp. 237-275 ixtiofobik deb taʼriflangan. Biroq, bu keyinchalik psixologik holatHoward M. Bahr. The Navajo as Seen by the Franciscans, 1898-1921: A Sourcebook. Scarecrow Press, 2004, emas, balki suv hayvonlariga nisbatan madaniy yoki afsonaviy nafrat ekanligi tasdiqlandiTryst Williams. Man cured of 'life affectingʻ fish phobia. Western Mail, 18 April 2007.
Baliqni isteʼmol qilishdan qoʻrqish Amerika Tibbiyot Assotsiatsiyasi jurnali simob singari ifloslantiruvchi moddalardan qoʻrquvchilar orasida baliq isteʼmol qilish qoʻrquviga bagʻishlangan tadqiqot soʻrovnomalarini oʻtkazdi va bu xususdagi maqolani ham nashr etdiDariush Mozaffarian, Eric B. Rimm, „Fish Intake, Contaminants, and Human Health. Evaluating the Risks and the Benefits“, Journal of the American Medical Association, 2006, vol. 296, pp 1885-1899..
Manbalar
Havolalar
Turkum:Fobiya