„Ataman“ () — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. „Ataman“ guruhning soʻnggi qoʻshigʻi boʻlib, xonanda Viktor Soy uni oʻlimidan bir necha oy oldin ikki kassetali magnitofonga gitara joʻrligida yozib olgan. Yozuv 20 yildan oshiq vaqt mobaynida xonandaning yaqin qiz doʻsti Nataliya Razlogovada saqlangan.
Qoʻshiq ilk bor 2012-yil „Tsoy — Kino“ hujjatli filmida guruh aʼzolari Yuriy Kasparyan, Georgiy Guryanov, Igor Tixomirov va „Leningrad“ guruhi gitarachisi Igor Vdovinlar ijrosida yangragan. 2018-yil „Maschina Records“ mustaqil leybli qoʻshiqning uch xil versiyasini singl oʻlaroq chiqargan.
Kassetani Soy oʻzi uchun yozib olgan boʻlgan. Unga kiritilgan qoʻshiqlarni 1990-yilning yozida Latviyada joylashgan portastudiyada yozib olishgan. Oʻsha yilning kuzida esa guruhning qolgan aʼzolari qoʻshiqlarni aranjirovka qilgan. Material studiyaga yuborilganda „Ataman“ qoʻshigʻi nuqsonli boʻlgani uchun chetlatilgan, qolgan kompozitsiyalar esa pirovardida „Chyorniy albom“ albomiga kiritilgan.
Uzoq yillar davomida albomga kiritilgan taronalar hamda „Ataman“ qoʻshigʻining akustik versiyasi Razlogovada boʻlgan. Razlogova kassetani kutilmaganda topib olib, guruh barabanchisi Guryanovga bergan. Shuningdek, Razlogova Soyning oʻgʻli Aleksandr Soy bilan uchrashib, ashulani yozib olishga ruxsat soʻragan. Soy oʻlimining 30 yilligi munosabati bilan „Doping-pong“ rus art-guruhi „Ataman“ qoʻshigʻi uchun multiplikatsion klip hozirlagan.
Lirik jihatdan „Ataman“ qoʻshigʻida „Zvezda po imeni solnse“ albomiga kiritilgan „Aprel“ hamda „Chyorniy albom“ga kiritilgan „Kukushka“ qoʻshiqlaridagi mavzular davom etadi. Qoʻshiq matnidan Soy umrining soʻnggi yillarida slavyan va rus madaniyatiga qiziqa boshlaganini xulosa qilish mumkin. „Ataman“ Soyning „xudo“ () soʻzi ochiqchasiga ishlatilgan yagona qoʻshigʻidir.
Jamoa Viktor Soy — vokal, akustik gitara (arxiv) Yuriy Kasparyan — elektrogitara, akustik gitara Igor Tixomirov — bas-gitara Georgiy Guryanov — barabanlar Yuriy Ayzenshpis — produser Igor Vdovin — klavishli asboblar
Manbalar
Havolalar
Turkum:Kino qoʻshiqlari Turkum:2012-yil qoʻshiqlari Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar