Dilnavoz Rahmonovna Yusupova - 1976-yil 10-avgustda ziyoli oilada tug‘ilgan. O‘zbek adabiyoti tarixi va navoiyshunoslik sohalari bo‘yicha mutaxassis, filologiya fanlari doktori, professor. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi.
Hayoti 1993-1998-yillarda Toshkent davlat universitetining O‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. 2005-2008-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti aspiranturasida o‘qigan. 2010-2016-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritgan. 2016-yil sentabr oyidan buyon Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek adabiyoti tarixi va folklor kafedrasida ishlab kelmoqda. Oilali, 1 nafar farzandi bor.
Ilmiy faoliyati 2008-yilda “Alisher Navoiy “Xamsa”sida mazmun va ritmning badiiy uyg‘unligi” mavzusida nomzodlik, 2019-yilda “Temuriylar davridagi aruzga doir risolalarning qiyosiy tadqiqi” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy yo‘nalishi: mumtoz poetika, o‘zbek adabiyoti tarixi, aruzshunoslik. Dilnavoz Yusupova bir necha xalqaro va respublika konferensiyalarda ma’ruzalar bilan qatnashgan. Erasmus+ loyihasi doirasida 2019-yil oktyabr oyida Afina (Gretsiya), 2020-yil fevral oyida Moskva (Rossiya) shaharlarida o‘tkazilgan xalqaro anjumanlarda maʼruzasi bilan ishtirok etgan. 2023-yilda Erasmus+ loyihasi doirasida Vengriyaning Eötvös Loránd universitetida ilmiy stajirovka o‘tagan. "Istiqlol davri o‘zbek navoiyshunosligi" 30 jidligida ijodiy guruh a'zosi sifatida ishtirok etgan.
Olimaning quyidagi ilmiy risolalari nashr etilgan:
Monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy tarjimalari
“Oʼzbek mumtoz adabiyoti tarixi” (Аlisher Navoiy davri, 2013); “Аruz alifbosi” (Navoiy poetikasidan saboqlar, 2014); “Аdabiyotdan universal qoʼllanma” (2014, 2016, 2018); “Аruz vazni qoidalari va mumtoz poetika asoslari” (2019) oʼquv qoʼllanmalari; “Аruz va mumtoz poetikaga kirish” (2020) darsligi; Respublika oliy oʼquv yurtlari talabalari uchun moʼljallangan “Navoiyshunoslik” (2020) darsligi (hammualliflikda); Prezident taʼlim muassasalari agentligining ijod maktablari uchun yozilgan “Maxsus adabiyot” darsligining hammualliflaridan biridir; Ikki jildlik “Аlisher Navoiy: qomusiy lugʼat” tarkibidan oʼrin olgan 500 dan ortiq maqola Dilnavoz Yusupova tomonidan tayyorlangan; Аbdurahmon Jomiyning “Risolai aruz” asarini tarjima qilib (2014) nashr ettirgan.
Ilmiy maqolalari Dilnavoz Yusupova quyidagi ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi:
Adabiy saytlarda e'lon qilingan maqolalari
"Alisher Navoiy devonlari" "Alisher Navoiyning diniy va tasavvufiy asarlari" "Sab'ai sayyor" dostonining tuzilishi, hikoyatlar tahlili" "Layli va Majnun" dostonining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari" "Farhod va Shirin" dostonining timsollar olami" "Hayrat ul-abror" dostonining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari" "Alisher Navoiy taxmislari" "Alisher Navoiyning "Muhabbat rishtasidin uzdiki" g‘azali "Buyuk do‘stlik namunasi" "Alisher Navoiy hasbi hol masalalari"
Xalqaro va respublika konferensiyalarida, ilmiy nashrlarda e'lon qilingan maqolalari 1. Temuriylar davri epik poeziyasida ritm va mazmun munosabati (Navoiy “Xamsa”si misolida) / Amir Temur va hozirgi zamon (ilmiy maqolalar to‘plami). – Toshkent, 2007. –B.157–163.
2. Falak ko‘rmadi men kibi nodire // Jannatmakon. –Toshkent, 2008. –№ 2. – B. 20.
3. Alisher Navoiy “Xamsa”sida radif va mazmunning badiiy uyg‘unligi // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2008. –№ 4.
4. Alisher Navoiy taxmislari // Sharq yulduzi. – Toshkent, 2013. – № 2. – B.143−147.
5. Yusupova D. Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur: ariz bahriga munosabat // Sharq yulduzi. – Toshkent, 2014. – № 5.
6. Alisher Navoiy: qomusiy lug‘at (hammualliflar). Ikki jildlik. –Toshkent: Sharq NMAK, 2016. 1005 b.
7. Yusupova D. Jomiy va Navoiy: aruzga doir risolalarning qiyosiy tadqiqi / O‘zbek filologiyasining dolzarb muammolari (ilmiy maqolalar to‘plami). – Toshkent, 2010. – B.33−38.
8. Alisher Navoiyning ariz bahrida yaratilgan bir g‘azali xususida / O‘zbek filologiyasining dolzarb muammolari II (ilmiy maqolalar to‘plami). – Toshkent, 2013. – B.29−32.
9. Navoiyning forsiy qasidalarida badiiy sintez muammosi // Vodiy gavhari. – Toshkent, 2013. – № 3. – B. 16-19.
10.Yusupova D. Jomiy va Navoiy: bir asar tarixi / O‘zbek filologiyasida tahlil va talqin muammolari (Respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari). – Namangan, 2017. – B. 95-100.
11. Alisher Navoiyning qofiyadan foydalanish mahorati / Alisher Navoiy ijodiy merosining umumbashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni (xalqaro konferensiya materiallari). – Toshkent: O‘zbekiston, 2018. – B. 73-76.
12. Yusupova D. Alisher Navoiy va Zokirjon Furqat: aruzga doir risoladan dastxat konspektgacha / Alisher Navoiy va XXI asr (Respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari). – Toshkent: TAMADDUN, 2018. – B.183-187.
13. Yusupova D. Abdurahmon Jomiy “Ashi’at ul-lama’ot” asarining yaratilishida Alisher Navoiyning o‘rni / Alisher Navoiy ma’naviy merosida komil inson tarbiyasi (IX an’anaviy Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari). – Navoiy, 2018. – B. 24-29.
14. Yusupova D. Abadiyat gulshani, II (Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligiga bag‘ishlangan to‘plam). – Toshkent, 2016. – B. 177–188.
15. Yusupova D. “Navodir un-nihoya” faqat g‘azallardan iborat devonmi? / Alisher Navoiy va XXI asr (Respublika 2-ilmiy-nazariy anjumani materiallari). – Toshkent, 2017. – B. 54 –60.
16. Yusupova D. “Navodir un-nihoya” devoniga doir yangiliklar // Oltin bitiklar. – T., 2018. №1. – B. 27-37.
17. Yusupova D. Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asarida xalq qo’shiqlari va aruz vazni munosabati // Milli folklor. 2019. - № 3.
18. Yusupova D. Alisher Navoiy aruzining taraqqiyot bosqichlari / “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzuidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari. – T.: Navoiy universiteti NMU, 2019. – B. 97-104.
19. Yusupova D. “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida musamman / “Alisher Navoiy ijodiy merosining umumbashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi III an’anaviy xalqaro ilmiy konferensiya materiallari. – Toshkent: Fan, 2019. – B. 103-109.
20. Yusupova D. “Mezon ul-avzon” uchun asos bo‘lgan nazariy manbalar / Alisher Navoiy va uchinchi mingyillik: Navoiy merosini o‘rganishning yangi ufqlari (ilmiy-amaliy anjuman materiallari). – Toshkent, 2019. – B.80-86.
21. Yusupova D. Alisher Navoiyning Shoh G‘arib Mirzoga bag‘ishlangan tarkibband-marsiyasi xususida / “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzuidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari. – T.: Mashhur-Press, 2020, 8 fevral. – B. 265-269.
22. Yusupova D. Comparative analysis of treatises about aruz (prosody) by Nasir ad-Din Tusi and Alisher Navoi // EPRA International Journal of Research and Development (IJRD). Volume 05, issue 03, Marchl 2020. – P. 34-38 (Impact Factor 5,6).
23. Yusupova D. Alisher Navoiy ijodida ustoz va shogird an’analari / “Ta’limda “ustoz-shogird” tizimi – sifat va samaradorlik kafolati” mavzusidagi Respublika onlayn ilmiy –amaliy konferensiya materiallari. – Navoiy, 2020, 20 aprel.
Gazetalarda e'lon qilingan maqolalari 1. Yusupova D. “Bilki kichiklikda erur parvarish...” “Sog’lom avlod” gazetasi, 2014 yil, 6 fevral.
2. Yusupova D. “Chekib tarixingga xomani...” // “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2014 yil, 2 may.
3. Yusupova D. Ma’naviyat osmonining oftobi // “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2015 yil, 6 fevral.
4. Yusupova D. “Kimki ulug‘roq anga xizmat kerak...” // “Sog’lom avlod” gazetasi, 2015 yil, 5 fevral.
5. Yusupova D. Insoniyat murabbiyi // “Ma’rifat” gazetasi, 2016 yil, 6 fevral.
6. Yusupova D. “Ulki bu axloq ila aylab xirom...” // “Turkiston” gazetasi, 2016 yil, 6 fevral.
7. Yusupova D. “Tili poku so‘zi poku o‘zi pok...” // “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2016 yil, 8 dekabr.
8. Yusupova D. Matnshunoslik mashaqqati // “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2017 yil, 8 yanvar.
9. Yusupova D. Navoiy musammani o‘z g‘azaliga bog‘langanmi? // “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2019 yil, 27 fevral.
"Jahon adabiyoti" jurnalida e'lon qilingan Alisher Navoiy g‘azallarining sharhlari 1. “Oshiq o‘ldum...” // “Jahon adabiyoti”, 2016.- № 1. – B. 4–5.
2. “Xo‘blar ming bo‘lsalar...” // “Jahon adabiyoti”, 2016.- № 2. – B. 3–5.
3. “Ko‘kragimdur subhning...” // “Jahon adabiyoti”, 2016. – № 3. – B. 3 –5.
4. “Ko‘rgali husnungni zoru...” // “Jahon adabiyoti”, 2016. – № 4. – B. 4–6.
5. “Ko‘nglum o‘rtansun agar...” // “Jahon adabiyoti”, 2016. – № 5. – B. 3 –5.
6. “Bo‘lsa ikimizning yuzi...” // “Jahon adabiyoti”, 2016. – № 6. – B. 3 –5.
7. “Bediling xayli rusul...” // “Jahon adabiyoti”, 2016. – № 7. – B. 4 –6.
8. “Yordin hijron chekar...” // “Jahon adabiyoti”, 2016. – № 8. – B. 3 –5.
9. “Bormakim, bir dam...” // “Jahon adabiyoti”, 2016. – № 9. – B. 3 –5.
10. “El dardi yordin...” // “Jahon adabiyoti”, 2016. – № 10. – B. 3 –5.
11. “Ey navbahori orazing...” // “Jahon adabiyoti”, 2016. – № 11. – B. 3 –5.
12. “Manga o‘lmaklik erur...” // “Jahon adabiyoti”, 2016. – № 12. – B. 3 –5.
13. “Ey orazi nasrin...” // “Jahon adabiyoti”, 2017. – № 1. – B. 3 –5.
14. “Nega ko‘rguzdi sarig‘ ohu...” // “Jahon adabiyoti”, 2017. – № 2. – B. 3 –5.
15. “Bahor sensiz o‘luptur...” // “Jahon adabiyoti”, 2017. – № 3. – B. 3 –5.
16. “Tun oqshom bo‘ldiyu...” // “Jahon adabiyoti”, 2017. – № 4. – B. 3 –5.
17. Yusupova D. “Sunbulin Laylo ochiptur... ” // “Jahon adabiyoti”, 2018. – № 1. – B. 4 –7.
18. Yusupova D. “Yor og‘iz ochmasqa... ” // “Jahon adabiyoti”, 2018. – № 2. – B. 3 –6.
19. Yusupova D. “Mehnat o‘tidin... ” // “Jahon adabiyoti”, 2018. – № 3. – B. 3 –5.
20. Yusupova D. “Tuganmas mehri yo‘q hajrim tuni... ” // “Jahon adabiyoti”, 2018. – № 4. – B. 4 –7.
21. Yusupova D. “Unutmog‘ilki to hajr etti...” // “Jahon adabiyoti”, 2018. – № 5. – B. 3 –6.
22. Yusupova D. “Qon yoshim sorig‘ yuz uzra... ” // “Jahon adabiyoti”, 2018. – № 6. – B. 3 –7.
23. Yusupova D. “Yor chun istarki... ” // “Jahon adabiyoti”, 2018. – № 7. – B. 3 –7.
24. Yusupova D. “Tong nasimin soyir etkan... ” // “Jahon adabiyoti”, 2018. – № 11. – B. 3 –7.
25. Yusupova D. “Ne lutf ediki... ” // “Jahon adabiyoti”, 2018. – № 12. – B. 3 –7.
26. Yusupova D. “Ishq sirrin... ” // “Jahon adabiyoti”, 2019. – № 1. – B. 3 –7.
27. Yusupova D. “Kimki oshiq bo‘lsa... ” // “Jahon adabiyoti”, 2019. – № 2. – B. 3 –7.
28. Yusupova D. “Sinsa ko‘nglumda o‘qung... ” // “Jahon adabiyoti”, 2019. – № 3. – B. 3 –8.
29. Yusupova D. “Har ko‘ngul oromi... ” // “Jahon adabiyoti”, 2019. – № 7. – B. 3 –6.
30. Yusupova D. “Nomasi qo‘ynumda baskim... ” // “Jahon adabiyoti”, 2019. – № 9. – B. 4 –7.
31. Yusupova D. “Kulmading to ko‘zlarimni... ” // “Jahon adabiyoti”, 2019. – № 11. – B. 3 –6.
32. Yusupova D. “Junun toshi xarobot ichra... ” // “Jahon adabiyoti”, 2020. – № 2. – B. 3-7.
33. Yusupova D. “Kimga bir majlisda...” “Jahon adabiyoti”, 2020. – № 4. – B. 3-7.
34. Yusupova D. “Do‘stlar bir chora...” “Jahon adabiyoti”, 2020. – № 6. – B. 3-7.
35. Yusupova D. “Ishq aro vasling tilab...” “Jahon adabiyoti”, 2020. – № 8. – B. 3-7.
Mukofotlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-martdagi Farmoniga asosan Yusupova Dilnavoz Rahmonovna "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi.
Manbalar