Liu Binbin () (1993-yil 16-iyunda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozir Xitoy Superligasining „Shandong Taishan“ klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati Liu Binbin futbolchilik faoliyatini 2005-yilda Shandong Luneng yoshlar akademiyasiga qoʻshilganida boshlagan. U 2010-yilda yoshlar mashgʻulotlari uchun Xie Pengfei bilan birga Liga 2 FC Metz klubiga ijaraga berilgan. 2011-yilgi mavsumda Liu Shandunga qaytib kelgan va keyin Xitoyning ikkinchi liga vakili Shandong Youth jamoasiga yuborilgan. U 2011-yilning 3-iyulida „Shanghai Youth“ga qarshi oʻyinda (4:0) „Shandong Youth“ safidagi ilk golini kiritgan. Keyin Liu 2012-yilgi mavsumda Xenk ten Keyt tomonidan klubning asosiy jamoasiga chaqirilgan. U klubdagi debyutini 2012-yilning 10-martida Guizhou Renhga qarshi oʻyinda (2:1) oʻtkazgan
Xalqaro faoliyati Liu birinchi marta 2010-yil iyun oyida Su Maozhen tomonidan Xitoyning 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan va 2010-yilgi Osiyo U-19 chempionatida 20 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida oʻynagan. U 2011-yilda jamoaga sardorlik qilgan va 2011-yilda Tulon turnirida ishtirok etgan. Yan Olde Riekerink tomonidan 20 yoshgacha boʻlganlar jamoasiga chaqirilishda davom etgan. Liu 2012-yilgi U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichida uchta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urgan, Xitoy U 19 jamoasi 2012-yilgi U-19 Osiyo chempionatiga yoʻllanma olgan. Liu Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2014-yilning 13-dekabrida Qirgʻizistonga qarshi oʻyinda (4:0) oʻtkazgan. Ammo bu oʻyin FIFA tomonidan xalqaro „A“ oʻyini sifatida tan olinmagan. U rasmiy debyutini 2014-yilning 21-dekabrida Falastinga qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazgan.
Faoliyat statistikasi
Klub statistikasi + Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Kontinental Boshqa JamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol ShandongYouth 2011 Xitoy Ikkinchi ligasi 5 1 - - - 5 1 Shandong Luneng 2012 Xitoy Superligasi 11 0 0 0 - - 11 0 2013 13 1 1 0 - - 14 1 2014 29 5 7 2 4 1 - 40 8 2015 22 4 3 0 6 0 1 0 32 4 2016 20 3 1 1 10 0 - 31 4 2017 25 1 1 0 - - 26 1 2018 9 0 1 0 - - 10 0 2019 17 5 5 0 5 1 - 27 6 2020 13 1 3 0 - - 16 1 2021 19 0 0 0 - - 19 0 Jami 178 20 22 3 25 2 1 0 226 25 Karyerada jami 183 21 22 3 25 2 1 0 231 26
Xalqaro statistika Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol 2014 1 0 2015 3 0 2016 0 0 2017 0 0 2018 0 0 2019 0 0 2020 0 0 2021 4 1 2022 3 0 Jami 11 1 # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.11.06.2021 Sharja stadioni, Sharja Maldiv 1 — 0 5-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
Yutuqlar
Klub Shandong Luneng
Xitoy Superligasi : 2021 Xitoy FA kubogi : 2014 2020 2021 Xitoy FA Superkubogi : 2015-yil
Shaxsiy yutuqlar
Xitoy futbol assotsiatsiyasi yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2014-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar