Qirgʻiziston Respublikasining futbol boʻyicha milliy terma jamoasi (qirgʻizcha. Qirgʻiziston uluttuk futbol kuramasy / Qyrğyzstandyn uluttuq futbol kuramasy) – xalqaro turnirlardagifutbol oʻyinlarida Qirgʻiziston nomidan ishtirok etuvchi terma jamoa. Boshqaruv tashkiloti 1994-yildan buyon AFC va FIFA aʼzosi boʻlgan Qirgʻiziston futbol federatsiyasi, shuningdek, FACA aʼzosi hisoblanadi. 2014-yilning oktyabr oyidan buyon terma jamoa bosh murabbiyi rossiyalik murabbiy Aleksandr Krestinin hisoblanadi. Terma jamoaning asosiy sardori Valeriy Kichin. Terma jamoa uy uchrashuvlarini Bishkekdagi 23 000 tomoshabinga moʻljallangan va mamlakatdagi eng katta va asosiy stadion boʻlgan Dolen Omurzakov stadionida oʻtkazadi.
2022-yil iyun holatiga koʻra, Qirgʻiziston terma jamoasi FIFA reytingida FIFAga aʼzo 210 ta davlat orasida 95-oʻrinni egallab turibdi. Ushbu jamoaning FIFA reytingidagi eng yuqori oʻrni 2018-yilning aprel oyida qayd etilgan boʻlib, u 75-oʻrinda edi, eng past oʻrin esa 2013-yilning mart oyida qayd etilgan, yaʼni jamoa 201-oʻrinda boʻlgan edi.
Qirgʻiziston Respublikasi terma jamoasi hech qachon jahon chempionatida ishtirok etmagan va yaqin vaqtgacha birorta ham Osiyo kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmagan boʻlsa-da, 2018-yilda saralashdan oʻta oldi va oʻz tarixida birinchi marta 2019-yilning final bosqichiga chiqdi. Yaqin-yaqingacha Osiyo va dunyoning eng kuchsiz jamoalaridan biri boʻlgan boʻlsa, keyingi ikki-uch yilda yangi bosqichga koʻtarilib, Osiyo qitʼasining yaxshi jamoasiga aylandi.
Tarix
Shakllanish 1991-yilgacha milliy terma jamoa mavjud emas edi, qirgʻiz futbolchilari SSSR terma jamoasida oʻynashgan.
SSSR parchalanib, 1991-yil 31-avgustda Qirgʻiziston mustaqillikka erishgach, milliy terma jamoa ham tuzildi. Qirgʻiziston terma jamoasi Markaziy Osiyo kubogi doirasidagi ilk oʻyinini 1992-yil 23-avgust kuni Toshkentda, Paxtakor stadionida O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan. Uchrashuv Oʻzbekiston terma jamoasining 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. 1992-yilda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo kubogida hozirgacha Qirgʻiziston terma jamoasi toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Umuman olganda, Qirgʻiziston terma jamoasi tarixidagi ilk oʻyinni oʻsha yilning 16-iyulida Turkmaniston terma jamoasiga qarshi oʻtkazishi kerak edi, biroq Turkmaniston terma jamoasi ishtirok etmagani uchun oʻyin oʻtkazilmadi. 1992-yilda terma jamoa jami 5 ta oʻyin oʻtkazgan. Shulardan 4 tasida magʻlubiyatga uchragan, bitta uchrashuvda durang qayd etilgan.
1993-yilda Qirgʻiziston terma jamoasi Eronda boʻlib oʻtgan EKO kubogida qatnashib, oʻz guruhidan chiqa olmadi, bu yerda raqiblari Ozarbayjon, Tojikiston va Qozog'iston yoshlar terma jamoasi edi. Ozarbayjonga yutqazib, Tojikiston va Qozogʻiston yoshlari bilan durang oʻynadi. 1993-yilda terma jamoa boshqa oʻyin oʻtkazmadi. Shu tariqa, 1993-yildagi bitta oʻyindan soʻng jamoa bir yilga tanaffusga chiqadi.
1994-yilda Qirgʻiziston Respublikasi Futbol Federatsiyasi OFK va FIFAga rasman qabul qilinib, ushbu futbol tashkilotlarining toʻliq aʼzosi boʻldi. 1994-yilning aprel oyida jamoa Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Mustaqilligi kubogida ishtirok etdi. Liga formatida oʻtkazilgan ushbu turnirda Qirgʻiziston terma jamoasi soʻnggi beshinchi oʻrinni egalladi: bitta durang (Qozogʻiston bilan) va uchta magʻlubiyat (Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston).
Tiklanish davri 2015-yilda rossiyalik murabbiy Aleksandr Krestinin boshchiligidagi Qirgʻiziston terma jamoasi 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionati saralash turnirida ishtirok etdi. Terma jamoa oʻz guruhidagi yurishini 3-oʻrinni egallab, ikkinchi davrada toʻxtadi. Jamoaning raqiblari Avstraliya, Iordaniya, Tojikiston va Bangladesh edi. Qirgʻiziston terma jamoasi oʻz guruhidagi uchinchi oʻrin evaziga BAAda boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogi-2019 saralash turnirining soʻnggi bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.
Jahon va qitʼa turnirlarida qatnashish FIFA Jahon chempionati
1991-yilgacha Futbol boʻyicha SSSR terma jamoasi aʼzosi edi 1994-yilgi FIFA jahon chempionati Saralashdan oʻta olmadi 1998-yilgi FIFA jahon chempionati Saralashdan oʻta olmadi: Birinchi bosqich, guruhda 2-oʻrin 2002-yilgi FIFA jahon chempionati Saralashdan oʻta olmadi: Birinchi bosqich, guruhda 2-oʻrin 2006-yilgi FIFA jahon chempionati Saralashdan oʻta olmadi: Birinchi bosqich, guruhda 4-oʻrin 2010-yilgi FIFA jahon chempionati Saralashdan oʻta olmadi: Birinchi davra pley-offida magʻlub boʻldi 2014-yilgi FIFA jahon chempionati Saralashdan oʻta olmadi: Ikkinchi davra pley-offida magʻlub boʻldi 2018-yilgi FIFA jahon chempionati Saralashdan oʻta olmadi: Ikkinchi bosqich, guruhda 3-oʻrin 2022-yilgi FIFA jahon chempionati Saralashdan oʻta olmadi: Ikkinchi bosqich, guruhda 3-oʻrin
Murabbiylar shtabi Bosh murabbiy Aleksandr Krestinin Yordamchi murabbiy Almazbek Buribayev Sandro da Silva Mendonça Igor Kudrenko Talant Samsaliev Darvozabonlar murabbiyi Zakir Jalilov Fitness murabbiyi Bakhtiyar Baymatov Direktor Boltok Sagynbayev Administrator Azamat Alykulov Shifokor Nurbek Ismailov
Futbolchilar Hozirgi tarkib
Natijalar
Eng koʻp ishtirok
№FutbolchiIshtirokGollarKaryera1Mirlan Murzaev55152009-hozir2Vadim Harchenko5332003-20152Kayrat Zhyrgalbek uulu5322013-hozir4Farhod Musabekov4922015-hozir5Pavel Matyash4502009-hozir6Ruslan Siddiqov4211997-20137Edgar Bernhardt4152014-hozir8Ildar Amirov4032006-2016Davron Asqarov4002006-201410Vyacheslav Amin3812000-2009
Eng yaxshi toʻpurarlar
№FutbolchiGollarIshtirokNisbatDavr1 Mirlan Murzaev15552009-hozir2 Anton Zemlianukhin13292007—20193 Vitalij Lux8322015-hozir4 Tursunali Rustamov6252012-hozir5 Edgar Bernhardt5412014-hozir6 Alimardon Shukurov4192017-hozirBekon Saginboyev4272018-hozirAhliddin Isroilov4332013-hozirAzamat Baymatov4362010-hozirValery Kichin4372011-hozir
Terma jamoalarga qarshi natijalar Raqiblar Oʻyinlar soni Gʻalaba Durang* Magʻlubiyat GF GA GD % Won401314-3 200215-4 301204-4 6015414-10 5500143+11 100113-2 220086+2 200215-4 201112-1 410337-4 100104-4 3003116-15 200219-8 3003111-10 6312440 5014315-12 4013210-8 302113-2 440083+5 4202104+6 100112-1 2101220 5410234+19 211031+2 100104-4 200205-5 430171+6 623165+1 3102440 201101-1 200205-5 321042+2 100101-1 110041+3 631279-2 133281016-6 100113-2 310226-4 100123-1 6006222-20 210132+1 Jami 133401974146231-85
ELF kubogi 2006-yili Qirgʻiziston Shimoliy Kiprda oʻtkazilgan ilk ELF kubogida ishtirok etgan. Bu musobaqa dastlab FIFA aʼzosi boʻlmagan jamoalar uchun moʻljallangan edi. Biroq tashkilotchilar oʻzlarining futzal terma jamoalari bilan qatnashgan Qirgʻiziston va Tojikistonga taklifnomalar yuborishdi.
Manbalar
Havolalar Kyrgyzstan at FIFA.com Kyrgyz FA
Turkum:Qirgʻiziston milliy futbol terma jamoasi Turkum:Milliy futbol terma jamoalari Turkum:Osiyo milliy futbol terma jamoalari