Xalqaro dzyudo federatsiyasi (, IJF) 1951-yil iyul oyida asos solingan.
Dastlab IJF tarkibiga Yevropa va Argentina milliy dzyudo federasiyalari kirgan. Keyingi o‘n yil ichida to‘rt qitʼaning milliy tashkilotlari Xalqaro dzyudo federasiyasiga aʼzo bo‘lishdi.
IJF shtab-kvartirasi Vengriyaning Budapesht shahrida joylashgan.
IJF dzyudo musobaqalari qoidalarini belgilaydi va qitʼa hamda jahon chempionatlarini o‘tkazadi. Xalqaro dzyudo federasiyasi, shuningdek, Kodokan tomonidan berilgan darajalarga hech qanday nisbati bo‘lmagan o‘z darajalarini belgilaydi.
2010 yil iyun holatiga ko‘ra, IJF tarkibida 198 ta milliy dzyudo federasiyasi mavjud.
IJF prezidentlari
Aldo Torti (), Italiya; 1951 Risey Kano (yapon ; Jigoro Kanoning oʻgʻli), Yaponiya; 1952-1965 Charlz Palmer (), Buyuk Britaniya; 1965-1979 Sigeyosi Matsumae (), Yaponiya ; 1979-1987 Sarkis Kaloglian (), Argentina; 1987-1989 Larvi Hargreyv (), Yangi Zelandiya; 1989-1991 Luis Bagena (), Ispaniya; 1991-1995 Chon Son Pak (), Koreya; 1995-2007 Marius Vizer (Marius Vizer), Ruminiya, 2007-yildan beri
Vladimir Putin
2022-yil 26-fevralgacha V.V. Putin IJF faxriy prezidenti lavozimida ishlagan; 26 fevral kuni IJF Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan Putinning vakolatlarini toʻxtatdi..
Manbalar
Havolalar
IJF rasmiy sayti )
Turkum:Sport tashkilotlari