Jabrail ShapiyevJinsiErkakIsmiJabrail (Javrail) Nurmagomedovich ShapiyevFuqoroligi / Sporterkin kurashKlubiKayakent sport maktabi
Dinamo (Maxachkala)
Dinamo (Toshkent)Tugʻilgan sanasi1997-yil 20-aprel (25 let)Tugʻilgan joyiIzberbash, Dogʻiston, RossiyaSportdagi faoliyati2010—h.v.MurabbiylariMagomed MagomedovRasul GadisovOgʻirligi84–86 kg Jabrail (Javrail) Nurmagomedovich Shapiyev (1997-yil 20-aprel, Izberbash, Dogʻiston, Rossiya) – rossiyalik, keyin esa oʻzbek erkin kurashchisi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Tokiodagi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Sportdagi faoliyati Dastlab Kayakent sport maktabida Magomed Magomedov rahbarligida shugʻullangan, garchi u Izberbashda yashagan boʻlsa-da, keyinchalik Maxachkalaga koʻchib oʻtgan, Oliy sport mahorati maktabida Rasul Gadisov bilan birga shugʻullangan. 2014-yil mart oyida Vladikavkazda yoshlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida gʻolib chiqqan. 2014-yilning may oyida Bolgariyada oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan. 2019-yil oktabr oyida Grozniyda oʻtkazilgan Axmat Qodirov kubogining kumush medali sovrindori boʻlgan. 2021-yil aprel oyida Olma-Otadagi Osiyo saralash turnirida Tokio Olimpiadasi litsenziyasini qoʻlga kiritganBorsi Uzbekistana zavoevali pyat litsenziy na Olimpiadu. 2021-yil iyun oyida Kaspiyskda Ali Aliyev xotirasiga bagʻishlangan turnirda gʻolib chiqqan. 2021-yil 5-avgust kuni 2020-yilgi Olimpiya oʻyinlarida bronza medali uchun kurashda rossiyalik Artur Naifonovga yutqazib, natijada 5-oʻrinni egallaganRossiyanin Nayfonov vzyal bronzu Olimpiadi v volnoy borbe. 2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari Jabrail Shapiyev 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining Gruziya vakili Vladimeri Gamkrelidzeni 5:1 hisobida magʻlubiyatga uchratgan. Chorak finalda bolgariyalik Magomed Ramazanovga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergan. Ramazanov finalgacha yetib borgani sababli Shapiyevda bronza medal uchun oʻtish bahslarida qatnashish imkoni tugʻildi. Kanadalik raqibi Alex More ustidan 6:1 hisobida gʻalabaga erishdi. Bronza uchun bahsda AQSh vakili Aaron Brooksga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Olimpiada bahslarini beshinchi oʻrinda yakunladi.
Shaxsiy hayoti Akasi: Isa Shapiyev ham erkin kurashchi, Rossiya terma jamoasida oʻynagan, hozir Oʻzbekiston sharafini himoya qiladiBratya Shapievi udachno startovali v novom sezone.
Sportdagi natijalari
Rossiya uchun
2014-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati – ; 2015-yilgi Ali Aliyev xotirasiga bagʻishlangan turnir – 5-oʻrin;
Oʻzbekiston uchun
2017-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati – ; 2017-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionati – 15-oʻrin; 2018-yilgi kurash boʻyicha Osiyo chempionati – 5-oʻrin; 2018-yilgi Ali Aliyev xotirasiga bagʻishlangan turnir – ; 2018-yilgi Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati – 13-oʻrin; 2019-yilgi Ali Aliyev xotirasiga bagʻishlangan turnir – ; 2019-yilgi Aleksandr Medved sovrinlari uchun turnir – ; 2019-yilgi Kurash boʻyicha jahon chempionati – 12-oʻrin; 2019-yilgi Qitʼalararo kubok – ; 2021-yilgi Kiyev xalqaro turniri – ; 2021-yilgi Ali Aliyev xotirasiga bagʻishlangan turnir – ; 2020-yilgi Olimpiya oʻyinlari – 5-oʻrin;
Manbalar
Havolalar
Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi kurashchilari Turkum:Oʻzbekiston kurashchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:20-aprelda tugʻilganlar