Shayx Umar Xon (1975-yil 6-mart – 29-iyul 2014-yil) 2014-yilda mamlakatda Ebola epidemiyasini bostirishga uringan Syerra-Leonelik bosh shifokorlardan biri hisoblanadi.
Virusologning oʻzi virusga duchor boʻlgunga qadar yuzdan ortiq bemorlarni davolash bilan shugʻullangan. U Syerra-Leone Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan „milliy qahramon“ sifatida tan olingan. Xon uzoq vaqt davomida Afrikada yiliga 5000 dan ortiq odamni oʻldiradigan Lassa isitmasi kasalligi bilan ogʻrigan aholini davolash bilan shugʻullangan. U Ebola bilan kasallangan bemorlarni qabul qilish uchun shifoxonani kengaytirgan. Syerra-Leone prezidenti Ernest Bai Koroma Shayx Umar Xonni „milliy qahramon“ mukofoti bilan taqdirlagan. Umar Xonning palatasidan chiqayotgan, Ebola virusidan davolangan bemorlarni quchoqlab, ularning kayfiyatini koʻtarish odati bor edi.
Xon 2010-yilda rezidentlik qilish uchun Ganaga kelganida Korle-Bu oʻquv kasalxonasida faoliyat olib borgan. Unga Gana shifokorlar va jarrohlar kollejiga ichki kasalliklar boʻyicha 3 yillik rezidenturaga oʻqishga kirish taklifi berilgan. Trening doirasida u Korle-Bu oʻquv kasalxonasining tibbiyot boʻlimiga aʼzo qilib tayinlangan.
Vafoti Xon bemorlarni davolashda shaxsiy himoya vositalarini kiyishga juda ahamiyat bergan. Virus havo orqali yuqishi mumkin emasligiga ishonib, u Ebola virusi bilan kasallangan bemorlar bilan qoʻrqmasdan ishlagan. Tavsiya etilgan protokollarga rioya qilishiga qaramay, Xon virus bilan kasallangan va 2014-yil 29-iyulda Médecins Sans Frontières tashkiloti tomonidan boshqariladigan muassasada vafot etgan. Unga ZMapp eksperimental preparatining maʼlum dozasi ichish taklif qilinmagan, ammo oʻsha vaqtda mazkur dori vositasi mavjud boʻlgan. Syerra Leone prezidenti Ernest Bai Koroma Shayx vafotidan bir hafta oldin, davolash markaziga tashrifi kutilayotgan edi.
Mukofot va unvonlari
2014-yilning 18-dekabrida Xon Maryam Mirzaxoniy, Radhika Nagpal va boshqalar bilan birga 2014-yildagi tabiatning 10 nafar „muhim insoni“ qatoriga kirdi. 2019-yilda amerikalik astronom Henry E. Holt tomonidan 1990-yilda Palomar rasadxonasida kashf etilgan 6781 Shayxumarxon asteroidi uning sharafiga nomlangan. Rasmiy nomlash qoidasi 2019-yil 27-avgustda Kichik sayyoralar markazi tomonidan nashr etilgan () va 2021-yil 25-martda qayta koʻrib chiqilgan ().
Manbalar
Havolalar
Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:2014-yilda vafot etganlar Turkum:Shifokorlar