Gonkong maxsus maʼmuriy rayoni pasporti (yoki Gonkong MMX pasporti, ) — Xitoy fuqaroligiga ega boʻlgan Gonkong aholisiga beriladigan pasport. Gonkongda ikkita rasmiy til — ingliz va xitoy tillari mavjudligi sababli, pasport ikki tilli (ingliz va xitoy tili (anʼanaviy iyerogliflar bilan).

Gonkong maxsus maʼmuriy hududi pasporti materik Xitoy aholisiga beriladigan Xitoy Xalq Respublikasi pasportidan farq qiladi.

Pasport nomi Ingliz tilida bu pasport rasman Hong Kong Special Administrative Region Peopleʼs Republic of China passport, xitoy tilida deb ataladi.

Shu bilan bir qatorda, qisqacha, oddiygina Hong Kong Special Administrative Region passport, deb ham ataladi

Viza talablari link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f7/Visa_requirements_for_HKSAR_citizens.png/300px-Visa_requirements_for_HKSAR_citizens.png|left|thumb|300x300px|Gonkong pasporti egalari uchun viza talablari Gonkong pasporti egalari Aomin pasporti egalariga qaraganda koʻproq va oddiy Xitoy pasporti egalariga qaraganda koʻproq mamlakatlarga vizasiz kirishlari mumkin.

Xitoy boʻylab sayohat link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/81/Home_Return_Permit_New.jpg/220px-Home_Return_Permit_New.jpg|thumb| Gonkong va Aomin aholisi uchun Xitoyning materik qismi sayohatiga ruxsatnoma kartasi namunasi. Gonkonglik kelganida 7 kunlik (pasportda) yoki yillik (doimiy rezidentlik kartasida) vizani berish orqali Aominga erkin kirishi mumkin. Materik Xitoyga kirish uchun Gonkongga Gonkong va Aomin aholisi uchun Xitoy materikiga maxsus sayohat ruxsatnomasi kerak.

Tarixi 1997 yilda Gonkong XXRga topshirilgunga qadar Britaniya fuqaroligi maqomiga koʻra Gonkong aholisi: Britaniyaning xorijdagi hududlari fuqarosi va Britaniya fuqarosi (chet elda) Britaniyaning sayohat hujjatlariga ega boʻlgan.

1997-yildan keyin Xitoyning barcha doimiy aholisi Gonkong maxsus maʼmuriy hududi pasportini va XXR fuqaroligini oldi. Oʻzining sobiq Britaniya fuqarosi (chet elda) maqomini saqlab qolgan rezidentlar hali ham Britaniya fuqarosi pasportidan farq qiluvchi maxsus hujjatga ega.

Manbalar

Turkum:Gon Kong