Shahzoda, haqiqiy ismi sharifi Zilola Bahodirovna Musayeva (1979-yil28-iyulda tugʻilgan) – oʻzbek xonandasi va aktrisasi.

Biografiyasi 1979-yilning 28-iyul kuni tavallud topgan. 1980-yildan to 1987-yilgacha otasining Moskvada oʻz ish faoliyatini yuritganligi sababli butun oila aʼzolari bilan u yerda turishgan. 1987-yil Toshkent shahriga qaytib keldi. 5 – sinfgacha u 80 – oʻrta maktabda tahsil oldi keyin esa 307 – gimnaziya maktabiga oʻtkazildi. Aynan shu yerda u Natella (Aziza Halilova) bilan tanishib olgan. Shu yildan boshlab ularing doʻstligi boshlangan. 1997-yilda u aʼlo baholar bilan maktabni bitirdi. 1999-yili Kiyev Davlat Universitetiga kirdi, lekin musiqa sanʼati ustun olib u oʻqishni tashlab yubordi. Shu yili taniqli aranjirovkachi hamda bastakor Vagif Zokirov Zilola bilan Natellaga „Jonim“ guruhini tashkil qilish taklifini berdi. Birinchi ikki oy davomida „Oʻtib ketadi“ deb nomlangan albomi yozib bitirildi. Soʻngra yangi hitga aylangan „Qarama koʻzlarimga“ deb nomlangan qoʻshigʻiga BVS studiyasi tomonidan klip suratga tushirildi. 2000-yilda „Jonim“ guruhi oʻz faoliyatini tugatdi. 2001-yildan boshlab „Tarona Records“ kompaniyasi Zilola Musayevaga oʻz ish faoliyatini Shahzoda taxallusi ostida davom etirish taklif qildi. Shu kungacha Shahzoda „Tarona Records“ kompaniyasi bilan ishlab kelmoqda. Rayhon bilan ijodda va hayotda haqiqiy doʻst.

2023-yildan eʼtiboran Oʻzbekistonda faoliyatini boshlagan yetakchi onlayn-marketpleys „Uzum Market“ning brend-ambassadori sifatida tanildi.

Oilasi Onasi, Mirixta Musayeva – filolog (rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi). Otasi, Bahodir Musayev – falsafa fanlari doktori. Akasi, Erkin Musayev – tadbirkor. Turmush oʻrtogʻi, Ravshanbek Jumanazarovich Yoʻldoshev – Tarona Records studiyasi asoschisi va rahbari. Oʻgʻillari – Xolid va Solih Yoʻldoshevlar.

Eng mashhur qo‘shiqlari Quyida Shahzodaning MuzFM.org saytida eng ommalashgan 10 ta qo‘shig‘i keltirilgan:

Ket Balki Tilayman Keragimsan Hayati Bir dona Alla Seni osmonimga olib ketaman Qaynona Mayli

Filmografiyasi Filmlari

+ Film Yil Film Rol Izoh2000 Tohir va Zuhra yangi talqin Zuhra Musiqiy film2004 Sevinch Nargiza Xavfli burilish Shahzoda Kameo Sarvinoz Sarvinoz2005 Fotima va Zuhra Zuhra2006Voy dod sumalakZilolaMusiqiy film2007 Zumrad va Qimmat Zumrad2010 Majruh Sevara2011 Nafs Shahzoda Kameo2012 O Maryam, Maryam Maryam2016 Sharofatxonning kelinlari yoxud Navroʻz muborak Shahzoda Musiqiy film

Diskografiyasi Yil Albom2002Bor ekan2003Baxt boʻladi2004Keragimsan2005Baxtliman2006Faqat sen2007Assalomu alaykum2009Sevgi bor2009Unutmadim2009Mejdu nebom i zemley2010Tilayman2011Qora koʻzlaring2013Bu muhabbat2014Sen menga kerak2015Rahmat hayot2016Xasta2017Yomgʻir2019Sogʻinib

Kliplari Yil Qoʻshiq Rejissyor2000 „Oʻtib ketadi“ (Aziza Jonim bilan)2002 „Yurak sezar“ „Baxt boʻladi (Bor ekan)“2003 „Umr gʻanimat“2004 „Keragimsan“Timur Qodirov2005 „Baxtliman“ Yodgor Nosirov „Qayt“ (Shohruh bilan) „Hayot ayt“2006 „Birinchi sevgi“ (Shahriyor bilan) Yodgor Nosirov „Faqat sen“ Yodgor Nosirov „Kechalar“ Jasur Shametov „Yoʻq-yoʻq“ Jasur Shametov2007 „Arman“ „Assalomu alaykum“ Yodgor Nosirov „Ayirma“ Jasur Shametov „Orzular“ Jasur Shametov „Paxtakor“ Yodgor Nosirov „Ogni Almati“ Jasur Shametov „Erkala“Nahrom Berdiyev 2008 „Tisyacha i odna noch“ Bahodir Yuldashev „Quchgin“Jasur Shametov „Unutmadim“Jasur Shametov2009 „Toʻrt qadam“ Abduvohid Gʻaniyev „Ol yuragimni“ Jasur Shametov „Mejdu nebom i zemley“ (DJ Smash bilan) Pavel Khudyakov2010 „Layli va Majnun“ Jasur Shametov „Nagʻzme binam“ Jasur Shametov „Tilayman“ „Lyublyu tebya“ Pavel Khudyakov2011 „Qora koʻzlaring“ Yodgor Nosirov „Yoqasan“ Jasur Shametov „Vse tolko nachinaetsya“2012 „Bahor“ Jasur Shametov „Flying Tonight“ (Sean Bay bilan) Mustafa Mahdi „Ishon“ Akbar Turdiyev „Ayt“Calin Moraru „Habibi“Yodgor Nosirov „Toʻkilib“Yodgor Nosirov „Qoʻllar tepaga“Yodgor Nosirov „Tirikmanmi?“Yodgor Nosirov2013 „Bu muhabbat“ Aleksandr Syutkin „Chicco“ Sanjar Matkarimov „Hands in the Air“ Yodgor Nosirov „Shoshma“ (Shohruhxon bilan) Sarvar Isayev „Davay do svidaniya“ „Kak bez tebya“ „Medlenno“ Aleksandr Syutkin „Moy zolotoy“ (Costi Ioniță bilan) Aleksandr Syutkin2014 „Qaynona“ Yodgor Nosirov „Sen menga kerak“ „Yor-Yorlar“ Yodgor Nosirov „Yurak“ Javlon Turdixoʻjayev „Malo li“ „Shunchaki“ „Benom Media“ jamoasi „Habibi (Ulibnis i vse OK)“ (Faydee va Dr. Costi bilan)2015 „Super Lady (Bari Gal)“ (Jasur Gaipov bilan) Yodgor Nosirov „Ayrilamiz“ „Benom Media“ jamoasi „Chiccita (Chicco 2)“ Javlon Turdixoʻjayev, Sarvar Isayev, Izzatulla Lutfullayev „Mon cheri“ Timur Primqulov „Rashk“ (Ulugʻbek Rahmatullayev bilan) Yodgor Nosirov „Maqtanchoq“ (Bojalar bilan) „Déjà vu“ Yodgor Nosirov „Moe chudo“ „Hırka“ (Sinan Akçıl bilan) Timur Primqulov2016 „Sirdoshim“ „Ket“ (Shohruh bilan)ket „Oʻzbegim“ „Benom Media“ jamoasi „Linda“ (TWO bilan) „Xasta“ Benom Media „Pari“ „Allo“ (Shohruhxon bilan) Yodgor Nosirov"Ming shukur"2017 „Kuyov va kelinchak“ „Billionaire“ (Dr. Costi bilan) „Yomgʻir“ „Chinara“ (Farrux Zokirov bilan) Jamshid Hojiniyozov2018 „Aldagan sen“ „Jajji qizaloq“ „Men oʻsha“ „Hijo de ladrones“ (Avi Benedi bilan) „Sogʻinib“ „Yana yomgʻir“2020 „Balki“ „Mayli“ „Alla“

Sovrinlari „Tarona Taqdimoti – 2003“ marosimining – „Yilning eng yaxshi sahna qiyofasi“ hamda „Yilning eng yaxshi ayol qoʻshiqchisi“ nominatsiyalari sovrindori, 2003 „Tarona Taqdimoti – 2004“ marosimining – „Yilning eng yaxshi albomi“ nominatsiyasi sovrindori, 2004 „Tarona Taqdimoti – 2005“ marosimining – „Yil qoʻshigʻi“ nominatsiyasi sovrindori, Keragimsan qoʻshigʻi uchun, 2005 Shuhrat medali, 2006 „Tarona Taqdimoti – 2006“ marosimining „Yil qoʻshigʻi“ nominatsiyasi sovrindori, Kechalari yoqimli qoʻshigʻi uchun, 2006 „Big Apple Music Awards“ mukofoti (New York shahrida), „Markaziy Osiyo va Kavkazning eng yaxshi artisti“ sifatida, 2010 WORLD FASHION AWARDS 2010 mukofoti (Moskva shahrida), (Dj Smash bilan) „Yilning eng yaxshi videoklipi“ nominatsiyasi sovrindori, 2010 „Tarona Taqdimoti – 2014“ marosimining „Yil qoʻshigʻi“ nominatsiyasi sovrindori, Shunchaki qoʻshigʻi uchun, 2014

Manbalar

Havolalar

Shahzoda. Rasmiy sayt Shahzodani biografiyasi

Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Artistlar Turkum:Qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar