Marvin Duksch (1994-yil 7-martda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bremenning „Verder“ klubi hujumchisi.

Klublardagi faoliyati

Yoshlikdagi faoliyati Ducksch toʻrt yoshida futbol oʻynashni boshlagan va 1998-yilda BSV Fortuna Dortmund 58 akademiyasiga oʻqishga kirgan. U yerda dastlab oʻsha paytda klub murabbiyi boʻlgan otasi Klaus Ducksch tomonidan tarbiyalangan. 2002-2003-yilgi mavsumda Ducksch sakkiz yoshida Dortmundning „Borussia“ akademiyasiga qabul qilingan.

Borussia Dortmund Ducksch Borussia akademiyasining isteʼdodli futbolchilaridan biri edi. 2011-2012-yilgi mavsumning birinchi yarmida Borussia akademiyasining U-19 jamoasi tarkibida jami 26 oʻyin oʻtkazib, 16 ta gol urgan.

2011-2012-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida Ducksch Dortmundning ikkinchi darajali jamoasiga koʻtarildi va 2012-yil 28-yanvarda Bayer Leverkusenga qarshi uchrashuvda ilk bor maydonga tushdi. Mintaqaviy ligada „Borussiya Dortmund II“ bilan bir nechta oʻyin oʻtkazgandan soʻng, Ducksch ketma-ket beshta „Fortuna Kyoln“, „SV Elversberg“, Kyoln II, Ayntraxt Frankfurt II va „Maynts 05 II“ga qarshi oʻyinlarda maydonga tushib jami 7 ta gol uradi. „Borussia Dortmund II“ ushbu uchrashuvlardan soʻng 3-oʻringa koʻtarilib oldi.

2012-2013-yilgi mavsumda Ducksch professional futboldagi debyutini 2012-yilning 3-avgustida „Alemannia Aachen“ga qarshi oʻyinda o‘tkazdi. 2013-yil 18-may kuni Ducksch „Borussiya Dortmund II“ning VfB Stutgartning ikkinchi jamoasiga qarshi safardagi oʻyinida gol uradi.

2013-2014-yilgi mavsumda Ducksch Borussia Dortmundning asosiy jamoasiga kiritiladi va 2013-yil 3-avgustda 2013-2014 DFB-Pokal birinchi davrasidagi SV Wilhelmshaven qarshi uchrashuvda oʻzining birinchi golini kiritadi.

2014-yil iyun oyida u 2014-2015-yilgi mavsum uchun SC Paderbornga ijaraga beriladi.

St. Pauli 2016-yil 15-iyunda Ducksch Bundesliga jamoasi „Sankt Pauli“ga 3 yillik shartnoma asosida oʻtadi.

Holstein Kiel ijarasi 2017-yilning yanvarida Ducksch mavsumning ikkinchi yarmi uchun ijara asosida Holstein Kiel jamoasiga oʻtadi. 17 ta oʻyinda beshta gol uradi va toʻrtta golli uzatmani amalga oshiradi. Iyun oyida uning ijarasi uzaytirilib, 2017-2018-yilgi mavsumda ham shu jamoada qoladigan boʻladi. U 2017-2018-yilgi mavsumni 33 ta o‘yinda 18 ta gol va 12 ta golli uzatma bilan yakunlaydi.

Fortuna Düsseldorf 2018-yil iyun oyida Ducksch Bundesligaga yangi koʻtarilgan Fortuna Düsseldorf jamoasiga toʻrt yillik shartnoma asosida qoʻshiladi.

Hannover 96 Düsseldorf jamoasi tarkibida bor-yoʻgʻi bir yil oʻynagach, bu jamoani tark etib, 2019-yil 28-iyunda Hannover 96ga uch yillik shartnoma asosida qoʻshilganligi tasdiqlandiDucksch unterschreibt bis 2022, bild.de, 28 June 2019.

Verder Bremen 2021-yilning 25-avgustida Ducksch Bremenning „Verder“ jamoasiga uch yillik shartnoma asosida qoʻshiladi. Toʻrt kundan soʻng u debyut oʻyinida dubl qayd etadi.

Xalqaro faoliyati Ducksch 2009 va 2010-yillarda Germaniya U-15 va Germaniya U-16 futbol terma jamoalarida o‘ynagan. U 2010-yilning 4-sentyabrida Stadhagenda Ozarbayjon U-17 futbol terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Germaniya U-17 terma jamoasi safida debyut qilgan. 2011-yilda Ducksch Germaniya U-17 terma jamoasi safida 2011-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida ishtirok etadi. Ushbu chempionatda Germaniya uchinchi oʻrinni egallaydi. Ducksch 2011-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatining guruh bosqichida Ekvador U-17 milliy futbol jamoasiga qarshi o‘yinda gol urgan va 2011-yilgi FIFA U-17 musobaqasining ikkinchi bosqichida ham yana bir bor gol urishga muyassar boʻlgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaMilliy kubokBoshqaUEFAJamiDivizionAppsGoalsAppsGoalsAppsGoalsAppsGoalsAppsGoalsBorussia Dortmund II2011-12Regionalliga West187———1872012-133. Liga122———1222013-142612———26122015-16Regionalliga West2815———2815Jami84360000008436Borussia Dortmund2013-14Bundesliga6021000081SC Paderborn2014-15Bundesliga9100——91FC St. Pauli2016-172. Bundesliga10121——122Holstein Kiel2016-173. Liga165———1652017-182. Bundesliga33182120—3719Jami49232120005324Fortuna Düsseldorf2018-19Bundesliga16133——194Hannover 962019-202. Bundesliga281510——29152020-212. Bundesliga341620——36162021-222. Bundesliga4112——53Jami66324200007034Werder Bremen2021-222. Bundesliga292000——2920Faoliyatida jami2691141382000284122

Yutuqlari Germaniya U17

17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi futbol boʻyicha UEFA Yevropa chempionati ikkinchi oʻrini sovrindori: 2011-yil FIFA U-17 Jahon chempionati uchinchi oʻrin sovrindori: 2011

Individual

Bundesliganing eng yaxshi toʻpurari: 2017-2018

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar