Shahed 129 () — „Shahed Aviation Industries“ tomonidan Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IIQK) uchun ishlab chiqilgan Eronning bir dvigatelli oʻrta balandlikda uzoq masofaga uchuvchi uchuvchisiz uchuvchi apparatidir (UUA). Shahed 129 jangovar va razvedka missiyalarini bajarishga qodir va 24 soatlik avtonomlikka ega. Hajmi, shakli va maqsadi boʻyicha Amerikaning „MQ-1 Predator“ UUAga oʻxshash va Eron harbiy qurolli kuchlarida foydalanuvchi eng samarali dronlardan biri hisoblanadi. UUA nomi fors tilidan tarjima qilganda „shohid“, „guvoh“ yoki „kuzatuvchi“ degan maʼnoni bildiradi.

UUA Suriya fuqarolar urushi davridagi havo hujumlari paytida va Eronning sharqiy chegarasida chegarani qoʻriqlashda ishlatilgan. „Saegeh“ UUA „Shahed 129“ bilan birgalikda keyingi oʻn yil davomida Eronning yuqori texnologiyali UUA flotining asosini tashkil qilishi kutilmoqda.

Dizayni 2005-yilda Eron samolyotsozlik sanoati kompaniyasi (HESA) „HESA-100“ UUAni loyihalashni boshlaydi. „HESA-100“ asosan „Shahed 129“ bilan bir xil dizaynga ega edi, ammo undan qisqaroq va kvadrat fyuzelyajga ega edi. „HESA-100“ keyinchalik „Shahed 123“ deb qayta nomlandi va keyinchalik „Shahed 129“ ga aylantirildi. Bir qator manbalarda qayd etilishicha, „Shahed 129“ Eronda halokatga uchragan Isroilning „Hermes 450“ UUAdan koʻchirilgan.

Buyurtmalar IIQK uchun 2024-yilgacha 40 ta Shahed 129 UUA sotib olish rejalashtirilgan. Dronning „Semurg'“ (Simurgʻ) deb nomlangan harbiy-dengiz versiyasini yetkazib berish ishlari ham boshlangan.

Rossiyaga Washington Post gazetasining AQSh razvedka maʼlumotlariga tayanib yozishicha, Eron Ukrainaga qarshi urushda foydalanish uchun Rossiyaga uchuvchisiz uchish apparatlarining birinchi partiyasini yuborgan. Shahed va dronlari 2022-yil 19-avgustda yuborilganWashington Post: Iran peredal Rossii bespilotniki dlya voyni v Ukraine, BBC, 30.08.2022.

Xususiyatlari

Umumiy

Ekipaj: yoʻq Yuk koʻtaraolishi: 400 kg foydali yuk Uzunligi: 8 m Qanotlari kengligi: 16 m Balandligi: 3,1 m Quvvati: 1 × Rotax 914 75 kVt (100 ot kuchi) toʻrt silindrli toʻrt taktli samolyot dvigateli) Parvonalar: 3 parrakli

Ishlash

Kreyser tezligi: 150 km/soat Jangovor uchish masofasi: 1700 km Toʻliq uchish masofa: 3400 km Parvoz avtonomligi: 24 soat Maksimal uchush balandligi: 7300 m

Qurollari Bombalar: 4 × Sadid-345 PGM

Avionika

Oghab-6 elektro-optik/infraqizil sensori Lazerli masofa oʻlchagich

Operatorlar Bayraktar TB2 Selchuk Bayraktar Bayraktar Mini UUA Akınji Bayraktar TAI Aksungur Kargu Orion (UUA) „Korsar“ (UUA)

Manbalar

Turkum:Dronlar