BWF Superseriyasi finali (2009-yilgacha BWF Superseriyasi Master finali deb nomlangan) yil oxirida oʻtkaziladigan badminton boʻyicha yillik turnir boʻlib, unda oʻsha kalendar yilida BWF Superseriyasining oʻn ikkita musobaqasida eng koʻp ball toʻplagan oʻyinchilar umumiy sovrin uchun kurashadilar. Sovrin kamida umumiy 1 000 000 AQSh dollari miqdoridagi pul jam’gʻarmasiga ega. BWF Superseriyasi finali 2018-yilda BWF World Tour finali bilan almashtirildi.

Tarixi Superseriya finali 2007-yilda ushbu turnir uchun homiylik yoʻqligi sababli bekor qilingan. 2008-yilgi turnir — oʻsha paytda BWF Superseriyasi Master finali 2008 nomi bilan tanilgan — birinchi marta oʻtkazilgan BFW Superseriyasi finali turniri hisoblanadi va u Kota Kinabalu, Sabah, Malayziyada 2008-yil 18-dekabrdan 21-dekabrgacha boʻlib oʻtgan.

Badminton Butunjahon Federatsiyasi tomonidan eʼlon qilingan yakuniy Superseriya turniridan soʻng Superseriya reytingida faqat eng yaxshi sakkiz oʻyinchi yoki juftlik ishtirok etish huquqiga ega edi; biroq har bir aʼzo assotsiatsiya faqatgina ikkita ariza berish bilan cheklangan. Turnirda sakkiz nafar o‘yinchi yoki juftlik to‘rt kishilik ikki guruhga bo‘linib, eng yaxshi ikki o‘yinchi yoki juftlik yarim finalga yo‘l oladi.

2010-yilgi final bosqichi uchun tanlov 2011-yil yanvar oyida boʻlib oʻtdi. 2014-yilda umumiy mukofot puli ikki baravar ko‘payib, 1 million AQSh dollariga yetdi (oldinroq 500 ming AQSh dollari edi). Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari Badminton Butunjahon Federatsiyasi hamkorligi natijasida 2017-yilgacha Superseriya finali oʻtkaziladigan joy boʻldi.

Gʻoliblar roʻyxati YilMezbon shaharErkaklar yakkaliklariAyollar yakkaliklariErkaklar juftliklariAyollar juftliklariAralash juftliklarManba(lar)2007Bekor qilingan2008Kota Kinabalu Lee Chong Wei Zhou Mi Koo Kien Keat Tan Boon Heong Chin Eei Hui Wong Pei Tty Thomas Laybourn Kamilla Rytter Juhl2009Johor Bahru Wong Mew Choo Jung Jae-sung Lee Yong-dae Joachim Fischer Nielsen Christinna Pedersen2010Nyu Taypey Wang Shixian Mathias Boe Carsten Mogensen Wang Xiaoli Yu Yang Zhang Nan Zhao Yunlei2011Liuzhou Lin Dan Wang Yihan2012Shenjen Chen Long Li Xuerui Joachim Fischer Nielsen Christinna Pedersen2013Kuala Lumpur Lee Chong Wei Mohammad Ahsan Hendra Setiawan Christinna Pedersen Kamilla Rytter Juhl2014Dubay Chen Long Tai Tzu-ying Lee Yong-dae Yoo Yeon-seong Misaki Matsutomo Ayaka Takahashi Zhang Nan Zhao Yunlei2015 Kento Momota Nozomi Okuhara Mohammad Ahsan Hendra Setiawan Luo Ying Luo Yu Chris Adcock Gabby Adcock2016 Viktor Axelsen Tai Tzu-ying Goh V Shem Tan Wee Kiong Chen Qingchen Jia Yifan Zheng Siwei Chen Qingchen2017 Akane Yamaguchi Marcus Fernaldi Gideon Kevin Sanjaya Sukamuljo Shiho Tanaka Koharu Yonemoto

Millatlar boʻyicha ishtiroklar Top millatlar Oʻrin Mamlakat EY AyY EJ AyJ AJ Jami 1 Xitoy 3 4 0 5 5 17 2 Daniya 2 0 3 1 4 10 3 Malayziya 4 1 2 2 0 9 4 1 2 0 2 0 5 5 0 0 3 0 0 3 6 0 0 2 0 0 2 0 2 0 0 0 2 7 0 1 0 0 0 1 0 0 0 0 1 1 Jami 10 10 10 10 10 50

Yana qarang Badminton bo‘yicha jahon Grand Prisi finali

BWF World Tour finali

Manbalar

Turkum:Badminton boʻyicha musobaqalar