Samarqand- Samarqand viloyati Oʻzbekiston Respublikasidagi qadimiy shahar. Amir Temur ordeni sohibi. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938-yildan). 1925-1930-yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, Zarafshon vodiysining markaziy qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. Oʻrtacha 695 m balandlikda. Toshkentdan 300 km. Samarqanddan Toshkent—Dushanbe, Toshkent—Turkmanboshi, Toshkent—Uchquduq—Qoʻngʻirot temir yoʻllari, Katta Oʻzbek trakti (Toshkent—Termiz yoʻli) oʻtadi. Shahar aholisi va xoʻjaliklari Shovdor, Bogʻishamol ariqlaridan suv oladi. Iyulning oʻrtacha harorati 25,9°, eng baland harorat 40—42°, yanvar oʻrtacha harorati 0,2°, eng past harorat —26°. Maydoni −120 km²boʻlib, aholisi 585 ming kishidan iborat (2024). 2022-yilning 15-16-sentyabr kunlari ShHTga aʼzo davlat rahbarlarining 22-yigʻilishi " Samarqand sammiti " boʻlib oʻtgan.
Tarixi Nomlanish tarixi Tarixiy yozma manbalarda Samarqand yoshi qadimiyligi haqida maʼlumotlar bor. Muhammad an-Nasafiy "al-Qand fiy zikri ulamoi , Haydar as-Samarqandiy (XII asr) „Qandiyai Xurd“, Abu Tohirxoja Samarqandiy „Samariya“, Xitoy tarixchisi Chjan Syan, yunon va rimlik tarixchilar Arrian, Kursiy Ruf va boshqa koʻplab mualliflarning asarlarida bu haqda yozib oʻtilgan. Samarqand va Rim insoniyat taqdiridagi buyuk xizmatlarini nazarda tutib „Boqiy shaharlar“ nomini olganlar. Xalq iborasi „Samarqand sayqali roʻyi zamin ast“ — Samarqand yer yuzining sayqali (jilosi) deb behuda aytilmagan. Amir Temur Samarqandni mehr bilan qadrladi, obod qildi, dunyoning sayqaliga aylantirdi. thumb|Mosque Hazrat-Hyzr Mechet Xazret-Xizr
Hazrati Xizr masjidi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (XIX asr oʻrtalari); afsonaviy oʻlmas taqvodor inson Hazrati Xizr nomi bilan bogʻliq. Bino Shohizinda majmuasi qarshisidagi tepalikda joylashgan qadimiy masjid poydevori ustiga qurilgan (mehrobdagi yozuvga koʻra 1855-yil). Yodgorlik Shohizinda va Toshkent koʻchalari chorrahasida joylashgan.
„Samarqand“ soʻzining kelib chiqishi haqida bir qancha taxmin mavjud. Sharq mualliflari „Samarqand“ soʻzining 1-qismi, yaʼni „Samar“ soʻzi shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha sunʼiy taʼriflarni taklif etdilar, ammo tarixda bunday ismli kishi haqida maʼlumotlar aniqlanmagan. Soʻzning 2-qismi „kent“ (kand) — qishloq, shahar degan maʼnoni bildiradi. Baʼzi yevropalik olimlar, bu nom qadimdan qolgan, sanskritcha „Samarya“ra yaqin, yaʼni „yigʻilish, yigʻin“ soʻzidan kelib chiqqan deb izohlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokanda deb atalgan. Bu haqiqatga ancha yaqin boʻlib, Marokanda — Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir.
XI asr olimlaridan Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qoshgʻariy shahar nomining kelib chiqishini „Semizkent“, yaʼni „semiz qishloq“ soʻzining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilarAbu Raykhan Biruni, Kanon Masuda. Izbrannyye proizvedeniya. — Tom 5, chastʼ 1. — Tashkent, 1973 god. — s. 471. 1404-yilda Samarqandga tashrif buyurgan Ispaniya elchisi Ruy Gonsales de Klavixo ham bu talqinni qoʻllab quvvatlaydiRui Gonsales de Klavikho, Dnevnik puteshestviya v Samarkand ko dvoru Temura (1403—1406). Perevod so staroispanskogo, predisloviye i kommentarii I. S. Mirokovoy. M., 1990 god.
Bulardan tashqari, turli davrlarda bitilgan tarixiy manba va kitoblarda shahar nomi Samariana , Saramanka, Sakanna, Sanmangan, Samakiyon, Sumron, Shamarkan, Samaroy, Simroyat kabi shakllarda ham qayd etiladi.
Fanda Samarqand toponimining yuzaga kelishi va semantikasi borasida turli xil fikr va mulohazalar keltirilgan. Ayrim xorijiy toponimistlar shahar nomi sanskritga samariya — „yigʻin“ yoki „anjuman“ soʻzidan olingan degan fikrni aytgan. „Tarixi Tabariy“, „Samariya“ va „Gʻiyos ul-lugʻot“ asarlarining mualliflari yozishlaricha, „Samar“- podshoning nomi boʻlib, „kand“ esa turkiy tilda „shahar“ degan maʼnoni anglatgan. Demak, Samarqand — Samar shahri demakdir. Qadimgi davr va Ilk oʻrta asrlar thumb|200px| Iskandar oʻz doʻsti Klitni Samarqandda oʻldirishi Samarqand jahonning eng qadimgi shaharlaridan biri — 2700-yildan ortiq tarixga ega. Samarqand miloddan avval IV asrdan milodiy VI asrgacha Sugʻd davlatining poytaxti boʻlgan. Arxeologik qazishmalardan maʼlum boʻlishicha, yuqori paleolit davrida ham Samarqand hududida odamlar yashagan (qarang Samarqand makoni).
Rim tarixchisi Kvint Kursiy Rufning (miloddan avval I asr oxiri — milodiy I asr) yozishicha, Samarqand qalʼasi devorining aylanasi taxminan 10,5 km boʻlgan. Miloddan avval 329-yil Iskandar Maqduniy (Makedonskiy) askarlari Samarqandni vayron qilgan. Spitamen Samarqandni yunonlardan ozod etishga harakat etgan, ammo xiyonatkor koʻchmanchi qabilalar sardorlari tomonidan oʻldirilgan va boshi Iskandar Maqduniyga sulh sifatida yuborilgan.
Turk xoqonligi va Gʻarbiy turk xoqonligi tarkibida thumb|right| Varhuman saroyi devoriy rasmlarida tasvirlangan turkiy zodagonlar, Samarqand, 650 yil Samarqand VI asrda Turk xokonligi tarkibiga kirgan va mahalliy hokimlar tomonidan boshqarilgan. Bu davrda Samarqand Hindiston, Eron, Misr va Vizantiya davlatlari bilan savdo qilgan. Oʻz davrida „10 Oʻq xoqonligi“ deb yuritilgan Gʻarbiy Turk xoqonligi Istamining oʻgʻli Tardu xoqon (576—603) Sosoniylar Eroniga qarshi janglar olib borib, gʻarbda oʻz hokimiyatini kuchaytirdi. Uning oʻgʻli Sheguy xoqon (610—618) davrida xoqonlik qoʻshinlari jan.gʻarbiy hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. U Eronning shimoliy sharqiy viloyatlariga hujum uyushtirib, sosoniylar ustidan yirik gʻalabaga erishadi. Uning inisi Tun yabgʻu (618—630) xoqonlikning gʻarbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. U hukmronlik qilgan davrda Turk xoqonligining chegarasi gʻarb va janubiy gʻarbda, Janubiy-Sharqiy Yevropa dashtlari, Kavkaz, Volgaboʻyi, Gurgon, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shimoliy Hindiston va Afgʻonistonning aksariyat viloyatlarini oʻz ichiga olardi. Tun yabgʻu gʻarbiy hududlarda hokimiyatni mustahkamlash maqsadida qarorgohini Shosh vohasining shimolidagi Mingbuloq mavzesiga koʻchiradi va boshqaruvda islohotlar oʻtkazib qaram oʻlkalarga turkiy tudun va eltabar unvonli vakillar joʻnatadi.
Arab xalifaligi tarkibida Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qoʻshinlari 712-yilda Samarqandni egallagan. Isyon koʻtargan shahar aholisining bir qismini qirib tashlagan. Attabariy keltirgan maʼlumotga koʻra, samarqandliklar shahriston (ichki shahar)ni arablarga boʻshatib berishga majbur boʻlganlar. Arablar shahristonda masjid va minbar qurganlar. Mahalliy aholidan tortib olingan qimmatbaho buyumlar va oltin, kumush bilan bezatilgan sanamlar (xilat ulasnom) ni eritib 10 ming misqol qimmatbaho metall olingan. Buyuk ipak yoʻli asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi. 776—783-yillarda arablarga qarshi Muqanna boshchiligida isyon koʻtarilgan (qarang Muqanna isyoni).
Somoniylar va Qoraxoniylar davri Arablarga qarshi koʻtarilgan isyonlarni bostirishga faol qatnashgan mahalliy zamindor aholi vakillari IX asr 20 yillaridan Movarounnahr va viloyatlarini boshqarishga tortildi, masalan, Samarqandni boshqarish Somoniylar qoʻliga oʻtdi. Oʻsha vaqtdan Samarqand — Somoniylar davlatining poytaxti boʻldi. 887-yildan birinchi marta somoniylar kumush tangalari Samarqandda zarb qilina boshladi. Somoniylar poytaxti Buxoroga koʻchirilgandan (889) soʻng ham Samarqand Movarounnahrning eng katta hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri boʻlib qoldi. XI asrdan Samarqand Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan. Qoraxoniylar davrida turli oʻlkalarning birlashishi fan va madaniyat rivojiga ham imkon berdi. Bu davrda Samarqand ham maʼmuriy, ham madaniy markaz sifatida ahamiyati oshib, yanada kengayib, rivojlanib borgan. Qoraxoniylar fan va madaniyatning oʻlka hayotidagi muhim oʻrnini anglab unga homiylik qilishgan. Buyuk ipak yoʻli asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi. thumb|left|Qoraxoniylar tomonidan asos solingan Shohi Zinda majmuasi Shu davrda Samarqandda Ibrohim tamgachxon madrasasi va kasalxonasi bunyod etilganGrene F., Karev Yu. V., Isamiddinov M., Arxeologicheskie raboti na gorodiщe Afrasiab//Vestnik MITsAI, vipusk 1, 2005 god, s. 34.
XI asrda Samarqandda Shohi Zinda maqbarasi barpo etildi. Keyinchalik xuddi shu yerga 1066-yili Tamgʻach Boʻgʻraxon madrasasi qurildi va unga tutash bir qator turkum majmua yuzaga keldi. XI-XII asrlarda serhasham bezatilgan boshqa maqbaralar vujudga kela boshladi. Arxeologlar ulardan bir nechtasini XIV asr inshoatlarining gʻarb tamonidagi yoʻlakdan qazib topdilar. Ular bezaklari bilan Temur davri maqbaralaridan farq qilgan. Oʻsha davrda ham, Qusam ibn Abbos maqbarasi „muqqadas“ hisoblanib ziyorat qilingan.
Qoraxoniylar hukmronligi davrida Umar Xayyom Samarqandga Nishopurdan Shamsalmulk saroyiga taklif qilingan. Umar Xayyom Balx va Buxoro madrasalari bilan bir qatorda Samarqand madrasalaridan birida ham tahsil olgan. Samarqandda u algebra boʻyicha asosiy asarni yozgan.
Qoraxoniylar davrida Samarqandda Oʻrta Osiyoning taniqli mutafakkiri, olimi, faylasufi, islom huquqshunosi Burhoniddin Margʻinoniy (1123-1197) yashagan.
Qoraxoniylar davrining Samarqanddagi eng koʻzga koʻringan yodgorligi — XII asrda qoʻrgʻonda qurilgan Ibrohim ibn Husayn (1178-1202) saroyi. Qazish paytida monumental rangtasvirning parchalari topildi. Sharqiy devorda sariq chapon kiygan va kamon ushlagan turkiy jangchi tasvirlangan. Bu yerda otlar, ovchi itlar, qushlar va davrga oʻxshash ayollar ham tasvirlangan.
Amaliy bezak sanʼati — naqshinkorlik, ganchkorlik va kulolchilik yoʻnalishlari rivojlangan. Adabiyot yuksalgan. Yusuf Xos Hojibt\nt „Qutadgʻu bilig“, Mahmud Qoshgʻariynit „Devonu lugʻotit turk“ kabi asarlari shu davrda yaratilgan.
XI asrda Samarqandni Saljuqiylar bosib olgan. XII asrdan Qoraxitoylarga tobe boʻlgan. 1210-yildan Muhammad Xorazmshoh davlati tarkibida. 1212-yil samarqandliklar Xorazmshohga qarshi isyon koʻtargan.
Moʻgʻullar hukmronligi davrida 1220-yil Chingizxon qoʻshinlari Samarqandga bostirib kirib, shaharga oʻt qoʻygan va aholining koʻp qismini qirgan, qolganlari shaharni tark etib omon qolgan. Bir necha yildan soʻng Samarqand qayta tiklana boshlagan. XIII asr 2-yarmida Samarqandga kelgan venetsiyalik sayyoh Marko Polo „Sonmarkon kapa va mashhur shahar“ deb yozgan. Moʻgʻullar hukmronligi davrida Samarqand Chigʻatoy ulusi tarkibida boʻlgan.
== = Amir Temur va Temuriylar davrida == thumb|left| Amir Temur Samarqandda thumb|left|Amir Temur maqbarasi, Samarqand thumb|upright|Amir Temur jome masjidi thumb|upright|Mirzo Ulugʻbek madrasasi, Samarqand.
XIV asr oʻrtalarida Movarounnahrda moʻgullarga qarshi xalq harakatlari boʻlib oʻtdi. Sarbadorlar isyoni natijasida shaharda bir necha oy xalq hokimiyati oʻrnatildi. XIV asr oxiri va XV asrda Samarqand iqtisodiy-siyosiy va madaniy hayoti ancha yuksaldi. Amir Temur saltanati poytaxti sifatida Samarqand jahonga mashhur boʻldi.