Naorem James Singh (talaffuzi: Neoram Jeyms Singx) (1993-yil 1-fevralda tugʻilgan) — hindistonlik professional futbolchi, I-liganing „Bharat“ FC klubida va 2021-yildan boshlab Hindiston milliy kattalar terma jamoasi safida himoyachi sifatida oʻynaydi.
Sportdagi faoliyati
Yoshligi Manipurning Imfal shahrida tugʻilgan Singh futbolchilik faoliyatini Mohun Bagan yoshlar jamoasida boshlagan. Keyin u Pune FC akademiyasiga qoʻshildi va u yerda 2012-yil I-League U20 chempionligini qoʻlga kiritdi. Pune bilan bir necha mavsum davomida oʻynaganidan soʻng, Singh I-liga 2-divizionida Kenkrega qoʻshildi. Kenkre futbol klubi safida u jami boʻlib 10 ta ham oʻyin oʻtkazmagan boʻlishiga qaramay, Naorem James Singh ushbu faoliyati davomida jami boʻlib 13 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Bu har bir oʻyinda oʻrtacha 1.3 ta gol degani. Ayni shu muvaffaqiyatli oʻyinlari sababli Naorem James Singh 2015-yil transferlari boshlanishi afasida Bharat FC klubining eʼtiboriga tushdi.
Bharat FC 2015-yil boshida Naorem James Singh 2014-15-yilgi mavsum uchun toʻgʻridan-toʻgʻri I-liganing yangi jamoasi Bharat FC bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilindi. U klub uchun professional debyutini 2015-yilning 24-yanvarida Dempoga qarshi oʻtkazdi. Singh oʻyinni boshladi va bir taymni oʻynadi va yakunda Bharat FC oʻyinda 0:0 hisobida durang oʻynadi. Naorem James Singh uchun ushbu jamoa katta professional futboldagi birinchi jamoa boʻlishiga qaramay, Bharat FCning muxlislari tomonidan yaxshi kutib olindi. Baʼzi oʻyinlarda hatto butun stadion uning ismini aytib hayqirgan vaqtlar ham boʻldi.
Karyera statistikasi
Klub Mavsum Liga Federatsiya kubogi Durand kubogi OFK Jami Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Bharat FC 2014-15 I-liga 5 0 — — — — — — 5 0 Karyera jami 5 0 0 0 0 0 0 0 5 0
Manbalar
Havolalar
Bharat FC profili .
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Hindistonlik erkak futbolchilar