Sarthak Golui (talaffuzi: Sartak Golu) (1997-yil 3-noyabrda tugʻilgan) — hind professional futbolchisi, Hindiston Superligasining Sharqiy Bengal klubi va Hindiston terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi oʻyin faoliayti

Salgaocar 2014-yilning 13-yanvarida Sarthak Goluining Mumbay Tigers jamoasidan Salgaocar jamoasiga ijaraga olingani eʼlon qilindi. Sarthak Golui Salgaocar uchun debyutini 2014-yilning 18-yanvarida Neru stadionida Mumbayga qarshi Federatsiya kubogiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va uning oʻrnini Freyman Peyxoto egalladi va oʻyinda Salgaocar 1:2 hisobida gʻalaba qozondi.

U 2014-yilning 16-fevralida I-ligadagi debyutini „Tilak Maydan“ stadionida Mohun Baganga qarshi oʻtkazdi, oʻyinda u 46-daqiqada Clifton Dias oʻrniga maydonga tushdi.

Mohun Bagan Gʻarbiy Bengaliyaning Kolkata shahrida tugʻilgan Golui I-Liga jamoasi Mohun Bagan bilan sinov mashgʻulotlarini oʻtashdan oldin AIFF Elit Akademiyasining bir qismi edi. 2016-yil 9-yanvarda Golui Mohun Bagan bilan I-liga mavsumining ochilish oʻyinida Ayzavlga qarshi oʻzining professional debyutini oʻtkazdi. Sarthak Golui Kian Lyuis oʻrniga soʻnggi daqiqada maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvda Mohun Bagan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Kerala Blasters 2019-yil 17-avgustda Kerala Blasters Golui bilan bir yillik shartnoma imzolaganini tasdiqladi. Sarthak Golui Hindiston Superligasining 2019-20-yilgi mavsumida 10 ta oʻyinda maydonga tushdi va klub uchun birinchi golini Haydarobodga qarshi oʻyinda kiritdi.

2020-yil sentabrida Golui Blasters bilan shartnomasini 2022-yilgacha uzaytirgani tasdiqlandi.

Xalqaro maydondagai faoliyati Golui Hindistonni 16 yoshgacha va 19 yoshgacha boʻlgan toifalarda himoya qilgan. Sarthak Golui 2017-yilgi AFC kubogi saralash bosqichida Maldiv orollari klubiga qarshi oʻynadi

Shaxsiy hayoti Goulining otasi Deb Kumar ham sobiq futbolchi edi.

Faoliyat statistikasi

Klub

Klub Mavsum Liga Kubok AFC Jami Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Mohun Bagan 2015–2016 I-liga 2 0 0 0 - 2 0 2016 0 0 0 0 3 0 3 0 Pune City 2017–2018 Hindiston Superligasi 15 1 1 0 - 16 1 2018–2019 12 0 1 0 - 13 0 Mumbay City 2019–2020 13 1 0 0 - 13 1 2020–2021 4 0 0 0 - 4 0 Sharqiy Bengaliya 2020–2021 5 1 0 0 - 5 1 Bangaluru 2021–2022 3 0 0 0 4 0 7 0 Sharqiy Bengaliya 2022–2023 0 0 0 0 - 0 0 Karyera jami 54 3 2 0 7 0 63 3

Yutuqlari Hindiston

SAFF chempionatining ikkinchi sovrindori: 2018-yil

Manbalar

Havolalar

Barcha Hindiston futbol federatsiyasi profili .

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Hindistonlik erkak futbolchilar Turkum:FC Pune City futbolchilari Turkum:Mumbai City FC futbolchilari Turkum:Bengaluru FC futbolchilari Turkum:Mohun Bagan Super Giant futbolchilari Turkum:East Bengal Club futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari