Kaxa Malxazovich Maxaradze ( ; 1987-yil 20-oktyabr, Tbilisi, Gruziya SSR, SSSR) – gruziyalik futbolchi, yarim himoyachi. 2006-yildan 2015-yilgacha Gurjiston terma jamoasida, 2020-yildan Oʻzbekistonning „Lokomotiv“ klubida oʻynagan.
Faoliyati 2004-yilda professional faoliyatini Gruziyaning eng mashhur klublaridan biri – "Dinamo"da boshladi va uch mavsum oʻtkazdi, jami uchta oʻyinda ishtirok etdi. 2007-yilgi mavsumda „Dinamo Batumi“ klubiga oʻtdi, klubda ikki mavsum oʻynadi va oʻn ikkita oʻyinda uchta gol urdi.
2009-yilda Oʻzbekistonga koʻchib oʻtdi va Toshkentning "Lokomotiv" klubi bilan shartnoma imzoladi. „Lokomotiv“da birinchi ligada oʻynagan. Ikki mavsumda oʻn toʻqqizta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan. 2009-yilda „Lokomotiv“ rasmiy saytida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, „yilning eng yaxshi futbolchisi“ deb topildi, 11.01.2010.
2011-yilning fevral oyida Oʻzbekistonning mashhur klublaridan biri – Toshkentning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzoladi. „Paxtakor“ tarkibida yetakchi futbolchiga aylandi, Osiyo Chempionlar ligasi oʻyinlarida ishtirok etdi. 2011-yilda Oʻzbekiston chempionatining bronza medali va Oʻzbekiston kubogi sohibi, 2012-yilda esa Oʻzbekiston chempioni boʻldi.
2013-2015-yillar oraligʻida Maxaradze „Paxtakor“ sardori boʻlgan. Umumiy hisobda Maxaradze „Paxtakor“ safida 120ta oʻyinda maydonga tushib, 26ta gol urgan. 2016-yilning yanvar oyida Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan va bu shartnoma boʻyicha, 2018-yilning oxirigacha toʻp surgan.
2017-yilda „Oʻzbek futbolining eng nufuzli 30 nafar shaxslari“ roʻyxatidan joy olgan30 samix vliyatelnix lyudey uzbekskogo futbola 2017. Chast 1 (30-21 mesta).
Jamoa karyerasi 2004-yil 18-oktyabr kuni terma jamoalar miqyosida xalqaro oʻyinlarda debyut qilgan. Gruziya yoshlar terma jamoasi tarkibida slovakiyalik tengdoshlariga qarshi oʻynadi va jamoaga 4:2 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi. Hozirgacha Gruziya terma jamoasida toʻrtta oʻyin oʻtkazdi. U oxirgi marta 2015-yilning mart oyida Germaniyaga qarshi oʻyinda terma jamoaga chaqirilgandi.
Yutuqlari Jamoaviy yutuqlari „Lokomotiv“ tarkibida: Oʻzbekiston chempioni: 2016, 2017 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2016, 2017
„Paxtakor“ tarkibida: Oʻzbekiston chempioni: 2012, 2014, 2015 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2011 Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2011
Dinamo Tbilisi tarkibida: Gruziya chempioni: 2004/2005 Gruziya Superkubogi sohibi: 2005
Shaxsiy yutuqlari Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi tarkibida: Klub rasmiy sayti boʻyicha yilning eng yaxshi futbolchisi: 2009.
Nizolar 2022-yil 4-sentyabr oqshomida Oʻzbekistondagi bir qator sport nashrlari va futbol klublari elektron pochtasiga Osiyodagi nomdor bukmekerlik kompaniyasi rasmiy vakili nomidan xat joʻnatilgan. Unga koʻra, kompaniya Toshkentning „Lokomotiv“ klubini Superliga bahslarida kelishilgan oʻyinlarda ishtirok etishda ayblagan. Xatda „temiryoʻlchilar“ sardori Kaxi Maxaradzening nomi qayd etilgan„Lokomotiv“ sardori oʻz oʻyiniga pul tikkanmi? Bukmekerlik kompaniyasi barcha dalillarni FIFAga yubormoqchi.
Shaxsiy hayoti Otasi, Malxaz Maxaradze – futbolchi, 1980-yillarning oʻrtalarida Tbilisi „Dinamo“sining mashhur oʻyinchisi. Akasi, Boris Maxaradze – professional futbolchi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Gruziyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:FC Dinamo Tbilisi futbolchilari Turkum:FC Chikhura Sachkhere futbolchilari Turkum:FC Dinamo Batumi futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv Tbilisi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Gruziyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar