Jermain Pol Aleksandr Bekford () 1983-yil 9-dekabrda Londonda tavallud topgan.
Ingliz va yamaykalik futbolchi, oʻyindagi vazifasi hujumchi. Yamayka terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi.
Jamoalardagi faoliyati Bekford faoliyatini "Chelsea" yoshlar jamoasida boshlagan. London klubi shartnomani uzaytirishdan bosh tortganidan soʻng, Bekford „Wealdstone“ havaskorlar klubida oʻynagan. U yerda jamoaning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan futbolchi koʻplab professional jamoalar eʼtiborini oʻziga jalb qilgan. Keyinchalik yosh futbolchi „Leeds United“ bilan shartnoma imzolagan. 2003/04-yilgi mavsumda u Istmian League Shimoliy divizionidagi „Uxbridge“ klubiga ijaraga berilgan Kolichestvo igr i golov za professionalniy klub schitaetsya tolko dlya razlichnix lig natsionalnix chempionatov. .
Elland Rouddagi birinchi mavsumida Bekford bor-yoʻgʻi 5 ta oʻyin oʻtkazgan va bitta ham gol ura olmagan. Keyingi mavsumda Jermeyn dastlab „Carlisle United“ga, soʻngra „Scunthorpe United“ga ijaraga oʻtgan. „Scunthorpe United“ safida futbolchi jamoanichempionlikka chiqishiga yordam bergan. 2007/08-yilgi mavsumda Bekford „Leeds United“da oʻz oʻrniga ega boʻlgan hamda oʻtkazgan oʻyinlarida 20 ta gol kiritgan. Keyingi mavsumda Bekford oʻz rekordini yaxshilashga muvaffaq boʻlgan va „Leeds United“ uchun barcha musobaqalarda 34 ta gol kiritgan.
2009/10-yilgi mavsum Bekfordning „Old Trafford“da „Manchester United“ ga qarshi muhim oʻyinida yagona va gʻalaba goli kiritishi futbolchini yirik klublar eʼtiboriga tushishiga sabab boʻlgan. Umuman olganda, Bekford „Leeds United“ uchun barcha musobaqalarda 31 ta gol kiritgan hamda 2010-yil may oyida erkin agent sifatida „Everton“ jamoasi safiga qoʻshilgan. Futbolchi jamoa bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.
„Everton“ uchun rasmiy oʻyinlardagi debyut Bekford uchun Premer-liganing 2010/11 mavsumining birinchi turida „Blekbern“ jamoasiga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan. Jermeyn 2010-yilning avgust oyida „Haddersfild“ga qarshi Futbol Ligasi kubogida „Toffees“ safida o‘zining birinchi golini kiritgan. Bekford oʻzining birinchi Premer-ligadagi golini noyabr oyida Bolton darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻlgan. 2011-yilning 17-yanvarida u Mersisayd derbisida Enfild Roudda gol kiritgan. Umuman olganda, u „Everton“dagi birinchi mavsumida 10 ta gol urishga erishgan.
2011-yilning 31-avgustida hujumchining „Lester City“ga oʻtishi eʼlon qilingan. Fuutbolchining transfer summasi 3 million funtni tashkil qilgan. Shu bilan bir qatoda, futbolchi „tulkilar“ safida muvaffaqiyatli oʻyin koʻrsatsa, maoshi 4 milliongacha oshishi kelishib olingan. „Lester“dagi debyut mavsumida Bekford 44 oʻyinda 15 ta gol kiritgan Kolichestvo igr i golov za natsionalnuyu sbornuyu v ofitsialnix matchax. .
Yutuqlari
„Scunthorpe United“
Futbol ligasi gʻolibi: 2006/07"Leeds United"
Birinchi futbol ligasining kumush medali sohibi: 2009/10
Statistika 2014-yil 3-may holatida: KlubMavsumLigaKubokYevrokubokBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolLeeds United2005/0650000000502006/0750100000602007/08402040003047202008/09342757003042342009/1042258500215231Jami126721812008115281Carlisle United2006/074100001051Jami4100001051Scunthorpe United2006/07188000000188Jami188000000188Everton2010/1132862000038102011/122000000020Jami3486200004010Leicester City2011/1239956000044152012/134010000050Jami4396600004915Huddersfield Town2012/13218110000229Jami218110000229Bolton Wanderers2013/14337220000359Jami337220000359Umumiy faoliyatida27911333230091321133
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yamaykalik erkak futbolchilar Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari