Mateus Lima Cruz (1993-yil 18-yanvarda tugʻilgan), shuningdek, Mateus nomi bilan ham tanilgan braziliyalik futbolchi, Tailandning „Ratchaburi F. C.“ klubi hujumchisi.

Klublardagi faoliyati Minas – Jeraisning Iturama shahrida tugʻilgan Mateus Lima Grêmio Barueri yoshlar jamoasi aʼzosi edi. „Sport Barueri“da qisqa muddatli ijara muddatidan soʻng, u professional faoliyatidagi debyutini 2012-yil 17-noyabrda Avaiga qarshi 2:0 hisobidagi gʻalabali oʻyin bilan boshlagan.

2013-yilning 4-fevralida Mateus Lima Sport Resifega oʻtdi.

2014-yilning 16-yanvarida Mateus Lima Luverdense bilan shartnoma imzoladi. U oʻzining debyut golini 19-noyabr kuni kiritdi.

2015-yil 20-fevralda Mateus Lima Operario Ferroviario bilan shartnoma tuzdi. U Campeonato Paranaense klubi bilan chempion boʻldi, ammo juda kam oʻyinlarda maydonda paydo tushgan.

2015-yil iyun oyida Albaniya chempioni Skënderbeu Korche Mateus Lima bilan klubni Chempionlar ligasida kuchaytirish uchun shartnoma imzoladi. Braziliyalik hujumchi FK Kukesi klubining ham nishonida edi. 16-iyun kuni oʻzining norasmiy debyut oʻyinida Lima Ruminiya terma jamoasiga qarshi 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda maydonga tushib, 29-daqiqadan soʻng debyut golini urdi. Debyutda gol urganiga qaramay, u UEFA Chempionlar ligasining birinchi saralash bosqichi uchun „Skenderbeu“ klubining roʻyxatiga kiritilmadi, chunki u oʻz oʻyinlari bilan murabbiyi Mirel Josani ishonchini qozona olmagan.

2015-yil iyul oyida Skënderbeu Korche bilan bir oy oʻtgach, Mateus Lima klubni tark etdi va Kukesi bilan shartnoma imzoladi. 2015-16-yilgi mavsumda u ligada 27 ta oʻyinda 7 ta gol urdi va Albaniya kubogida ham uchta gol urdi.

2016-yil iyul oyida Mateus Lima „Santos“ga qoʻshildi va „B“ jamoa tarkibiga kiritildi.

2017-yil yozgi transfer oynasining soʻnggi kunida Mateus Lima Serbiya Superliga vakili Borac Chachak bilan shartnoma imzoladi.

2018-yilning yozida Mateus Lima Xorvatiya birinchi futbol ligasi klubi Slaven Belupo bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

2020-yil 17-avgustda Hapoel Nof HaGalil bilan shartnoma imzolangan. 2024-yil yanvar oyida Tailandning „Ratchaburi F. C.“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Faoliyati statistikasi +Klub safida, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollarKlubSeasonLeagueState LeagueCupContinentalBoshqaUmumiyChempionatOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarGrêmio Barueri2012Série B2000———202013Série C0030———30Jami2030———50Sport Barueri (ijara)2012Paulista Série B—277———277Sport2013Série B0010330——133Guarani2014Série C000000——00Luverdense2014Série B42113———155Operário Ferroviário2015Série D0031———31Kukësi2015-2016Albanian Superliga277—43——3110Santos2016Série A00—00—6060Borac Čačak2017-18Serbian SuperLiga308—20——328Slaven Belupo2018-19Croatian First Football League215—20——2352019-20302—40——342Hapoel Nof HaGalil2020-21Liga Leumit299—10——309Hapoel Rishon LeZion2021-22347—10—40397Jami1774054141130010025857

Yutuqlari

Kampeonato Paranaense: 2015-yil

Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2022, 2023 Oʻzbekiston Superkubogi sihibi: 2023

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar