Àngel Rangel Zaragoza (; 28-oktabr 1982-yil, San-Karlos de la Rapita, Ispaniya) — ispaniyalik futbolchi, oʻng qanot himoyachisi hisolanadiAngel Rangel (neopr.). Premier League. Data obraщeniya: 17-yanvarya 2015. Arxivirovano 14 marta 2013 goda.. Faoliyati Anxel Kataloniyaning Tarragona viloyatining Sant-Karlos de la Rapita shahrida tugʻilgan, u mahalliy klublarda oʻynagan Tortosa, Reus Deportio, Jirona, Sant Andreu, Terrassa Ispaniyaning quyi ligalarida oʻynaganÁngel Rangel Zaragoza // As  (isp.) — Madrid: Grupo PRISA, 1967.. 2007-yilning yozida u Angliyaning „Suonsi City“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzolaganÀngel Rangel Zaragoza // Enciclopèdia de l’esport català (kat.) — Grup Enciclopèdia Catalana, 2012.. Oʻshanda jamoani Anxelning hamyurti Roberto Martines boshqarganÁngel Rangel // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.. „Suonsi“ Citybilan birinchi mavsumida Anxel 24 yillik tanaffusdan soʻng klubning chempionatga qaytishida katta rol oʻynagan. 2007-yil 27-noyabrda Rangel klub uchun birinchi golini urdi, bu „Xartlpul United“ ga qarshi oʻyinning sakkizinchi daqiqasida sodir boʻlgan. Anxel ikkinchi golni ikki hafta oʻtib „Sautend United“ darvozasiga kiritgan. Mavsum oxirida Anxel FA Futbol Ligasining Yilning eng yaxshi jamoasiga saylangan. 2008-yilning 5-sentabrida Anxel klub bilan 2010-yilning iyuniga qadar yangi shartnoma imzolagan.

Rangel keyingi yillarda ham klubda katta rol oʻynashda davom etdi va 2010-yil fevral oyi oʻrtalarida shartnomasini 2011-yil iyunigacha uzaytirgan. 2010—2011-yilgi mavsum Anxel va „Suonsi“ uchun yaxshi boʻldi. Klub pley-off finalida „Reding“ni 4:2 hisobida magʻlub etib, oʻz tarixida birinchi marta Premyer-ligaga chiqgan.

Premyer-ligaga koʻtarilgach, Anxel yangi uch yillik shartnoma imzolagan. 2011-yil noyabr oyida Anxel Premyer-liganing eng yaxshi himoyachisi deb topilgan.

Rangel Premyer-ligadagi ilk golini 2012-yilning 25-avgustida „ Vest Xem United“ ga qarshi oʻyinda kiritgan. 2013-yil 8-mart kuni klub bilan 2016-yilgacha yangi shartnoma imzolagan.

2018-yil 15-avgustda Rangel Queens Park Reynjers jamoasiga qoʻshilgan. 2018-yilning 24-noyabrida u „Stok City“ga qarshi oʻyinda dubl qayd etib, klubdagi ilk gollarini raqib darvozasiga kiritgan.

Terma jamoadagi faoliyati Rangel Uels fuqaroligini olish uchun ariza berdi, ammo u mamlakatda 5 yil davomida taʼlim olmagani uchun rad etildi.

Mukofotlari „Swensea City“

Angliyaning birinchi futbol ligasi: 2007-2008 Futbol Liga kubogi: 2012-2013

Statistikasi KlubMavsumLigaKubogBoshqaJamiDivizionO`yinGolO`yinGolO`yinGolO`yinGolGerona2004-2005Segunda B24010—250Jami24010—250Sant-Andreu2005-2006Segunda B33500—335Jami33500—335Terrassa2006-2007Segunda B34210—352Jami34210—352Swensea City2007-2008Liga 143250405222008-2009Chempionship40160—4612009-2010Chempionship38020—4002010-2011Chempionship38220304322011-2012Premeyr-liga34011—3512012-2013Premeyr-liga33340—3732013-2014Premeyr-liga30000903902014-2015Premeyr-liga2702000290Jami26682211603219Umumiy hisob3571524116041416

Manbalar

Havolalar

Swansea City official profile

Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:28-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:CF Reus Deportiu futbolchilari Turkum:Girona FC futbolchilari Turkum:UE Sant Andreu futbolchilari Turkum:Terrassa FC futbolchilari Turkum:Swansea City A.F.C. futbolchilari Turkum:Queens Park Rangers F.C. futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar