Zhao Junzhe () (1979-yil 19-aprelda tugʻilgan) — nafaqadagi xitoylik futbolchi, asosan Xitoy Superligasining „Lyaoning“ klubida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati Zhao Junzhe klubning yoshlar akademiyasidan Liaoning FKning asosiy jamoasiga koʻtarilgan va 1998-yilgi mavsumda debyut qilgan. U oʻsha mavsumda Liaoning uchun muhim oʻyinchi boʻlgan va ularga Xitoy FA kubogida ikkinchi oʻrinni egallashga yordam bergan. Keyingi mavsumda u klub sardori lavozimiga koʻtarilgan. 2004-yilda Xitoy futbol assotsiatsiyasining yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritgan. Keyingi mavsumlarda klubning mavqeyi tushib ketgan va 2008-yilgi mavsum oxirida Zhao klubi bilan ikkinchi divizionga yoʻl olgan. Ushbu muvaffaqiyatsizlikka qaramay, u jamoada qolgan va 2009-yilgi mavsumda ikkinchi divizion chempionligini qoʻlga kiritishgan. Zhao 2016-yilgi mavsum oxirida futboldan ketishini eʼlon qilgan. 2016-yilning 30-oktabr kuni u faoliyatidagi soʻnggi marta „Jiangsu Suning“ga qarshi liga oʻyinida maydonga tushgan.

Xalqaro faoliyati Zhao 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun oʻsha paytdagi murabbiy Bora Milutinovich tomonidan Xitoy terma jamoasiga kiritilgan. Oʻshanda terma jamoa tarkibida guruh bosqichining ikkita oʻyinida maydonga tushgan va Braziliyaga qarshi oʻyinda gol urishga bir bahiya qolgan. U 2004-yilgi OFK Osiyo Kubogida muhim rol oʻynagan, musobaqada Xitoy ikkinchi oʻrinni egallagan.

Murabbiylik faoliyati 2017-yil 29-sentabrda Zhao chempionat jadvalining eng quyi pogʻonasidan joy olgan „Liaoning“ futbol klubining vaqtinchalik murabbiyi etib tayinlangan. 14-oktabr kuni murabbiy sifatidagi birinchi oʻyinida u Liaoning bilan ikkinchi oʻrindagi Shanghai SIPG jamoasiga qarshi 3:3 hisobida durangga erishgan. Biroq, Liaoning mavsumning soʻnggi uchta oʻyinida magʻlub boʻlgach, ikkinchi divizionga tushib ketgan. 2017-yil 12-dekabrda Chen Yang Liaoning murabbiylik lavozimini egallagach Zhaning faoliyati yakuniga yetgan.

Faoliyat statistikasi

Klub LigaKubokLiga KubogiQitʼaBoshqaJamiMavsumKlubLigaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolChina PRLigaFA KubogiCSL KubogiOsiyoBoshqaJami1998Liaoning F.C.Xitoy Jia-B Ligasi3 - - - - - -31999Xitoy Jia-A Ligasi25300 - - - - - -253200024441 - - - -10295200125411 - - - - - -265200227351 - - - - - -324200327533 - - - - - -3082004Xitoy Super Ligasi2131000 - - - -22320051502130 - - - -201200628310 - - - - - -2932007284 - - - - - - - -2842008294 - - - - - - - -2942009Xitoy Birinchi Ligasi245 - - - - - - - -2452010Xitoy Super Ligasi290 - - - - - - - -290201128500 - - - - - -285201226441 - - - - - -305201324110 - - - - - -251201420310 - - - - - -21320152000 - - - - - -2020163000 - - - - - -30Karyerada jami4055123830001043259

Xalqaro Milliy terma jamoa YilOʻyin Gollar 1998 8 1 1999 0 0 2000 0 0 2001 0 0 2002 10 1 2003 8 0 2004 20 0 2005 5 0 2006 8 0 2007 5 0 2008 7 0 Jami 71 2

Xalqaro maydondagi gollari Sana Joy Raqib Natija Musobaqa8.12.1998 Bangkok, Tailand 3-1 1998-yil Osiyo oʻyinlari7.12.2002 Manama, Bahrayn 3-1Oʻrtoqlik oʻyini

Yutuqlar

Futbolchilik

Klub Liaoning Whowin

Xitoy Birinchi ligasi : 2009 Xitoy FA Superkubogi : 1999-yil

Shahsiy yutuqlar

Osiyo Kubogi Yulduzli jamoasi aʼzosi: 2004-yil Xitoy futbol assotsiatsiyasining eng yaxshi futbolchisi: 2004-yil Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2002, 2003

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar