Pokiston ayollar futboli milliy chempionati Pokistondagi ayollar futbol klublari uchun eng yaxshi kubok musobaqasi boʻlib, erkaklar ortasida otkaziladigan Pokiston milliy futbol kubogiga tenglashtirilgan. Pokiston ayollar futboli milliy chempionati 2005-yilda Pokiston futbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan.
Pokiston ayollar futboli milliy chempionatida Young Rising Stars musobaqa tarixidagi eng muvaffaqiyatli jamoa boʻlib, besh marta gʻalaba qozongan (shu jumladan 2010-yildan 2013-yilgacha ketma-ket toʻrt marta chempion boʻlgan). WAPDA jamoasi esa eng koʻp final oʻyinlarini oʻtkazgan (7), shulardan bir martasida gʻalaba qozongan va olti marta magʻlub boʻlgan. Eng soʻnggi chempion Pokiston Army jamoasi hisoblanadi.
Tarixi Pokiston ayollar futboli milliy chempionatining ilk mavsumi 2005-yilda Pokiston Futbol Federatsiyasi (PFF) tomonidan tashkil etilgan.
2010-yil 4-avgust kuni Pokiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Faisal Solih Hayat Pokiston ayollar futboli milliy chempionatining eng yaxshi futbolchisi sovrinini sobiq Diya WFC yarim himoyachisi Misha Dovud nomiga baʼgishladi. Misha 2010-yil 28-iyulda Margalla tepaligida halokatga uchragan Airblue Flight 202 reysida boʻlgan edi.
PFFdagi 2015-yilgi siyosiy va sud-huquq inqirozi tufayli Pokiston ayollar futboli milliy chempionati 2015-yildan 2018-yilgacha oʻtkazilmagan.
2021-yilgi mavsumda esa Pley-off bosqichi boshlanishidan oldin chempionat toʻxtatildi. Bunga hech qanday rasmiy sabab keltirilmadi, biroq bu qaror Pokiston futbol federatsiyasi ofisiga hujum uyushtirilgani va uning sobiq prezidenti Sayid Ashfaq Husayn Shoh garovga olinganidan 1 oy oʻtib qabul qilingan edi. Shuning uchun ham ushbu holat keskin noroziliklar keltirib chiqarmadi.
Formati Pokiston ayollar futboli milliy chempionatida ishtirok etgan jamoalar soni yillar davomida oʻzgarib turdi. Birinchi mavsumda 8 ta jamoa ishtirok etgan boʻlsa, yillar sayin jamolar soni oshib borib 2018-yilgi mavsumga kelib jamolar soni 16 taga yetdi.
2021-yilgi musobaqada Pokiston ayollar futboli milliy chempionati toʻrt guruhga boʻlingan holda 20 ta jamoa orasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Jamolar jami 59 ta oʻyinda ishtirok etishi kerak edi. Biroq jamolardan biri turnir boshlanishidan oldin musobaqani tark etdi va 2021-yilgi turnir 19 ta jamoa orasida oʻtkazildi.
Turnir xulosasi
No.YilJamolar soniChempionIkkinchi oʻrinUchinchi oʻrinToʻrtimchi oʻrinMavsumning eng yaxshi oʻyinchilariMavsumning eng yaxshi toʻpurarlariMavsum darvozabonlari120058PunjabWAPDABalochistanSindhMunazzeh ShahidKhalida Noor -2200612WAPDAIslamabadBalochistan RedSindh GreensMejzgaan OrakzaiRifat Mehdi -3200714Sports Sciences DepartmentAfghanistanDiyaBalochistan -Rifat Mehdi -4200813Young Rising StarsWAPDASports Sciences DepartmentIslamabadNadia BhattiHajra KhanSaba Awan5200913Malavan BAgSports Sciences DepartmentYoung Rising StarsWAPDAMariam Irandost - -6201012Young Rising StarsWAPDASports Sciences DepartmentIslamabadHajra KhanMalika-e-NoorSyeda Mahpara7201116Young Rising StarsDiyaWAPDABalochistan UnitedHajra KhanMalika-e-NoorSyeda Mahpara8201212Young Rising StarsWAPDABalochistan UnitedIslamabadAsmara Habib KianiHajra KhanSyeda Mahpara9201316Young Rising StarsBalochistan UnitedPakistan ArmyIslamabad10201416Balochistan UnitedWAPDAPakistan ArmyDiyaMalika-e-NoorHajra KhanSyeda Mahpara11201814Pakistan ArmyWAPDAPunjabKarachi UnitedKhadijaMasooma ChaudhrySyeda Mahpara122019- 202020Pakistan ArmyKarachi UnitedWAPDAPunjabSuha HeraniSahar ZamanSyeda Mahpara13202119Mavsum oʻrtasida Covid-19 tufayli bekor qilingan - - - - - -
Final oʻyinlari roʻyxati No.YilGoʻlib jamoaHisobFinaldagi raqib (Ikkinchi oʻrin)Mavsumning eng yaxshi toʻpurariFinal oʻyini oʻtkazilgan joy12005Punjab1-0WAPDAPunjab: Shika Nazir Masih Jinnah Sports Stadium, Islamabad220061-0IslamabadWAPDA: Misbah SiddiquiJinnah Sports Stadium, Islamabad32007Sports Sciences Department1-0AfghanistangSports Sciences Department: Ayesha Khan Jinnah Sports Stadium, Islamabad42008Young Rising Stars0-0 (asosiy vaqtda)(5-4 penaltilar seriyasida)WAPDAJinnah Sports Stadium, Islamabad52009Malavan BAg11-0Sports Sciences DepartmentMalavan BA: Fereshteh Karimi , Maryam Irandost , Neda Abdollahzadeh , Sara Ghomi Marzdahti , Fatemeh Arzhangi , Hajar Shahmalekpour , Sepideh Nazhati Jinnah Sports Stadium, Islamabad62010Young Rising Stars2-0WAPDAYoung Rising Stars: Malika-e-Noor , Asma Yaseen Jinnah Sports Stadium, Islamabad72011Young Rising Stars1-1 (asosiy vaqtda)(4-3 penaltilar seriyasida)DiyaYoung Rising Stars: Malika-e-Noor Diya: Hajra Khan Jinnah Sports Stadium, Islamabad82012Young Rising Stars1-1 (asosiy vaqtda)(2-0 penaltilar seriyasida)WAPDAYoung Rising Stars: Sana Mahmud WAPDA: Mahwish Jinnah Sports Stadium, Islamabad92013Young Rising Stars0-0 (asosiy vaqtda)(3-2 penaltilar seriyasida)Balochistan UnitedPunjab Stadium, Lahore102014Balochistan United7-0WAPDAHajra Khan , Shahlyla Ahmadzai , Joyana , Nadia Punjab Stadium, Lahore112018Pakistan Army1-1 (asosiy vaqtda)(3-0 penaltilar seriyasida)WAPDAPakistan Army: Khadija WAPDA: Sidra Punjab Stadium, Lahore122019- 2020Pakistan Army7-1Karachi UnitedPakistan Army: Hajra , Eshal , Alina , Malika , Aliza , Karachi United: Suha Hirani Pakistan Army trounces Karachi United 7-1 to life NWFC Football Pakistan.com 13 January 2020 Retrieved 26 February 2021 Karachi United Stadium, Karachi132021Cancelled midway - - -KMC Stadium and KPT Stadium, Karachi
Klublar reytingi Klub nomi Chempion Ikkinchi oʻrin Chempion boʻlgan mavsum (lar)Ikkinchi oʻrinni olgan mavsum (lar) Young Rising Stars 5 0 2008, 2010, 2011, 2012, 2013 - Pakistan Army 2 0 2018, 2019-2020 - WAPDA 1 6 20062005, 2008, 2010, 2012, 2014, 2018 Balochistan United 1 1 20142013 Sports Sciences Department, University of e Punjab 1 1 20072009 Malavan BAg 1 0 2009 - Punjab 1 0 2005 - Afghanistang 0 1 -2007 Diya 0 1 -2011 Islamabad 0 1 -2006 Karachi United 0 1 -2019-2020
Yana qarang
Pokistonda futbol Pokistonda sport Ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionati
Manbalar
Havolalar
Pokiston futbol federatsiyasi rasmiy sayti Futbol Pokiston Ayollar milliy chempionati