Jazoir ayollar chempionati () Elite chempionati sifatida tanilgan, Jazoirdagi ayollar futbol assotsiatsiyasining eng yuqori pogʻonasidir. Jazoir ayollar chempionati Erkaklar futboli 1-Ligasining ayollar futbolidagi ekvivalenti, ammo professional emas. Jazoir ayollar chempionati Jazoir futbol federatsiyasi homiyligidagi Ligue du Football Feminin tashkiloti tomonidan oʻtkaziladi.
Tarixi 70-yillarda Jazoirda Tiaret sharida boʻlgani kabi koʻplab ayollar futbol klublari tashkil etilgan, ammo ular faqat oʻzaro oʻyinlar turnirida qatnashgan. 1990-yildan boshlab boshqa klublar paydo boʻla boshladi.
Birinchi Jazoir ayollar chempionati 1998—1999-yilgi mavsumda mintaqaviy ligalar formatida oʻtkazilgan. 2008—2009-yilgi mavsumda Milliy Futbol Ligasi (LNF) homiyligida ikki diviziondan iborat milliy liga (1-Diviziya va 2-Diviziya) tashkil etildi. 2013-yilda Jazoir ayollar chempionatining boshqaruv organi boʻlgan Ligue du football féminin (LFF) tashkil etildi.
Ligue du football féminin 2021—2022-yilgi mavsumdan boshlab oʻz nomini Elite Championshipga oʻzgartirdi.
Formati Jazoir ayollar chempionatida jamoalar ikki davra boʻyicha mehmandagi (raqib jamoa stadionida) va uydagi (oʻz jamoasining stadionida) oʻyinlarni oʻynaydi. Mavsum odatda oktabr oyida boshlanadi va iyungacha davom etadi.Mavsum yakuniga ko`ra chempionni aniqlash qoidalaridaquyidagilar hisobga olinishi aytilgan: ochkolar, gʻalabalar soni, toʻplar farqi, urilgan gollar, mehmondagi gollar. Istisnolardan biri shundaki, Jazoir ayollar chempionatida agar birinchi oʻrin uchun ochkolar teng boʻlsa, tay-brek o`yini Jazoir ayollar chempionatida chempionini aniqlaydi.
Chempion jamolar roʻyxati Cempion jamolar va ikkinchi oʻrin olgan jamolar roʻyxati: MavsumChempion jamoaIkkinchi oʻrin 1998-1999 JS Kabylie ASE Alger Centre 1999-2000 ASE Alger Centre Afak Relizane 2000-2001 bekor qilingan 2001-2002 JS Kabylie Afak Relizane 2002-2003 ASE Alger Centre Afak Relizane 2003-2004 ASE Alger Centre Afak Relizane 2004-2005 ASE Alger Centre AS Intissar Oran 2005-2006 ASE Alger Centre COS Tiaret 2006-2007 ASE Alger Centre JS Kabylie 2007-2008 ASE Alger Centre Afak Relizane 2008-2009 ASE Alger Centre Afak Relizane 2009-2010 Afak Relizane ASE Alger Centre 2010-2011 Afak Relizane ASE Alger Centre 2011-2012 Afak Relizane CLT Belouizdad 2012-2013 Afak Relizane ASE Alger Centre 2013-2014 Afak Relizane ASE Alger Centre 2014-2015 Afak Relizane AS Sûreté Nationale 2015-2016 Afak Relizane FC Constantine 2016-2017 Afak Relizane AS Sûreté Nationale 2017-2018 FC Constantine AS Sûreté Nationale 2018-2019 AS Sûreté Nationale Afak Relizane 2019-2020 JF Khroub AS Sûreté Nationale 2020-2021 Afak Relizane AS Sûreté Nationale 2021-2022 Afak Relizane JF Khroub 2022-2023 - -
Chempion jamolar reytingi Reyting Klub Chempionlik Ikkinchi oʻrin Chempion boʻlgan mavsum(lar) Ikkinchi oʻrin boʻlgan mavsum(lar)1Afak Relizane107 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2021, 2022 2000, 2002, 2003, 2004, 2008, 2009, 20192ASE Alger Centre85 2000, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2008, 2009 1999, 2010, 2011, 2013, 20143APDSF Tizi Ouzou21 1999, 2002 20074AS Sûreté Nationale15 2019 2015, 2017, 2018, 2020, 20215FC Constantine11 2018 2016JF Khroub11 2020 20227AS Intissar Oran01 - 2005COTS Tiaret01 - 2006CLT Belouizdad01 - 2012
Yana qarang
Jazoir ayollar kubogi Jazoir ayollar superkubogi
Manbalar
Havolalar
Ligue du Football Feminin Jazoir futbol federatsiyasi Jazoir (ayollar), Chempionlar roʻyxati — rsssf.com