Misr Ayollar Premier-ligasi ( ) Misrdagi ayollar futbol assotsiatsiyasining eng yuqori pog'onasi. Misr Ayollar Premier-ligasi Misr futbol assotsiatsiyasi boshchiligida va Misr futbol assotsiatsiyasi mablag`lari hisobidan o'tkaziladi.

Tarixi Misr Ayollar Premier-ligasi 1998-yilda tashkil etilgan. EI Maaden LFC jamoasi birinchi chempionlikni qo'lga kiritdi. Bundan tashqari El Maaden LFC jamoasi Misr Ayollar Premer-ligasining 1-mavsumidan keyingi keyingi uchta mavsumda ham chempionlikni qo`lga kiritgan.

Misr Ayollar Premier-ligasi 2003-yildan 2007-yilgacha to'xtatilgan. Misr Ayollar Premer-ligasining 2008-yildan 2018-yilgacha ketma-ket o'nta mavsumida faqat va faqat Vadi Degla jamoasi chempion bo‘lgan. 2011-yilgi Misr inqilobi tufayli Misr Ayollar Premer-ligasining 2010-2011-yilgi mavsumi bekor qilindi. Biroq bir mavsumdan keyin Misr Ayollar Premier-ligasi yana qaytadan tashkil etildi.

Formati Misr Ayollar Premier-ligasi oʻn ikkita jamoadan iborat. Misr Ayollar Premier-ligasining bir mavsumi ikki davra, jami 22 oʻyindan iborat. Misr Ayollar Premier-ligasida har bir klub bir-biriga qarshi ikkitadan o`yin oʻynaydi: bir davrada maʼlum bir klubga qarshi uy oʻyini, ikkinchisida esa mehmonda oʻynaydi. Misr Ayollar Premier-ligasi mavsumlari, odatda, avgust yoki sentabrda boshlanadi, birinchi davra oʻyinlari dekabrda tugaydi. Ikkinchi davra odatda fevral oyida boshlanadi va may yoki iyun oylarida tugaydi, lekin baʼzida ikkinchi davraning birinchi oʻyinlari dekabr oyida ham oʻtkaziladi. Jahon chempionati oʻtkaziladigan yillarda (har toʻrt yilda bir) Misr Ayollar Premier-ligasi turnir jadvalini oʻzgartirishi mumkin.

Misr Ayollar Premier-ligasi reytingi klublarning mavsum davomida toʻplagan ochkolari asosida aniqlanadi. Gʻalaba 3 ochko, durang 1 va magʻlubiyat 0 ochko hisoblanadi.

Chempion jamoalar Misr Ayollar Premer-ligasining chempionlar va ikkinchi o'rin egalari ro'yxati: Yil Chempionlar Ikkinchi o‘rin 1998–1999 - 1999–2000 Smouha SC 2000–2001 Smouha SC 2001–2002 Goldi LSC Aviation SC 2002–2003 Smouha SC Aviation SC 2003–2004 bekor qilingan 2004–2005 2005–2006 2006–2007 2007–2008 Wadi Degla Aviation SC 2008–2009 Wadi Degla - 2009–2010 Wadi Degla Smad Talkha SC 2010–2011 bekor qilingan 2011–2012 Wadi Degla - 2012–2013 Wadi Degla - 2013–2014 Wadi Degla - 2014–2015 Wadi Degla Aviatsiya SC 2015–2016 Wadi Degla Aviatsiya SC 2016–2017 Wadi Degla Aviatsiya SC 2017–2018 Wadi Degla Aviatsiya SC 2018–2019 Aviation SC Wadi Degla 2019–2020 Wadi Degla Kafr Saad SC 2020–2021 Wadi Degla El Gouna FK 2021–2022 Wadi Degla El Gouna FK 2022–2023davom etyaptidavom etyapti

Chempion jamoalar reytingi Reyting Klub Chempionlik soni Ikkinchi o‘rin Chempion bo`lgan mavsum(lar) Ikkinchi o`rinni olgan mavsumlar 1 Wadi Degla 13 2008, 2009, 2010, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2018, 2020, 2021, 2022 2 Goldi LSC 4 1999, 2000, 2001, 2002 3 Smouha SC 1 2003 4 Aviatsiya SC 1 2019

Yana qarang

Misr ayollar kubogi

Manbalar

Havolalar

EFA rasmiy sayti Turkum:Misrda futbol Turkum:Afrikadagi ayollar assotsiatsiyasi futbol ligalari