Jamshid Toʻlqinovich Nasriddinov (; 1978-yil 22-fevral) — oʻzbek davlat arbobi. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi.
Tarjimai holi 1978-yil 22-fevralda tugʻilgan. Millati oʻzbek.
1995-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga o‘qishga kirgan. Universitetni 2002-yilda moliya va kredit, iqtisodchi mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati
1995—1999-yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi. 1999—2002 —Samarqand shahridagi „O‘zgazsotish“ filialida texnik, muhandis, hisobchi. 2002—2003-yillarda „Samarqandshahargaztaʼminot“ sho‘ba korxonasi „Samarqandgaztaʼminot“ filialida hisobchisi, isteʼmol bo‘limi boshlig‘i. 2003—2004-yillarda — Kattaqo‘rg‘on viloyati „Nasriddin“ XKda hisobchi. 2004—2006-yillarda Kattaqo‘rg‘on viloyati davlat soliq inspeksiyasi operatori, inspektori. 2006—2013-yillarda —Kattaqo‘rg‘on viloyati „Qiyomov Nosir NTK“ sovxozi hisobchisi. 2013—2017-yillarda Kattaqo‘rg‘on tumani fermerlar kengashi raisi. 2017—2017-yillarda Kattaqo‘rg‘on viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i. 2017—2018-yillarda Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i. 2018—2020-yillarda — Kattaqo‘rg‘on tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari. 2020-yil — Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari. 2020-yil 24-noyabrdan — Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:22-fevralda tugʻilganlar