Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofoti —har yili Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisiga beriladigan mukofot hisoblanadi. Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofoti har yili dekabr oyida Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) tomonidan Afrika Futbol Konfederatsiyasi roʻyxatida turadigan jamoalarda futbol oʻynaydigan ayol futolchilarga beriladi. Nigeriyalik ayol futbolchi Asisat Oshoala Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofotini besh marta qo‘lga kiritgan hozirga qadar yagona ayol futbolchi. Ushbu natijasi bilan Asisat Oshoala Afrika Futbol Konfederatsiyasi jamoa futbolchilari orasida eng koʻp Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofotini yutish boʻyicha rekord qoʻygan. Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofotini yutish boʻyicha Perpetua Nkwocha ikkinchi oʻrinni egallagan. Perpetua Nkwocha jami hisobda 4 marta Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofotini qoʻlga kiritgan.

Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofoti birinchi marta 2001-yilda topshirilgan. To hozirgi kunga qadar Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofotini qoʻlga kiritishda nigeriaylik futbolchilar yaqqol ustillika ega. Jami hisobda 12 marta (12 yil) nigeriyalik ayol futbolchilar Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi boʻlishgan. Xususan, Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofotini qoʻlga kiritish boʻyicha rekordchi Asisat Oshoala va toʻrt karra Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofoti gʻolibi boʻlgan Perpetua Nkwochalarning ikkisi ham nigeriyalik futbolchilar hisoblanadi. Lekin 2009-yil va 2013-yillarda Afrika Futbol Konfederatsiyasidagi ichki boshqaruvdagi oʻzgarishlar, rahbarning almashganligi sababli Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofoti hech bir futbolchiga taqdim etilmadi. Bu ommaviy axborot vositalarining keskin tanqidiga olib keldi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/67/Asisat_Oshoala_20190421_%28cropped%29.jpg/150px-Asisat_Oshoala_20190421_%28cropped%29.jpg|right|thumb|204x204px| Besh karra Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofoti gʻolibi Asisat Oshoala link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/25/Perpetua_Nwocha.jpg/150px-Perpetua_Nwocha.jpg|right|thumb|254x254px| Toʻrt karra Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofoti gʻolibi Perpetua Nkwocha

Gʻoliblar roʻyxati

2001-yil — Mercy Akide, Nigeriya 2002-yil — Alberta Sackey, Gana 2003-yil — Adjoa Bayor, Gana 2004-yil — Perpetua Nkwocha, Nigeriya 2005-yil — Perpetua Nkwocha, Nigeriya 2006-yil — Cynthia Uwak, Nigeriya 2007-yil — Cynthia Uwak, Nigeriya 2008-yil — Noko Matlou, Janubiy Afrika 2009-yil — mukofot hech kimga berilmagan 2010-yil — Perpetua Nkwocha, Nigeriya 2011-yil — Perpetua Nkwocha, Nigeriya 2012-yil — Genoveva Añonma, Ekvatorial Gvineya 2013-yil — mukofot hech kimga berilmagan 2014-yil — Asisat Oshoala, Nigeriya 2015-yil — Gaëlle Enganamouit, Kamerun 2016-yil — Asisat Oshoala, Nigeriya 2017-yi — Asisat Oshoala, Nigeriya 2018-yil — Thembi Kgatlana, Janubiy Afrika 2019-yil — Asisat Oshoala, Nigeriya 2022-yil — Asisat Oshoala, Nigeriya

Bir necha bor gʻolib boʻlgan futbolchilar Futbolchi Gʻoliblik soni Asisat Oshoala 5 Perpetua Nkwocha 4 Cynthia Uwak 2

Mukofot sovrindorlar davlatlar kesimida Fuqaroligi Gʻolib futbolchilar soni 12 2Janubiy Afrika Respublikasi 2 1Ekvatorial Gvineya 1

Yana qarang

Ayollar sportidagi eng nufuzli mukofotlar roʻyxati

Manbalar

Turkum:Yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotlari Turkum:Ayollar