„Imagine“ — 1971-yil mashhur ingliz rok musiqachisi Jon Lennonning xuddi shu nomdagi qoʻshigʻi. Qoʻshiq xonandaning yakkaxon karyerasidagi eng koʻp sotilgan albomlardan biri. Qoʻshiq orqali xonanda muxlislariga manfaatlarsiz, millatlarni ajratib turuvchi chegaralarsiz va dinsiz tinch dunyoni tasavvur qilishga chaqiradi. Oʻlimidan biroz avval Lennon qoʻshiq matni va mazmunining katta qismi uning rafiqasi Yoko Onoga oidligini aytgan.link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/22/One_of_John_Lennon%27s_Steinway_pianos.jpg/170px-One_of_John_Lennon%27s_Steinway_pianos.jpg|alt=An image of a medium-sized brown upright piano in a glass case. The piano keys are exposed.|right|thumb| Lennonning „Imagine“ qoʻshigʻini kuylagan Steinway pianinosini 2000-yilda qoʻshiqchi George Michael Buyuk Britaniyada saqlash uchun sotib olgan edi. 2022-yil Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirgandan soʻng Jon Lennonning oʻgʻli Julian Lennon ilk bor otasining qoʻshigʻini kuylab, u orqali dunyo yetakchilarini hamda umid va tinchlik tuygʻusiga ishongan barchani qochqinlarni himoya qilishga chorlagan.

Manbalar

Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar