Josip Brekalo () 1998-yil 23-iyunda Zagrebda tugʻilgan. Josip Brekalo xorvatiyalik futbolchi, „Volfsburg“ klubi va Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi hisoblanadi.

Jamoalardagi faoliyati Brekalo oʻz shahrining „Dinamo“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yoshlar jamoalaridagi muvaffaqiyatli o‘yindan so‘ng u dublyorlar tarkibiga kiritildi. 14-avgust kuni „Xrvatski Dragovolac“ga qarshi oʻyinda Yosip Xorvatiya ikkinchi ligasida debyut qilgan.

2016-yilning 15-may kuni Yosip Germaniyaning „Volfsburg“ klubiga koʻchib oʻtdi. 10-sentabr kuni „Kyoln“ga qarshi oʻyinda u Bundesligada debyut qilgan.

Xalqaro faoliyati 2015-yilda Xorvatiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Brekalo Bolgariyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Bolgariya, Avstriya, Ispaniya, Belgiya va Italiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Oʻsha yili Josip Chilidagi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Chili, AQSH, Nigeriya, Germaniya va Mali terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Nigeriyaliklarga qarshi kechgan duelda Brekalo gol urishga muvaffaq boʻlgan.

2016-yilda Xorvatiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Brekalo Germaniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Gollandiya, Fransiya va Angliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.

2018-yilning 15-noyabrida Brekalo Xorvatiya terma jamoasi safida Millatlar ligasi doirasida Ispaniyaga qarshi o‘yinda debyut qildi.

2019-yilda Xorvatiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Brekalo Italiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Angliya, Fransiya va Ruminiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Inglizlar bilan kechgan duelda Josip „dubl“ni amalga oshirgan.

Terma jamoadagi gollari № Sana Stadion Match Raqib Hisob Natija Turnir 1 2020-yil 8-sentabr Stad de Frans, Sen-Deni, Fransiya 13 2-2 2-4 LN 2020/21 2 2020-yil 7-oktabr Kibunpark, Sankt-Gallen, Shveysariya 14Shvetsariya 1-1 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi 3 11-noyabr, 2020-yil Vodafone Park, Istanbul, Turkiya 17 3-2 3-3 4 2021 yil 30 mart Rujevitsa, Riyeka, Xorvatiya 22 3-0 3-0 2022-yilgi jahon chempionatiga saralash

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar