Yannis Vladimirovich Mandzukas (, ; 1984-yil 8-aprelda tugʻilgan) – millati grek boʻlgan oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, oxirgi marta Zarafshonning „Qizilqum“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaganhttps://www.national-football-teams.com/player/28670.html.

Futbolchilik faoliyati Chirchiqda tugʻilgan Mandzukas futbolchilik faoliyatini 2001-yil Oʻzbekistonda darajasi boʻyicha ikkinchi divizioni, Oʻzbekiston Birinchi ligasida (Hozirda Oʻzbekiston Pro ligasi) ishtirok etgan „Kimyogar“ klubi tarkibida boshlagan. Kimyogar klubi tarkibida ikki mavsum davomida oʻynagan. 2004-yilgi mavsum boshlanishidan avval Belarusning „MTZ-RIPO Minsk“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va qisqa davr Belarus Premyer-ligasida oʻynagan.

2005-yilgi mavsum boshida Chiqchiqqa qaytgan va „Kimyogar“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Chirchiq jamoasi tarkibida ikki mavsum davomida 45 ta oʻyinda ishtirok etgan va 18 ta gol muallifi boʻlgan. 2007-yilgi mavsumda Toshkentning „Quruvchi (hozir Bunyodkor)“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

2008—2010-yillarda Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi tarkibida oʻynagan. Faoliyatini Zarafshonning Qizilqum jamoasida yakunlagan.

Milliy terma jamoa 2007-yilda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 4 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan.

Xalqaro Oʻzbekiston terma jamoasiYilOʻyinlarGollar200741Jami41 2007-yil 27-martda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika

Terma jamoada gollar

№SanaStadionRaqibHisobNatijaMusoboqaRef1.2007-yil 9-martQojimuqan Munaitpasov stadioni, Chimkent, QozogʻistonAlma-TV Kubogi

Yutuqlari

Bunyodkor

Oʻzbekiston oliy ligasi chempioni (2): 2010, 2011 Oʻzbekiston kubogi sohibi (1): 2010-yil Oʻzbekiston chempionati kumush medali sohibi: 2007-yil Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2007-yil

Manbalar

Havolalar

Yannis Mandzukas Soccerwayda Profili Yannis Mandzukas Footballfacts da profili

Yannis Mandzukas Transfermarkt saytida

Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Chirchiqda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Kimyogar Chirchiq klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:FC Partizan Minsk futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbek-Grek futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar