1996

3-yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Buxoro shahrining 2500 yillik yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni nishonlash toʻgʻrisida“ va „Xiva shahrining 2500 yillik yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni nishonlash toʻgʻrisida“ qarorlar qabul qildi. 9-yanvar — Oʻzbekistonda maʼlumotlarni uzatish Respublika kompyuter tarmogʻi „Oʻzpak“ foydalanishga topshirildi. Yanvar — Toshkentda Alisher Navoiy tavalludining 555 yilligiga bagʻishlangan „Oʻzbekiston mustaqilligi va navoiyshunoslik istiqbollari“ mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya boʻldi. Yanvar. Toshkentda Oʻzbekiston bokschilarining birinchi respublika spartakiadasi boʻlib oʻtdi. Yanvar. „Inson va qonun“ — Oʻzbekiston Respublikasi huquqiy, ijtimoiy-ommabop gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi (1998-yil yanvardan mustaqil haftalik nashrga aylantirildi). Yanvar. Oʻzbekiston Oqsoqollar kengashi va „Mahalla“ jamgʻarmasining „Mahalla“ ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy-maʼrifiy gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi. 6-fevral — Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiada qoʻmitasi qarorgohida Olimpiada harakatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovga Olimpiada oltin ordeni topshirildi. 9-fevral — Buxoro viloyatining Zafarobod shaharchasida Navoiy konmetallurgiya kombinati bilan rossiyalik sheriklar hamkorligida benzin tozalovchi smola ishlab chiqaradigan yangi kimyo-texnologiya korxonasi foydalanishga topshirildi. Fevral — Osiyo—Yevropa kabelli aloqa magistralining Oʻzbekiston hududidan oʻtadigan qismining qurilishi boshlandi. Umumiy uzunligi 19 ming km li ushbu magistralning 885 km Oʻzbekiston boʻylab oʻtgan (qurilish 1997-yilda yakunlandi). 4-mart — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi. 15-mart — Parijda „Amir Temur va temuriylar toʻgʻrisida ilmiy asarlar bibliografiyasi“ kitobi chop etildi. 25-mart — Andijon viloyatining Asaka shahrida „Damas“ mikroavtobuslarini ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirildi. Mart — „Andijonirmash“ irrigatsiya mashinasozligi zavodi negizida yengil avtomobillar uchun oʻrindiqlar ishlab chiqaradigan „Oʻztong xong kompani“ Oʻzbekiston—Koreya qoʻshma korxonasi tashkil etildi. 3-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida Davlat aksiyadorlik uy-joy jamgʻarma banki — „Oʻzuyjoyjamgʻarmabank“ roʻyxatga olindi (2005-yil fevral oyidan Ipoteka bank). 5-aprel — Toshkentda respublikada birinchi „Oʻzinvestloyiha“ injiniring kompaniyasi faoliyat koʻrsata boshladi. 5-aprel — „Oʻzbeknavo“ gastrolkonsert birlashmasi (2001-yildan „Oʻzbeknavo“ estrada birlashmasi) tashkil etildi. 9-aprel — Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi. 16-aprel — Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining birinchi taʼsis qurultoyi boʻlib oʻtdi. 16-aprel — Germaniyaning Gamburg shahrida professional boks tarixida birinchi bor Oʻzbekiston vakili — toshkentlik sportchi Artur Grigoryan jahon chempioni boʻldi. 17-aprel — „Kamolot“ jamgʻarmasi taʼsis etildi. 20—26-aprel — YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida „Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi“ mavzuida ilmiy konferensiya va koʻrgazma boʻlib oʻtdi. 23-aprel — Toshkentda YEXHTning „Markaziy Osiyo: YEXHT doirasida keng qamrovli xavfsizlik va mintaqaviy mojarolar“ mavzuidagi simpoziumi boʻlib oʻtdi. 25—26-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 5-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“, „Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida“, „Erkin iqgisodiy zonalar toʻgʻrisida“, „Oʻzbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi toʻgʻrisida“gi qonunlari qabul qilindi. 26-aprel — Amir Temur ordeni taʼsis etildi. 26-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Faxriy unvonlari taʼsis etildi. 26-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tashkil etildi. 29-aprel — „Oʻzbekkino“ Davlataksiyadorlik kompaniyasi (hozirgi „Oʻzbekkino“ milliy agentligi) tuzildi. Aprel — Buxoroda suv sifatini boshqarish boʻyicha xalqaro kengash boʻlib oʻtdi. Aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining „Qonun himoyasida“ jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi. 2-may — Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tashkil etildi. 13-may — „Tajan—Saraxs“ transosiyo temir yoʻl magistrali ochildi. 15-may — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil qilindi (2005-yil 2-maydan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi). 22-may — Toshkentda jahondagi kompyuter texnikasining yetakchisi — IBM kompaniyasi vakolatxonasi ochildi. May — Samarqandda „Sunam“ Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. May. „Shahrixon—Xonobod“ yoʻnalishi boʻyicha poyezdlar qatnay boshladi. May. Toshkentda Oʻzbekiston Gidrometeorologiya xizmati muzeyi ochildi. 25-iyun — „OʻzDEUavto“ Oʻzbekiston — Janubiy Koreya qoʻshma korxonasida „Tiko“ va „Neksiya“ avtomobillari ishlab chiqaradigan liniyalar ishga tushirildi. Iyun — Angren „Sanoatkartonsavdo“ aksiyadorlik jamiyatida dastlabki sellyuloza ishlab chiqarildi. 15—21-iyul — Oʻzbekistonda birinchi marta ommaviy sport haftaligi oʻtkazildi. 15-iyul — Fan va madaniyat xalqaro jamgʻarmasi tuzildi. 19-iyul — Andijon viloyatining Asaka shahrida yengil avtomobillar ishlab chiqarish boʻyicha „OʻzDEUavto“ Oʻzbekiston — Janubiy Koreya qoʻshma korxonasining xalqaro taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi. 19-iyul — 4-avgust — AQShning Atlanta shahrida boʻlib oʻtgan 24-yozgi Olimpiada oʻyinlarida hamyurtlarimiz bittadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻlishdi. 14-avgust — Nukusda marmar ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxona ishga tushirildi. 27-avgust — Yangiyoʻl shahrida biokimyo zavodining yangi korxonasini ishga tushirish munosabati bilan tantanali yigʻilish boʻlib oʻtdi. 28-avgust — Samarqand va Shahrisabz shaharlarini Amir Temur ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida farmon chiqdi;28-avgust — „Miskin—Toʻrtkoʻl“ temir yoʻli qurilishi tugallandi. 29-avgust — „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni taʼsis etildi. 29-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik ustavi qabul qilindi. 29—30-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 6-sessiyasida „Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida“, „Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida“gi qonunlar qabul qilindi. 30-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi. 1-sentyabr — Toshkent shahrida Xalqaro Olimpiya shon-shuhrati muzeyi ochildi. Unda Xalqaro Olimpiada qoʻmitasi prezidenti Xuan Antonio Samaranch ishtirok etdi. 9-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi „Maʼnaviyat va maʼrifat“ kengashining „Maʼnaviyat“ nashriyoti tashkil etildi. 20-sentyabr — Samarqandda qadimiy Afrosiyob shahar xarobasida qazish ishlari olib borgan fransuz arxeologlari topilmalari koʻrgazmasi ochildi. 27-sentyabr — Oʻzbekiston Bolalar jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi. Sentyabr — Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida zamonaviy fersol va ferlit plastik moyi ishlab chiqaradigan qurilma ishga tushirildi. Sentyabr — Buxoroda Hindistonning „Larsen TurboLTD“ firmasi qurgan 430 oʻringa moʻljallangan toʻrt yulduzli mehmonxona ochildi. Sentyabr — Andijonda polietilen plyonka ishlab chiqaradigan Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasi taqdimoti boʻldi. Sentyabr — „Toshkent traktor zavodi“ ishlab chiqarish birlashmasi konveyeridan TTZ-130 rusumli dastlabki traktorlar chiqdi. Sentyabr — Asaka shahrida „FederechiAsaka-Makaroni“ Oʻzbekiston—Italiya qoʻshma korxonasi ishga tushdi. Sentyabr — Buxoro viloyati Jondor tumanida XIII asrda yashab oʻtgan xalq qahramoni, sarkarda Mahmud Torobiyga haykal oʻrnatildi. 2-oktyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Islom konferensiyasi tashkilotiga aʼzo boʻldi. 8-oktyabr — Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasi respublikada birinchi „Bankinformreyting“ mustaqil reyting kompaniyasini taʼsis etdi. 18-oktyabr — Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi tantanali ravishda ochildi. 18-oktyabr — Samarqand va Shahrisabz shaharlarida Sohibqiron Amir Temur haykali ochildi. Har ikki shaharga „Amir Temur“ ordeni topshirildi;18-oktyabr — Toshkentda „Birja va ulgurji savdo“ yangi haftalik gazetasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. 21-oktyabr — Toshkent shahrida Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Turkiya hamda Oʻzbekiston rahbarlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi va unda Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi. 24-oktyabr — Shirin ichimliklar va maʼdanli suv ishlab chiqaruvchi „Samarqand-Praga“, qoʻshma korxonasi dastlabki mahsulotlarini chiqardi. 24-oktyabr — Toshkent shahrida „Amir Temur va uning jahon tarixida tutgan oʻrni“ mavzuida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. 31-oktyabr — Toshkentda „Yozuvchi“ gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi. 31-oktyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi tuzildi. Oktabr — Toshkentda besh yulduzli „Interkontinental“ mehmonxonasining 1-navbati foydalanishga topshirildi. Oktabr — Oʻzbekiston—Italiya „Sovplastital“ qoʻshma korxonasi Parijda „Sifat uchun Yevropa Oltin mukofoti“ga sazovor boʻldi. Bu qoʻshma korxona sazovor boʻlgan sakkizinchi xalqaro mukofotdir. Oktabr — Toshkentda „Bozor, pul va kredit“ ilmiy-amaliy jurnalining 1-soni, shuningdek, Orol dengizi havzasi muammolarini yoritish boʻyicha „Vestnik Arala“ („Orol axborotnomasi“) ilmiy jurnalining ilk soni bosmadan chiqdi. 28-noyabr — Xivada turkman shoiri va mutafakkiri Mahtumquli haykali ochildi. 30-noyabr — Toshkent viloyatining Toʻytepa shahrida „Kabul-Toʻytepa tekstil“ Oʻzbekiston — Koreya qoʻshma korxonasining ochilish marosimi boʻldi. Noyabr — Toshkentda „Texnoinvest“ Oʻzbekiston—Shveysariya qoʻshma korxonasi tashkil etildi. 3-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti tashkil etildi. 8-dekabr — Gulistonda „OʻzDEUavto“ qoʻshma korxonasida ishlab chiqarilgan „Neksiya“ avtomobillarini sotish boʻyicha Oʻzbekistonda birinchi kimoshdi savdosi boʻlib oʻtdi. 13-dekabr — „Oʻzbekistonning yangi tarixi“ni nashrga tayyorlash va nashr etish toʻgʻrisida" qaror qabul qilindi. 20-dekabr — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasida Abdurauf Fitrat tavalludining 110 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilish va ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi. 26—27-dekabr — Toshkentda 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 7-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining „Notariat toʻgʻrisida“, „Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻgʻrisida“, „Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida“, „Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida“ qonunlari qabul qilindi. 29-dekabr — Toshkent shahrining yangi gerbi tasdiqlandi. 30-dekabr — Qashqadaryo viloyatidagi Alan konida yiliga 5 mlrd. kub metr gaz va 200 ming tonna kondensat chiqaradigan quvvatlar foydalanishga topshirildi. Dekabr — Oʻzbekiston Faxriylar kengashi Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash „Nuroniy“ jamgʻarmasiga aylantirildi. Dekabr — Nukusda Qoraqalpogʻistonda birinchi biznes markazi ochildi. Dekabr — Buxoro viloyatida marmarga ishlov beradigan yangi zavod ishga tushirildi. Dekabr — Ijtimoiy-siyosiy va huquqiy yoʻnalishdagi „Hurriyat“ mustaqil gazetasi chiqa boshladi. Dekabr — Toshkent davlat yuridik instituti qoshida Inson huquqlari va gumanitar huquqni oʻrganish markazi ochildi. 1996 — „Oʻzbekistonning yangi tarixi“ markazi tashkil etildi. 1996 — „BUZTEL GSM“ („Bakri Oʻzbekiston telekom“) kompaniyasi taʼsis etildi.

Voqealar

yanvar - 2-chaqiriq Rossiya Davlat Dumasi faoliyati boshlandi. fevral — Rossiya Yevropa Ittifoqiga kirdi.