Andrés Fabián Ponce Núñez () 1996-yil 11-noyabrda Venesuelaning Marakaibo shahrida dunyoga kelgan. Venesuelalik futbolchi „Axmat“ klubi hujumchisi boʻlib, Venesuela terma jamoasi futbolchisi ham hisoblanadi.

Jamoalardagi faoliyati Ponce professional faoliyatini „Deportivo Tachira“da boshlagan. 2013-yil 27-yanvarda „Yarakuyanos“ga qarshi oʻyinda u Venesuela premer-ligasida debyut qilgan. Hamda keyingi yilning yozida „Llaneros“ga koʻchib oʻtgan futbolchi 2014-yil 10-avgustda „Portuges“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. 21-sentabr kuni „Karabobo“ga qarshi kechgan duelda u penaltini aniq amalga oshirib, klub uchun birinchi golini urdi.

2015-yil boshida u ijara asosida Portugaliyaning „Olianense“ jamoasiga oʻtdi. 14-fevral kuni „Sporting Kovilya“ga qarshi oʻyinda u Portugaliya Segundasida debyut qildi. 1-mart kuni „Oriental“ga qarshi duelda u „Ollanense“ uchun birinchi golini urdi.

2018-yilning yozida Ponse Rossiyaning „Anji“ klubiga oʻtdi. 6-avgust kuni „Ufa“ga qarshi oʻyinda u RPLda debyut qildi. 22-sentabr kuni Moskvaning „Dinamo“ klubiga qarshi bahsda „Anji“ safidagi ilk golini urdi.

2019-yilning yozida „Anji“ RPLdan tushib ketganidan soʻng, u „Axmat“ jamoasiga oʻtdi.

16-oktabrda ijara asosida Volgogradning „Rotor“ jamoasiga koʻchib oʻtgan.

Terma jamoadagi faoliyati 2013-yilda Venesuela yoshlar terma jamoasi tarkibida Ponse Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritdi. Turnirda u Ekvador, Kolumbiya, Paragvay, Braziliya, Peru, Urugvay va ikki marta Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan. Turnir doirasidagi oʻyinlarda Andres 7 ta gol urdi.

2015-yil boshida Ponce Venesuela yoshlar terma jamoasi tarkibida Urugvayda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Chili, Braziliya va Kolumbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2016-yil 3-fevral kuni Kosta-Rikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Ponse Venesuela terma jamoasida ikkinchi boʻlimda Joan Moreno oʻrniga maydonga tushirilgan. Statistika № Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2018-yil 16-oktabr Estadi Olímpic Lluís Companys, Barcelona, Ispaniya 2-0 2-0 Oʻrtoqlik Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Venesuelalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar