Xayrulla Karimov (; 1978-yil 22-aprel, Namangan viloyati, Oʻzbekiston) – Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi. Bugungi kunda Olmaliqning „AGMK“ jamoasida Mirjalol Qosimovga yordamchi murabbiylik qilmoqda.
Futbolchilik faoliyati
Klublardagi faoliyati Karimov faoliyatini Namanganning „Navbahor“ klubida boshlagan. 1996-yilda klub bilan Oʻzbekiston Oliy ligasida gʻolib chiqqan. 1996-yildan 2004-yilgacha „Navbahor“ safida toʻp surgan. 2005-yilda Muborakning „Mash’al“ klubiga oʻtgan va Ligada ikkinchi oʻrinni egallagan. Karimov „Bunyodkor“ga 2008-yilda koʻchib oʻtgan. Keyinchalik oʻzining jamoaviy oʻyinlari natijasida „Bunyodkor“ jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri boʻlgan va jamoa sardorligiga loyiq koʻrilgan. 2014-yil 7-mart kuni „Bunyodkor“ jamoasi bilan Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritdi va bu kubokni ikki marta qoʻlga kiritgan dastlabki futbolchiga aylandi. 1999-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan birinchi marta Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritgan. 2016-yilgi mavsumda faoliyatidagi dastlabki jamoasi boʻlgan Namanganning „Navbahor“ jamoasida boshladi va ikkinchi davra boshida „Bunyodkor“ jamoasiga qaytdi. Toshkentlik jamoasi tarkibida yarim mavsum davomida toʻp surganidan soʻng, futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Terma jamoadagi faoliyati Karimov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 2006—2010-yillarda 16 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi
Klub . + +KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubokXalqaroBoshqaJamiDivisionIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolBunyodkor2008Oʻzbekiston Superligasi170 -40 -210200916330 -50 -24320104070 -20 -130201120010 -61 -271201223080 -111 -421201324040 -70 -350201418050 -7010310201521030 -20 -26020161000 -00 -10Umumiy1443310--442102205Nasaf Qarshi (Ijara)2010Oʻzbekiston Superligasi12000---120Navbahor Namangan (Ijara)2016Oʻzbekiston Superligasi10020---120Umumiy faoliyat1663330--442102445
Xalqaro Oʻzbekiston terma jamoasiYillarIshtGol200790200840200920Jami150 2017-yil 1-aprelda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika
Yutuqlari
Oʻzbekiston chempionati chempioni: 1996, 2008, 2009, 2011, 2013 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 1998, 2008, 2012, 2013 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 1999; 2014
Oʻzbekiston chempionati ikkinchi oʻrin: 2005 Oʻzbekiston Kubogi ikkinchi oʻrin: 2006; Osiyo Chempionlar ligasi Yarim final (2): 2008, 2012
Manbalar
Havolalar
Xayrulla Karimov Xayrulla Karimov
Turkum:Namanganda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Namangan viloyati kishilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2007 futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar