Gretsiya Ayollar A Diviziyasi ( yaʼni Pan-Yelleniya ayollar futbol chempionati; shuningdek, Panelinio Protathlima yoki Ayollar Alpha Ethniki nomi bilan ham tanilgan) Gretsiyadagi eng yuqori professional ayollar futbol ligasi.

Pan-Elleniya ayollar futbol chempionati (Gretsiya Ayollar A Diviziyasi) 1987-yilda tashkil etilgan. 1990-yilgacha ham Gretsiyada ayollar futbol chempionati mavjud edi, lekin bu davrda ayollar futboli turniri faqata viloyat futbol assosiasiyalari tomonidan tashkil etilgan edi. 1990-yilda Gretsiya futbol federatsiyasi ayollar futboli qoʻmitasini tuzib, Gretsiya Ayollar A Diviziyasini tashkil qildi. Gretsiya ayollar futbolining eng professional ligasi hisoblangan Gretsiya Ayollar A Diviziyasi chempionatining amaldagi gʻolibi PAOK W.F. jamoasi (jami hisobda 16 marta Gretsiya Ayollar A Diviziyasi chempioni) hisoblanadi.

Formati 2009-2010-yilgi Gretsiya Ayollar A Diviziyasi 7 ta klubdan iborat birinchi va 8 ta klubdan iborat ikkinchi guruhga boʻlingan (jami 15ta jamoa). Gretsiya Ayollar A Diviziyasining birinchi bosqichida birinchi guruhdagi har bir klub guruhdagi qolgan 6 ta klubga qarshi 14 tur davomida jami 12 ta (uyda va safarda); ikkinchi guruhdagi har bir klub esa 14 tur davomida guruhdagi qolgan 7 ta klubga qarshi 14 ta oʻyin (uyda va safarda) oʻtkazdi. Ikkinchi bosqichda har bir guruhning eng yaxshi uch klublari yangi guruh musobaqasida ishtirok etadilar, har bir klub qolgan 5 ta klubga qarshi 10 ta oʻyin (uyda va safarda) oʻtkazdi. Birinchi bosqichda o‘z guruhida kuchli uchlikka kira olmagan klublar ham baribir 2010–2011-yilgi mavsumda mintaqaviy musobaqaga yo‘llanma oldi.

2010–2011-yilgi mavsumdan boshlab Gretsiya Ayollar A Diviziyasi turli guruhlar va bosqichlarga boʻlinmaydi. 2020-yilgi mavsumgacha Gretsiya Ayollar A Diviziyasidagi 13 ta klubning barchasi 2 davra tizimida oʻynaydi, shuning uchun har bir jamoa 24 tadan (uy va safar oʻyinlari qoʻshilib) oʻyin oʻtkazdi. Gretsiya Ayollar A Diviziyasi chempioni ushbu oʻyinlarda birinchi oʻrinni olgan jamoa boʻladi.

Hozirgi jamoalar 2022-2023-yilgi mavsumda Gretsiya Ayollar A Diviziyasida quyidagi 19 ta klub ishtirok etadi.

1-guruh

Agrotikos Asteras Aris Thessaloniki Doxa Dramas Atromitos Elpides Karditsas PAS Giannina Kastoria Larissa P.A.O.K. AS Trikala 2011

2-guruh AEK Messolonghi Agia Paraskevi Avantes Chalkida Ergotelis Feiden Argolidis Neos Asteras Rathymno Odysseas Glyfadas OFI Crete W.F.C Olympiada Imittou

Chempion jamoalar roʻyxati

hempion jamoalar roʻyxati:

+Hellinic Futbol Federatsiyasi ligasi Mavsum Chempion jamoa1987 Ilioupoli Thessaloniki1989 Doxa Piraeus

+ Mavsum Chempion jamoa1990 Olympiada Thessaloniki1991 Doxa Piraeus1992 Doxa Piraeus+Gretsiya Ayollar A Diviziyasi1993 Kavala 861994 Doxa Piraeus1995 Doxa Piraeus1996 Olympiada Thessaloniki1997 Ilioupoli Thessaloniki1998 Olympiada Thessaloniki1999 Union Doxa/Artemis Piraeus2000 Filiriakos Florinas2001 Kavala 86'2002 PAOK W.F2003 A.E. Egina2004 A.E. Egina2005 A.E. Egina2006 PAOK W.F2007 PAOK W.F2008 PAOK W.F2009 PAOK W.F2010 PAOK W.F2011 PAOK W.F2012 PAOK W.F2013 PAOK W.F2014 Amazones Dramas2015 PAOK W.F2016 PAOK W.F2017 PAOK W.F2018 PAOK W.F2019 PAOK W.F2020 PAOK W.F2021 PAOK W.F2022 PAOK W.F

Manbalar

Havolalar

epo.gr saytida liga UEFAdagi liga Liga : women.soccerway.com saytida womensoccer.gr Turkum:Yevropadagi eng yuqori darajadagi ayollar futbol ligalari Turkum:Gretsiya Turkum:Ayollar futboli