Chernogoriya ayollar futbol ligasi (qisqartma holda 1. ŽFL nomi bilan ham tanilgan) — Chernogoriya ayollar futbolining eng yuqori darajadagi ligasi. Chernogoriya ayollar futbol ligasi Chernogoriya futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil qilingan.

Chernogoriya ayollar futbol ligasining gʻolib jamoasi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqiga ega.

Ayollar futboli boʻyicha Chernogoriyadagi birinchi milliy musobaqa 2008-2009-yilgi mavsumda oʻtkazilgan, ammo Chernogoriya ayollar futbol ligasi oʻzining ilk mavsumini 2011-2012-yillarda oʻtkazgan.

Tarixi Chernogoriya ayollar futboli tarixi Chernogoriya mustaqilligi referendumi qabul qilinganidan keyingi davrda boshlangan. Birinchi ayollar klubi 2005-yilda tashkil etilgani bilan bir qatorda, ayollar futboli boʻyicha milliy musobaqalar oradan 3 yill oʻtib boshlandi. 2008-yilda Chernogoriya futbol assotsiatsiyasi milliy ayollar terma jamoasini va birinchi ayollar musobaqasi, FSCG Trophy (FSCG kubogi) deb nomlangan turnirni tashkil etdi. 2008-2009-yilgi birinchi Chernogoriya ayollar futbol ligasi mavsumida FSCG kubogi oʻyinlari 60 daqiqa davom etdi, yetti martagacha zaxiradan maydonga oʻyinchi tushirishga ruxsat berildi. 2011-2012-yilgi mavsumdan boshlab Chernogoriya ayollar futbol ligasi tashkil etildi (1. ŽFL).

FSCG kubogi (2008-2011) FSCG kubogi Chernogoriyadagi ayollar oʻrtasidagi ilk musobaqa boʻlib uch mavsum davom etdi. Aslida 60 daqiqa davom etgan bellashuvlar Chernogoriya ayollar futboli birinchi ligasini tashkil etishga tayyorgarlik edi. FSCG kubogining dastlabki ikki mavsumida(2008-2009, 2009-2010) Podgoritsadan ŽFK Palma jamoasi chempion boʻldi (jamoa 2016-2017-yilgi mavsumdan ŽFK Budućnost Podgorica nomi bilan oʻynaydi). 2010-2011-yilgi mavsumda Niksich sharidan ŽFK Ekonomist jamoasi gʻolib boʻldi. FSCG kubogining birinchi mavsumida atigi toʻrtta klub ishtirok etgan boʻlsa, 2010-2011-yilgi mavsumgacha musobaqada oltita jamoa ishtirokchi sifatida ishtirok etdi..

Chernogoriya ayollar futbol ligasi (2011-hozirga qadar) Chernogoriya ayollar ligasining dastlabki oʻyinlari (1. ŽFL) 2011-yilning kuzida boshlangan. Chernogoriya ayollar futbol ligasi birinchi mavsumida anʼanaviy futbol qoidalarga ega boʻlgan yangi musobaqada (90 daqiqalik oʻyinl, 3 marta zahiradan maydonga oʻyinchi tushirish) Chernogoriyaning barcha uchta mintaqasidan (shimoliy, markaziy va janubiy) ishtirokchilar bor edi. 2011-yildan 2015-yilgacha boʻlgan davrda Chernogoriya ayollar futbol ligasida eng muvaffaqiyatli jamoa ŽFK Ekonomist edi. Ular ketma-ket toʻrtta chempionlikni qoʻlga kiritishdi, asosan mavsumlarni bironta ham magʻlubiyatsiz yakunladilar. ŽFK Ekonomist muvaffaqiyatlari 2015-2016-yilgi mavsumda yakunlandi. Bu yilgi mavsumda Chernogoriya ayollar futbol ligasining gʻolibi Plyevlyalik ŽFK Breznica jamoasiboʻldi. Bu ŽFK Breznica jamoasi ustunligi davrining boshlanishi edi. jamoa Chernogoriyadagi COVID-19 pandemiyasi tufayli toʻxtatilgan 2019-2020-yilgi mavsumni ham oʻz ichiga olgan holda ketma-ket oltita chempionlikni qoʻlga kiritishdi. 2020-2021-yilgi Chernogoriya ayollar futbol ligasi mavsumi eng qizgʻin chempionlik poygasi bilan esda qoldi: ŽFK Breznitsa jamoasi ŽFK Budućnost jamaosi ustidan bitta gol koʻproq farq evaziga gʻalaba qozondi.

Chempionlar va eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati

Chernogoriya ayollar futbol ligasi chempion jamoalari roʻyxati

Mavsum Turnir nomi Chempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin 2008-2009 FSCG Trophy Budućnost Podgorica Ekonomist Nikšić Pristan Bar 2009-2010 FSCG Trophy Budućnost Podgorica Ekonomist Nikšić Pristan Bar 2010-2011 FSCG Trophy Ekonomist Nikšić Sport Uno Bijelo Polje Pristan Bar 2011-2012 1. ŽFL Ekonomist Nikšić Budućnost Podgorica Pristan Bar 2012-2013 1. ŽFL Ekonomist Nikšić Podgorica Sport Uno Bijelo Polje 2013-2014 1. ŽFL Ekonomist Nikšić Breznica Pljevlja Podgorica 2014-2015 1. ŽFL Ekonomist Nikšić Breznica Pljevlja Podgorica 2015-2016 1. ŽFL Breznica Pljevlja Ekonomist Nikšić Obilić Herceg Novi 2016-2017 1. ŽFL Breznica Pljevlja Ekonomist Nikšić Mladost Podgorica 2017-2018 1. ŽFL Breznica Pljevlja Ekonomist Nikšić Mladost Podgorica 2018-209 1. ŽFL Breznica Pljevlja Budućnost PodgoricaEkonomist Nikšić 2019-2020 1. ŽFL Breznica Pljevlja Budućnost PodgoricaEkonomist Nikšić 2020-2021 1. ŽFL Breznica Pljevlja Budućnost PodgoricaEkonomist Nikšić

Chempion jamoalar reytingi Reyting Klub Chempionlik Ikkinchi oʻrin chempion boʻlgan mavsumlar1 ŽFK Breznica Pljevlja 2015-2016, 2016-2017, 2017-2018, 2018-2019, 2019-2020, 2020-20212 ŽFK Ekonomist Nikšić 2010-2011, 2011-2012, 2012-2013, 2013-2014, 2014-20153 ŽFK Budućnost Podgorica 2008-2009, 2009-20104 ŽFK Sport Uno Bijelo Polje 5 ŽFK Podgorica

Eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati (mavsumlar kesimida) Mavsum Eng yaxshi toʻpruar(lar) Klub Gollar soni 2015-2016 Tamara Bojat Marijana Jankov Breznica 21https://fscg.me/files/documents/1132/Amlanah%20fscg%202015-16_web.pdf 2016-2017 Tamara Bojat Breznica 24 2017-2018 Marijana Jankov Breznica 14https://fscg.me/files/documents/1485/Godisnjak_2017-18_FINAL_web.pdf 2018-209 Anđela Tošković Budućnost 30 2019-2020 Jelena Vujadinović Breznica 35 2020-2021 Anđela Tošković Budućnost 32

Jamoalar

Hamma vaqtdagi Chernogoriya ayollar futbol ligasi jamoalari (2008-) Chernogoriya Ayollar Ligasi tashkil etilganidan beri 16 ta turli klublar ishtirok etishdi. Quyida Birinchi ligadagi mavsumlar soni va umumiy oʻyinlar, gʻalabalar, duranglar va magʻlubiyatlar bilan ishtirokchilar roʻyxati keltirilgan. JamoaJoylashgan shaharOʻtkazgan mavsumlar soniIlk mavsumiSoʻnggi mavsumiOʻtkazgan oʻyinlar soniGʻalabaDurangMagʻlubiyatToʻplagan umumiy ochkosiEkonomistNikšićBreznicaPljevljaBudućnostPodgoritsaPodgoricaPodgoritsaMladostPodgoritsaObilićHerceg NoviPristanBarSport UnoBijelo PoljeCvetexBeraneSjeverna ZvijezdaBijelo PoljeLovćenCetinjeBrskovoMojkovacDurmitorŽabljakUlcinjUlcinjCetinjeCetinjeBeraneBeraneRibnicaPodgoritsa

Chernogoriya ayollar futbol ligasi ichki rekordlari

Quyida Chernogoriya ayollar futbol ligasining ichki rekordlari roʻyxati berilgan. Ligadagi eng yirik gʻalaba/magʻlubiyat: 28-0, Budućnost vs. Ribnica, 29.04.2012 (mavsum 2011-12)https://fscg.me/files/documents/1128/Almanah%20fscg%202011%20-%2012_web.pdf ; 27-0, Ekonomist vs. Cvetex, 28.03.2014 (mavsum 2013-14)https://fscg.me/files/documents/1130/Almanah%20fscg%202013-14_web.pdf Eng uzun magʻlubiyatsiz seriya: 91 oʻyin, Ekonomist, 20.05.2010 — 09.11.2015 Eng uzun gʻalabali seriya: 88 oʻyin, Ekonomist, 20.05.2010 — 24.09.2015 Gʻalabasiz davam etgan eng uzoq oʻyinlar: 20 ta oʻyin, Ulcinj, 18.05.2013 — 19.05.2014 Eng uzoq davom etgan magʻlubiyatli oʻyinlar: 19 oʻyin, Cvetex, 23.09.2017 — 02.12.2018 Mavsum boʻyicha eng koʻp ochkolar: 54, Ekonomist, 2013-2014-yilgi mavsum Mavsum boʻyicha eng kam ball: 0, Ribnica, 2010-2011-yil; Durmitor, mavsum 2012-2013; Lovćen, 2016-2017 Mavsum boʻyicha urilgan eng koʻp gollar soni: 252, Ekonomist, 2013-2014-yilgi mavsum Mavsum boʻyicha eng koʻp oʻtkazib yuborilgan gollar soni: 131, Cvetex, 2015-2016-yilgi mavsum.

Manbalar:

Joriy klublar roʻyxati (2020-2021) 2020-2021-yilgi Chernogoriya ayollar birinchi ligasi mavsumi Chernogoriya oliy darajadagi ayollar futbolining 13-mavsumidir. Ushbu mavsumda ŽFK Breznica chempionlik unvonini himoya qilmoqda. Chernogoriya ayollar futbol ligasini 2020-2021-yilgi mavsumda quyidagi beshta klub yakunlandi. Klub Joylashganshahar 2019-2020-yilgi mavsumdagi oʻrni Chernogoriya ayollar ligasidagi ilk mavsumi Uy stadion(sigʻimi) Rasmiy veb-sayt Plyevlja 1 2013-2014 Stadion pod Golubinjom (5,140) http://fkbreznica.me Podgoritsa 2 2008-2009 Podgoritsa shahar stadioni (15 230) Berane 5 2013-2014 Berane City stadioni (8000) Nikšić 3 2008-2009 Stadion Kraj Bistrice (5214) Podgoritsa 4 2015-2016 Mladost stadioni (1500)

Chernogoriya klublari Yevropa musobaqalarida 2012-2013-yilgi mavsumdan beri Chernogoriya ayollar ligasi chempioni UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida oʻynamoqda. 2012-2015-yillarda Chernogoriya ayollar futbol ligasining UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida ishtirok etgan yagona vakili ŽFK Ekonomist jamoasi edi. 2016-2017-yilgi mavsumdan 2020-2021-yilgi mavsumgacha Chernogoriya shaeafini UEFA Chempionlar Ligasida ŽFK Breznitsa jamoasi himoya qilmoqda.

Quyida Chernogoriya klublarining UEFA Ayollar Chempionlar Ligasidagi ochkolari jadvali keltirilgan.

Jamoa Oʻtkazgan mavsumlar soni Oʻtkazgan oʻyinlar soni Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Gollar farqi ŽFK Breznica Pljevlja ŽFK Ekonomist Jami

Yana qarang

Chernogoriya kubogi Chernogoriya futbol assotsiatsiyasi Chernogoriya futboli

Manbalar

Havolalar

Chernogoriya ayollar ligasi federatsiyasi veb-saytida mnesport.me cg-fudbal.com Turkum:Yevropadagi eng yuqori darajadagi ayollar futbol ligalari Turkum:Chernogoriya