Shimoliy Irlandiya ayollar Premier-ligasi Shimoliy Irlandiyaning eng yuqori darajadagi ayollar futbol ligasidir.

Shimoliy Irlandiya ayollar Premier-ligasi 2003-yilgacha Shimoliy Irlandiya Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan boshqariladigan 1-Diviziya ligasi (eng: Division League 1) deb nomlangan. Ushbu liga 2016-yilda Shimoliy Irlandiya ayollar Premier-ligasi deb nomlandi va shu vaqtdan beri NI Futbol Ligasi tomonidan boshqariladi .

Shimoliy Irlandiya ayollar Premier-ligasida sakkizta jamoa UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini beruvchi chempionlikni qoʻlga kiritish uchun ikki davrali tizimda oʻynaydi. Shimoliy Irlandiya ayollar Premier-ligasidagi sakkizinchi oʻrinni olgan Ayollar 1-chempionati (quyi liga)ga tushib ketadi, yettinchi oʻrinni olgan jamoasi ayollar 1-chempionatining ikkinchi oʻrinni olgan jamoasiga qarshi ikki bosqichli pley-off oʻyinini oʻtkazadi.

Tarixi Ayollar futbolida birinchi Shimoliy Irlandiya Ayollar Premier-liga mavsumi 1977-yilda oʻtkazilgan. Shimoliy Irlandiya Ayollar Futbol Assotsiatsiyasi (NIWFA) tomonidan tashkil etilgan liga dastlab NIWFA 1-Diviziya ligasi (NIWFA Division League 1) deb nomlangan.

2004-yilda 1-Diviziya ligasi oʻrniga Shimoliy Irlandiya Ayollar Premier chempionati tashkil etildi.

2016-yilda, 40 yillik mahalliy ayollar futbolini boshqarish va rivojlantirishdan soʻng, chempionat Shimoliy Irlandiya ayollar Premier-ligasi deb nomlandi va hozir Shimoliy Irlandiya Futbol Ligasi tomonidan boshqariladi. Shimoliy Irlandiya ayollar Premier-ligasining asosiy homiysi Danske banki hisoblanadi.

2022-yilgi mavsum jamoalari

Jamoa Joylashgan shahar Uy stadioni Cliftonville Belfast Solitude stadioni Crusaders Strikers Belfast Seaview stadioni Derry City Derry Brandywell stadioni Glentoran Belfast The Oval stadioni Linfield Belfast New Midgely Park stadioni Lisburn Lisburn The Bluebell stadioni Mid-Ulster Cookstown Mid Ulster Sports Arena Sion Swifts Strabane Melvin Sports Complex stadioni

Chempion jamoalar roʻyxati

MavsumChempion klubIkkinchi oʻrin 1977-1998 nomaʼlum-1999 Lisburn Distillery Predators -2000 Lisburn Distillery Predators -2001 Lisburn Distillery Predators -2002 Crusaders Strikers -2003 Crusaders Strikers -2004 Glentoran Women Northland Raiders2005 Crusaders Strikers Glentoran Women2006 Glentoran Women Crusaders Strikers2007 Glentoran Women Crusaders Strikers2008 Glentoran Women Crusaders Strikers2009 Crusaders Strikers Glentoran Women2010 Crusaders Strikers Glentoran Women2011 Glentoran Women Crusaders Strikers2012 Crusaders Strikers Glentoran Women2013 Glentoran Women Crusaders Strikers2014 Glentoran Women Linfield Ladies2015 Newry City Ladies Linfield Ladies2016 Linfield Ladies Cliftonville Ladies2017 Linfield Ladies Sion Swifts Ladies2018 Linfield Ladies Glentoran Women2019 Linfield Ladies Sion Swifts Ladies2020 Glentoran Women Linfield Ladies2021 Glentoran Women Cliftonville Ladies

+Chempion jamoalar reytingiReytingChempionlikJamoa19Glentoran Women26Crusaders Strikers34Linfield Ladies43Lisburn Distillery Predators51Newry City Ladies

Manbalar

Havolalar

Rasmiy sayt Liga leaguewebsite.co.uk — Turnir, natijalar, oʻyinlar women.soccerway.com; natijalar, turnir jadvali va turnir jadvali 2013-15 Veb-sayt Turkum:Yevropadagi eng yuqori darajadagi ayollar futbol ligalari Turkum:Shimoliy Irlandiya __INDEKS__ __NEWSECTIONLINK__