Ashxobod bogʻi () — Toshkent markazidagi katta istirohat bogʻi, 2018-yilda ochilgan. Kichik halqa yoʻli va Mahtimguli shoh koʻchasi oraligʻida joylashgan. Bugungi kunda u 10 gektar maydonni egallaydi. Shahardagi eng katta va eng mashhur bogʻlardan biri.
Tarixi Ikki qoʻshni davlat poytaxtlari — Ashxobod (Turkmaniston) va Toshkent (Oʻzbekiston) birodarlashgan shaharlardir. Ashxobod va Toshkent shahar maʼmuriyatlari oʻrtasida qardosh shaharlar munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi bitim 2017-yil 20-may kuni imzolangan edi.
Bogʻning qurilishi 2017-yilda yakunlangan.Prezident Uzbekistana posetil park „Ashxabad“ | Kultura
2018-yilning 24-aprel kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirokida bogʻning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi 30-aprel kuni Ashxobod bogʻi tashrif buyuruvchilar uchun ochildi.
Rejalashtirishi va bezatilishi Bogʻning meʼmoriy koʻrinishi Turkmaniston poytaxti — Ashxobod shahri qiyofasini oʻzida mujassam etgan.
Park taxminan 10 gektar maydonni egallaydi. Bogʻning asosiy kirish qismida favvoralar oʻrnatildi, Axalteke otlarining haykallari oʻrnatildi. Bogʻda koʻngilochar maskanlar,oʻrindiqlar, umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish shoxobchalari qurildi, koʻchatlar ekildi. Parkda piyoda va velosiped yoʻllari mavjud.
Bogʻ hududi Turkmanistonning ramziy timsollarini aks ettiruvchi yodgorliklar bilan bezatilgan: dutor, Kaspiy dengizi va oq marmardan yasalgan Ashxobod, meʼmorchilik yodgorliklari, tabiiy boyliklar va turkman zaminining boyliklari.
Bogʻda 450 oʻrinli amfiteatr qurilgan boʻlib, u yerda mumtoz, xalq, estrada musiqasi konsertlari, hazil-mutoyiba tomoshalari oʻtkaziladi. Amfiteatr lochin shaklida qurilgan. Ushbu obraz Ashxobod xalqaro aeroportidan olingan.
Parkda aylanma gʻildirak ham mavjud.
Parkning butun hududi Wi-Fi tarmogʻi bilan taʼminlangan.
Manbalar
Turkum:Toshkent istirohat bogʻi va parklari