Kenja Hushimovich Toʻrayev (1989-yil 1-martda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik nafaqadagi professional futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Toʻraev „Nasaf“ safida Oʻzbekiston oliy ligasida 2006-yilda oʻynagan. Jamoada oʻtkazgan oʻn yil davomida, 2011-yilda OFK kubogi va 2015-yilda Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻldi. 2012-yilning yanvar oyida OAV vakillari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomada Toʻraev Oʻzbekistonda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. 2016-yilgi mavsum boshida Toʻraev klubini oʻzgartirib, Gʻuzor shahridan „Shoʻrtan“ ga koʻchib oʻtgan. U yerda u bor-yoʻgʻi olti oy oʻtkazdi va iyul oyi boshida erkin agentga aylandi. Shundan soʻng Toʻraev bir muddat „Olmaliq“ futbolchilari bilan mashgʻulot oʻtkazdi, ammo yakunda „Mashal“ klubi futbolchisiga aylandi.

Milliy terma jamoadagi faoliyati 2008-yilda Toʻraev Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasining Osiyo chempionati uchun arizasiga kiritilgan. Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Kumush medallarni qoʻlga kiritgan. 2010—2011-yillarda Toʻraev 2012-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari saralash turnirida ishtirok etgan Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasida ishtirok etgan.

2008-yilning 11-oktyabr kuni Toʻraev Oʻzbekiston milliy terma jamoasida Janubiy Koreya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. Ammo bu oʻyin FIFA tomonidan norasmiy deb tan olingan. Futbolchining terma jamoadagi rasmiy debyuti 2012-yil 17-yanvar kuni Quvayt terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida boʻlib oʻtgan. Umuman olganda, Toʻrayev terma jamoa safida ikkita rasmiy va ikkita norasmiy oʻyin oʻtkazgan.

Yutuqlari

Yoshlar oʻrtasidago Osiyo chempionatida 2-oʻrin: 2008

OFK Kubogi sohibi: 2011

Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2015

Manbalar

Havolalar Kenja Toʻrayev Kenja Toʻrayev Soccerway saytida

Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2010 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar