Ekvador ayollar A Seriyasi (ispancha: Serie A Femenina de Ekvador) — Ekvadordagi ayollar futbolining eng yuqori havaskor futbolchilar ligasi. Ekvador ayollar A Seriyasi Ekvador futbol federatsiyasi tomonidan 2006-yilda tashkil etilgan. Ekvador ayollar A Seriyasi gʻolib jamoasi Copa Libertadores Femenina kubogi musobaaasiga yoʻllanma oladi.
2014-yil holatiga koʻra, Ekvador ayollar A Seriyasidagi barcha jamoalar havaskor boʻlib, oʻz oʻyinchilariga pul toʻlashmasdi. Bundan mustasno faqat Rokafuerte jamoasi boʻlib, jamoa kichik miqdorda oʻz oʻyinchilariga pul toʻlardi.
Tarixi Ekvador ayollar A Seriyasi 1-mavsumi 2006-yilda oʻtkazilgan. Lekin to 2013-yilga qadar Ekvador ayollar A Seriyasida mavjud klublar emas, balki Ekvadorning barcha viloyatlarining vakillik jamoalari qatnashishi mumkin edi. Ekvador ayollar A Seriyasining ilk mavsumida Guayas vakillik jamoasi gʻalaba qozonib, Ekvador ayollar A Seriyasining birinchi chempioni boʻldi.
2013-yilda Ekvador ayollar A Seriyasi qayta tuzildi va oʻshandan beri Ekvador ayollar A Seriyasi faqat klublar (viloyatlar vakillik jamoalari emas) oʻynamoqda. Ekvador ayollar A Seriyasida 16 ta jamoa to‘rttadan to‘rt guruhga bo‘lingan. har bir gurhning eng yaxshi natija koʻrsatgan jamoalari yarim finalga yo‘l oladi.
2014-yilga kelib FEF (Chili Futbol federatsiyasi) FIFA tomonidan rasmiy ayollar turnirlari, hakamlar, murabbiylar va futbolchilar boʻyicha seminarlarini oʻtkazish majburiyatini oldi.
2016-yilgi Ekvador ayollar A Seriyasi mavsumi pul bilan bogʻliq muammolar tufayli qoldirildi. Shu sababli Ekvador ayollar A Seriyasi 2016-yilgi mavsum ikkinchi davra uchrashuvlari 2017-yilning yanvariga qoldirildihttp://www.futbolecuador.com/site/noticia/la-primera-etapa-del-campeonato-femenino-concluye-la-proxima-semana/73307 .
2021-yilgi mavsum jamoalari Ekvador ayollar A Seriyasi 2021-yilgi mavsumi oʻn ikkita jamoadan iborat:
Cruz del Sur — Tena Cumandá — Puyo Espuce — Quito Grupo Siete — Montecristi Las Palmas — Santo Domingo LDU Amateur — Quito Quito FC — Quito Rocafuerte — Guayaquil Siete de febrero — Babahoyo Unión — Babahoyo Unión Española — Guayaquil U. San Francisco — Quito
Chempion jamoalar roʻyxati Quyida Ekvador ayollar A Seriyasining barcha final oʻyinlariroʻyxati keltirilgan. Yil Chempion Hisob Ikkinchi oʻrinVakillik jamoalari chempionati2006Guayas vakillik jamoasi1-0Pichincha vakillik jamoasi2007Pichincha vakillik jamoasi3-0Imbabura vakillik jamoasi2008Pichincha vakillik jamoasi0-0 3-2 (penaltilar seriyasida)Guayas vakillik jamoasi2009Guayas vakillik jamoasi2-0Tungurahua vakillik jamoasi2010Pichincha vakillik jamoasi2-1Guayas vakillik jamoasi2011Chimborazo vakillik jamoasi1-1 4-3 (penaltilar seriyasida)Imbabura vakillik jamoasi2012Loja vakillik jamoasi1-0Guayas vakillik jamoasiKlublar chempionati2013Rocafuerte1-0Quito FC2014Rocafuerte7-1Liga de Quito.2015Unión Española5-1, 1-1Espuce de Quito2016-17Unión Española1-1, 1-0Espuce de Quito2017-18Unión Española2-2, 1-1 (mehmondagi gol qoidasi)Ñañas2019Deportivo Cuenca2-1, 2-0Ñañas2020El Nacional2-0, 2-1Ñañas
Manba
Turkum:Futbol andozalari Turkum:Janubiy Amerikadagi ayollar assotsiatsiyasi futbol ligalari Turkum:Ayol futbolchilar Turkum:Ekvador