Anna Ǻsa Olivia Vesterlund (1989-yil 9-ap relda tugʻilgan) — finiyalik futbolchi, „Åland United“ jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi. U ilgari Finlandiyaning Naisten Liigasining „Honka“ jamoasida va Umeå IK jamoalarida oʻynaganAnna Westerlund till Umeå IK YLE. Anna Vesterlund Umeå IK jamoasi tarkibida ligadagi barcha 22 oʻyinda 90 daqiqa oʻynaganiga qaramay, 2011-yilgi mavsum oxirida uning klub bilan shartnomasi uzaytirilmaydi. Keyingi mavsumda u Piteå IF jamoasi bilan shartnoma imzolab, Shvetsiyada qoladiPiteå lure two top players from Umeå Wsoccernews.com.

Xalqaro faoliyati Vesterlund 2006-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Finlandiya terma jamoasining tarkibida toʻp surgan. Uning Finlandiya ayollar terma jamoasidagi birinchi oʻyini 2008-yil yanvar oyida Xitoyga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan.

Finlandiya mezbonlik qilgan UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2009 ga kelib, Vesterlund terma jamoadagi oʻrnini ancha mustahkamlab qoʻyishga ulgurgan edi. U uchta oʻyinda ishtirok etadi, shu jumladan chorak finalda Angliyaga qarshi oʻyinda ham maydonga tushadi va uning jamoasi ushbu uchrashuvda magʻlubiyatga uchraydi.

2013-yilning iyun oyida Vesterlund milliy murabbiy Andre Jeglerts tomonidan UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 uchun Finlandiya terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. Odatda terma jamoadan tashqari klublari safida himoyaviy yarim himoyachi sifatida oʻynagan Vesterlund Finlandiya ayollar terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynashga majbur boʻladi. Finlandiyaning Italiyaga qarshi kechgan birinchi oʻyinida Vesterlund boshidan jarohat oladi va bu jarohatiga choklar qoʻyiladi. Ushbu uchrashuv 0:0 durang natija bilan yakunlanadi va bundan keyingi uchrashuvlarda Vesterlund jarohati tufayli maydonga tusha olmaydi.

Xalqaro gollari Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 202-yil 11-mart GSZ stadioni, Larnaka, KiprSlovakiya 3 — 1 4-2 Kipr ayollar kubogi-2020

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar